“Eng yaxshi statistik tahlil” tanlovi oʻtkazilmoqda!

Milliy statistika qoʻmitasi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Eng yaxshi statistik tahlil” tanlovini eʼlon qiladi.

         Mazkur tanlovda har bir ishtirokchi rasmiy statistika koʻrsatkichlari asosida tayyorlagan tahliliy materiallari bilan qatnashishi mumkin. Maqola (gazeta/jurnal), xabar (internet sayti va telegram kanal), video material (televideniye)lar sodda va aniq tahlillar asosida tayyorlanib, eng ommabop ommaviy axborot vositalarida yoritilgan boʻlishi lozim.

         Tanlov ishtirokchilari materiallarni joriy yilning 20-iyun sanasiga qadar, Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etishi shart.

         Tanlov gʻoliblari 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida taqdirlanadi.

“Eng yaxshi statistik tahlil” tanlovida:

- bosma nashrlardagi eng yaxshi tahliliy maqola;

- internet saytlari va telegram kanallaridagi eng yaxshi tahliliy material;

- telekanallarda efirga uzatilgan eng yaxshi videomateriallar boʻyicha nominatsiyalarda gʻoliblar saralanib, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.  

         Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni tanlovda qatnashishga taklif etamiz!

Statistik maʼlumotlarning toʻgʻri va tushunarli talqini jamoatchilikni aniq maʼlumotlar bilan taʼminlashning muhim omilidir.