Hay’at tarkibi
|
---|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tarkibi tasdiqlangan.
Rais, Hayʼat Raisi Hamrayev Behzod Saylixonovich |
Rais o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich |
Rais o’rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich |
Milliy statistika qoʻmitasi raisining transformatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Lavozim boʻyicha |
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Gʻayibnazarov Baxodir Karimovich |
Statistik maʼlumotlarini muvofiqlashtirish va tarqatish boshqarmasi boshligʻi Joʻrayev Xurshid Mamatqulovich |
Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi Lavozim boʻyicha |
Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshligʻi Zakirov Dilshod Tairovich |
Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish ofisi rahbari Lavozim boʻyicha |
Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshligʻi Mirzaxidov Abdugafir Yuldoshevich |
Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va statistik registrlarni yuritish boshqarmasi boshligʻi Odilov Shoxrux Gʻayratjonovich |
Xalqaro munosabatlar va reytinglar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Noipov Ulugʻbek Atxamjon Oʻgʻli |
Yuridik boʻlimi boshligʻi Toʻxtayev Vaxob Oripovich |
Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Talipova Zulxumor Normatovna |
Rais kotibiyati mudiri, Hayʼat kotibi Berdibayev Fayzulla Zaripbayevich |
Umumiy ma'lumot
|
---|
O’zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizomga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasida (keyingi o’rinlarda – Milliy statistika qo’mitasi) Milliy statistika qo’mitasi raisi (hay’at raisi), uning o’rinbosarlari (lavozimiga ko’ra), shuningdek Milliy statistika qo’mitasi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi markaziy apparat tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etilgan.

Hay’at quyidagilarni amalga oshiradi
|
---|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 fevraldagi PQ-75-son qarorining 2-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, Hay'at quyidagilarni amalga oshiradi:
- Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Milliy statistika qo‘mitasi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
- Milliy statistika qo‘mitasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari tomonidan statistika dasturlarining bajarilishi natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;
- Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan joylarda sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun statistika organlari rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish;
- Hay’at Milliy statistika qo‘mitasi vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishi mumkin;
- Hay’at majlisiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin;
- Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi;
- Hay’at qarorlari hay’at raisi tomonidan imzolanadi va Milliy statistika qo‘mitasi raisining buyrug‘i (qarori) bilan amalga oshiriladi;
- Hay’at faoliyatining tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi;
- Milliy statistika qo‘mitasida rasmiy statistika sohasidagi tashkiliy va uslubiyotga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida boshqa kengash, maslahatlashuv, ishchi guruhlar, hay’at va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Milliy statistika qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.
Hay’at ish rejasi
|
---|
- 2025 yil 1 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2024 yil 2 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2024 yil 1 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2023 yil 1 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2022 yil 2 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2022 yil 1 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2021 yil 2 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2021 yil 1 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2020 yil 2 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2020 yil 1 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2019 yil 2 yarim yillik hay'at ish rejasi
- 2019 yil 1 yarim yillikhay'at ish rejasi
Hay’at kun tartibi
|
---|
Hududiy statistika organlarini faoliayati natijadorligi bo'yicha baholash
|
---|
Bugungi kunda, Qoʻmita Hay’ati tarkibi to’g’risidagi qonunchilik hujjatlariga o’zgartirish kiritilmoqda.