Milliy statistika qo'mitasi vakant lavozimlariga yosh kadrlarni ishga olishda 1- toifali hamda yetakchi mutaxassis lavozimlariga mehnat staji talab qilinmaydi.
Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarliklarida “Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 4 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 61-sonli bayonining 11-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yosh mutaxassislarni tanlash” namunaviy dasturi ishlab chiqilmoqda. Mazkur dastur Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kursida o‘kiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish buyicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
-Dasturning maqsadi - davlat xizmatiga eng munosib kadrlarni tanlash va istikbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yulga qo‘yish hamda OTM bitiruvchilarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirishdan iborat.
-Dasturning vazifalari: oliy ta’lim muassasalari hamda davlat xizmati o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish; eng salohiyatli va bilimli bitiruvchilarni seleksiya qilish; nomzodlarni stajirovka o‘tash uchun yo‘naltirish hamda “ustoz-shogird an’anasi” asosida tajribali ustoz-mentorlarga biriktirish; stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni tanlov (suxbat) asosida davlat statistika qo‘mitasiga ishga qabul qilishdan iborat.
| T/r | Tarkibiy boʻlinma nomi | Lavozim | Ish haqi | Malaka talablari | Soni | Qachondan |
| 1 | Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish ofisi | Ofis boshligʻi oʻrinbosari - boʻlim boshligʻi oʻrinbosari | 5566103 | • Iqtisodiyot va statistika yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi (xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi); • Loyihalarni boshqarish yoki iqtisodiyot va statistika sohalarida kamida 5 (besh) yillik ish stajiga, shuningdek respublika darajasidagi vazirlik va idoralarda yoki milliy statistika tizimida 4 (toʻrt) yillik ish stajiga ega boʻlishi; • Mamlakatimizda yoki xorijda iqtisodiy sohalarni yoki tashkilotlarning faoliyatini transformatsiya qilish va tubdan takomillashtirish ishlarini amalga oshirgan yoki ushbu ishlarda ishtirok etgan boʻlishi. |
1 | 13.03.2025 |
| 2 | Media va raqamli kommunikatsiyalar boʻlimi | Boʻlim boshligʻi | 5859056 | Jurnalistika, media-kommunikatsiyalar yoki marketing boʻyicha oliy maʼlumot; Kamida 3 yil axborot xizmati yoki raqamli media sohasida ish tajribasi; SMM va raqamli platformalar bilan ishlash koʻnikmasi; Multimedia kontent tayyorlash tajribasi; Oʻzbek, rus tillarini mukammal bilish, ingliz tili bilish ustunlik beradi. |
1 | 22.09.2025 |
| 3 | Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish boʻlimi va milliy hisoblar boshqarmasi | Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari - boʻlim boshligʻi | 5876900 | • Iqtisodiyot yoki statistika yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi, chet tilini bilishi lozim (xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi); • Loyihalarni boshqarish yoki iqtisodiyot va statistika sohalarida kamida 5 (besh) yillik ish stajiga, shuningdek respublika darajasidagi vazirlik va idoralarda yoki milliy statistika tizimida 4 (toʻrt) yillik ish stajiga ega boʻlishi; |
1 | 06.08.2025 |
| 4 | Qishloq xoʻjaligi statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish boʻlimi | Yetakchi mutaxassis | 4914194 | Soha yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi chet tilini bilishi lozim.(xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi); | 1 | 20.10.2025 |
| 5 | Qishloq xoʻjaligi subektlari faoliyatini statistik kuzatuvlari boʻlimi | Bosh mutaxassis | 5225335 | Soha yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, chet tilini bilishi, soha boʻyicha 2 yildan yoki statistika tizimida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlishi lozim. (xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi); | 1 | 29.10.2025 |
| 6 | Investitsiya va qurilish statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish boʻlimi | Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari - boʻlim boshligʻi | 5859056 | • Soha yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi, chet tilini bilishi lozim (xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi); • Loyihalarni boshqarish yoki iqtisodiyot va statistika sohalarida kamida 5 (besh) yillik ish stajiga, shuningdek respublika darajasidagi vazirlik va idoralarda yoki milliy statistika tizimida 4 (toʻrt) yillik ish stajiga ega boʻlishi; |
1 | 22.10.2025 |
| 7 | Sunʼiy intellekt texnologiyalarni joriy etish boʻlimi | Bosh mutaxassis | 2612667 | Soha yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, chet tilini bilishi, soha boʻyicha 2 yildan yoki statistika tizimida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlishi lozim. (xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi); | 0.5 | 10.06.2025 |
| 8 | Statistik registrlarni yuritish boʻlimi | Bosh mutaxassis | 5225335 | Soha yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, chet tilini bilishi, soha boʻyicha 2 yildan yoki statistika tizimida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlishi lozim. (xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi); | 1 | 10.06.2025 |
| 9 | Roʻyxatga olishni tashkil etish va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimi | Bosh mutaxassis | 5225335 | Soha yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, chet tilini bilishi, soha boʻyicha 2 yildan yoki statistika tizimida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlishi lozim. (xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi); | 1 | 22.09.2025 |
| 10 | Xoʻjalik ishlari boʻlimi | Qorovul | 2287800 | Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarishi kerak | 1 | 02.10.2025 |
| 11 | Xoʻjalik ishlari boʻlimi | Hudud farroshi | 2530307 | Nogironligi boʻlgan shaxslar uchunLavozim yoʻriqnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarishi kerak | 1 | 06.03.2024 |
| 12 | Xoʻjalik ishlari boʻlimi | Elektromontyor | 2903218 | Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarishi kerak | 1 | 06.08.2025 |
Vakansiya
Lavozim: Aholi va qishloq xo`jaligi jarayonlarini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish uchun mutaxassis (vaqtincha 6 oyga).
Mutaxassis o`ziga yuklatilgan vazifalarni mas`uliyat bilan hamda samarali bajarishi natijasida, tashkilot tomonidan uni doimiy ishga qabul qilish masalasi ko`rib chiqilishi mumkin.
Tashkilot: O`zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasining hududiy statistika boshqarmalari (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari).
Asos: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazish to`g`risida” PF-173-son Farmoni asosida
Vazifalar:
- ro`yxatga olish sohasi bo`yicha me`yoriy-huquqiy hujjatlar, tashkiliy chora-tadbirlar va Respublika komissiyasi bayonlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta`minlaydi;
- ro`yxatga olish tadbiri yuzasidan aholi o`rtasida targ`ibot-tashviqot ishlarini tashkil etadi (ko`rsatuv va eshittirishlar tashkil etish, seminarlar o`tkazish va boshqalar) va mazkur malasa yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
- tuman va shaharlarda ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonlarida tashkil etiladigan Hududiy komissiyalar va shtablar, shuningdek ro`yxatga olish va hisob uchastkalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va ularning faoliyatini amaliy jihatdan qo`llab-quvvatlaydi;
- hududlarda ro`yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan “Mahalla yettiligi” xodimlari ro`yxatini shakllantirish, yangilab borish va ularni o`qitish ishlarida ishtirok etadi;
- hududiy kadastr organlari tomonidan mahallalarning xaritalarini yangilash, tuman va shaharlarning tashkiliy rejalarini tuzish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
- hududlarda mas`ullar tomonidan ro`yxatga olish jarayonlarini sifatli o`tkazilishini ta`minlashda ishtirok etadi hamda ro`yxatga olishga oid statistik ko`rsatkichlarni ishonchliligi, haqqoniyligi, to`liqligi va tizimliligini ta`minlaydi.
Talablar va malakalar:
- oliy ma`lumotga ega bo`lish (iqtisodiyot, statistika, demografiya, sotsiologiya, axborot texnologiyalari yo`nalishlari ustuvor hisoblanadi);
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ishlash tajribasiga ega bo`lishi;
- ro`yxatga olish jarayonlari bo`yicha milliy me`yoriy hujjatlar va yo`riqnomalar bilan ishlay olishi;
- so`rovnoma va hisobot shakllari bilan ishlash ko`nikmasiga ega bo`lishi;
- jamoa bilan ishlash va aholi bilan muloqot qilish ko`nikmasiga ega bo`lishi;
- kompyuter dasturlari (Word, Yexcel) va asosiy axborot tizimlaridan foydalana olishi;
- o`zbek tilini mukammal bilishi shart va rus tilini kundalik ish jarayonida foydalana olishi kerak.
Qo`shimcha afzalliklar:
- statistika yoki ro`yxatga olish sohasiga oid seminar va o`quvlarda qatnashganligi;
- zamonaviy o`quv vositalari (onlayn kurslar, interaktiv dasturlar)dan foydalanish ko`nikmasi;
- axborot xavfsizligi va shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish qoidalarini bilishi.
Ishlash davri: 6 oy - 2025 yil 1 oktyabrdan – 2026 yil 1 aprelga qadar.
Ish haqi: 6 mln so`mdan yuqori.
Faqat saralangan nomzodlar bilan bog`laniladi.
Nomzodlarning rezyumesi quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi mumkin:
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Biz bilan bo`g`lanish
100170, Toshkent sh.


