agentlik_11_04_2023_11

Rasmiy nomi:

   Davlat tilida: 

      To'liq nomi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi;

      Qisqartirilgan nomi –  Statistika agentligi;

   Ingliz tilida:

      To'liq nomi -  Statistics Agency under the Prezident of the Republic of Uzbekistan;

      Qisqartirilgan nomi – Statistics Agency;

   Rus tilida:

      To'liq nomi - Агентство статистики при Президенте Республики Узбекистан;

      Qisqartirilgan nomi – Агентство статистики;

Huquqiy asos

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 21- dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF- 269- son Farmoniga muvofiq Statistika agentligi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga o'tkazilgan.
  • O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli Qonuni
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-114-sonli qarori
Asosiy vazifalari

  • rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish;
  • foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish;
  • xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika ma’lumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash;
  • statistika ma’lumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, o‘z axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida o‘z vaqtida aks ettirilishi bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlash;
  • milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish.
Ustuvor yo‘nalishlar

Vakolatlari

  • rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • statistika dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi va amalga oshirilishini monitoring qiladi;
  • rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda amalga oshiradi;
  • rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtiradi;
  • rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarining statistika uslubiyatlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazadi;
  • statistika uslubiyatlarini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi;
  • rasmiy statistikani tayyorlovchilar bilan statistika ma’lumotlari va metama’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi;
  • statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari bilan uyg‘unlashuvni amalga oshiradi;
  • statistika kuzatuvlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek boshqa statistika maqsadlarida foydalanish uchun statistika registrlarini ishlab chiqadi hamda yuritadi;
  • rasmiy statistika sohasidagi tashkiliy va uslubiyatga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida maslahatlashuv va ishchi guruhlar tuzadi;
  • milliy statistika tizimi doirasida rasmiy statistika ma’lumotlarini muvofiqlashtirilgan holda tarqatish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
  • rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan kelishilgan holda rasmiy statistika sohasidagi yagona atamalarni ishlab chiqadi;
  • rasmiy statistika sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • rasmiy statistika sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
  • qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.