Sifat siyosati
|
---|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining
Sifat sohasidagi siyosati
- Muqaddima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining (keyingi o‘rinlarda – Statistika agentligi) Sifat sohasidagi siyosati O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Statistika agentligi tizimida rasmiy statistikaning sifatini ta’minlash va baholash ishlarini boshqarishga qaratilgan.
Statistika agentligining asosiy missiyasi foydalanuvchilarning yuqori sifatli rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish maqsadida rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hisoblanadi.
Foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ishonchini oshirishning muhimligi va ustuvorligini hamda statistika faoliyatining xalqaro sifatni boshqarish tizimlariga mos kelishi zarurligini anglagan holda, Statistika agentligi o‘z faoliyatini rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha milliy tayanch prinsiplari (NQAF) asosida amalga oshiradi.
- Sifat prinsiplari
Statistika organlari tomonidan rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va tarqatish rasmiy statistikaning quyidagi asosiy prinsiplariga to‘la muvofiq holda amalga oshiriladi:
- mustaqillik;
- tushunarlilik va shaffoflik;
- aniqlik va ishonchlilik;
- beg‘arazlik va xolislik;
- statistik maxfiylik;
Statistika organlari rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika uslubiyatlarining birligini ta’minlaydi.
Statistika agentligi rasmiy statistikani shakllantirishda o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, statistika ma’lumotlarini tayyorlash va ularni e’lon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Statistika faoliyatini amalga oshirishda kasbiy mustaqillik O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan tartibga solinadi.
- Ishlab chiqarish bosqichlari va jarayonlari
Rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqarish, har biri bir necha amalga oshirish jarayonlaridan iborat bo‘lgan quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish;
2) ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish;
3) ishlab chiqish jarayonlarini shakllantirish;
4) birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish;
5) ma’lumotlarni qayta ishlash;
6) ma’lumotlarni tahlil qilish;
7) rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish;
8) ishlab chiqish siklini baholash.
Rasmiy statistikani ishlab chiqarish bosqichlari va jarayonlari sohaga oid me’yoriy va uslubiy hujjatlarga, tegishli statistik tartib-taomillarga to‘liq rioya etish, monitoring va nazorat ishlarini tizimli tashkil etish orqali amalga oshiriladi va qo‘llab-quvvatlanadi.
Rasmiy statistikani ishlab chiqarishning har bir bosqichi va jarayonida sifatni ta’minlash maqsadida, xalqaro darajada tavsiya etilgan sifat modellari asosida Statistika agentligi tomonidan ishlab chiqilgan milliy modellar va tartib-qoidalar joriy etiladi va amalga oshiriladi.
Rasmiy statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini doimiy oshirib borish maqsadida, boshqa idora va tashkilotlarning axborot bazalarini Statistika agentligi axborot bazasi bilan integratsiyalash va ma’muriy yoki boshqa manbalardan olinadigan ma’lumotlar ko‘lamini muntazam kengaytirib borish choralari ko‘riladi.
- Javobgarlik va hisobdorlik
Statistika agentligi Sifat sohasidagi siyosatning amalga oshirilishini, sifatni boshqarish tizimini doimiy takomillashtirib borilishi va mavjud resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
Statistika agentligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda tizim xodimlarining foydalanuvchilarni dolzarb, sifatli va ishonchli rasmiy statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash bo‘yicha javobgarligi hamda shaxsiy mas’uliyati belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlar va lavozim yo‘riqnomalarida aniq belgilab qo‘yiladi.
Statistika agentligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari rahbarlari rasmiy statistika ma’lumotlarini tayyorlash va tarqatish bo‘yicha o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorakda Statistika agentligi rahbariyatiga hisobot berib boradi.
Rasmiy statistika ma’lumotlarini tayyorlash va tarqatish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalari har chorak yakunlari bo‘yicha Statistika agentligining Hay’at yig‘ilishlarida tahlil va muhokama etib boriladi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va kelgusida oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar statistika ma’lumotlarining manbalari, ularni tayyorlash usullari va rasmiy statistika ma’lumotlarining sifati to‘g‘risida metama’lumotlar yordamida xabardor qilinadi.
- Kadrlarni o‘qitish va kompetensiyasini oshirish
Statistika agentligi rahbariyati tizimdagi barcha xodimlarning:
lozim darajadagi kasbiy bilim va tajribaga ega bo‘lishlari, shuningdek, o‘zlarining kasbiy layoqati va shaxsiy fazilatlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishlariga;
rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini qondirishning hamda qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablarini bajarishning muhimligini chuqur anglashlariga intiladi.
Rasmiy statistika sohasida kadrlarning kasbiy kompetensiyasini uzluksiz oshirib borilishini ta’minlash quyidagi shakllar va usullarda amalga oshiriladi:
- qayta tayyorlashdan o‘tish;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) malaka oshirish;
- ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish;
- bazaviy ta’lim muassasasida o‘qitish;
- “ustoz-shogird” usuli bo‘yicha ta’lim muassasasida o‘qitish;
- ishlab chiqarishda tajriba orttirish (stajirovka);
- ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
- xorijda tajriba orttirish;
- mustaqil ta’lim olish.
Shu bilan birga, Statistika agentligi tizimi xodimlarining nazariy va amaliy bilimlarini yanada chuqurlashtirib borish maqsadida, alohida dasturlar asosida ilmiy-amaliy anjumanlar, taqdimotlar, seminarlar, davra suhbatlari va masofaviy vebinarlar tashkil etib boriladi.
Rasmiy statistikaning sifati va ishonchliligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish va sohaga oid ilg‘or xorijiy amaliyotlarni o‘rganish maqsadida, Statistika agentligi xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning statistika idoralari bilan hamkorlik qiladi hamda tizim xodimlarini xalqaro darajada o‘tkaziladigan tadbirlar, seminarlar va o‘quv kurslarida tajriba oshirib borishlarini ta’minlaydi.
- Monitoring va baholash
Rasmiy statistikaning sifati Statistika agentligi tomonidan ishlab chiqilgan milliy modellar va tartib-qoidalar asosida doimiy ravishda monitoring qilinadi va baholab boriladi.
Rasmiy statistika sohasida sifatni boshqarish va baholash ishlari Statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan Milliy sifatni boshqarish qo‘llanmasi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xalqaro va milliy ekspertlarni jalb etgan holda, Statistika agentligi tizimi faoliyatini global va tarmoqlar bo‘yicha baholash ishlari tashkil etiladi.
Milliy statistika tizimi doirasida ishlab chiqilayotgan va e’lon qilinayotgan rasmiy statistika ma’lumotlari sifati va ishonchliligini o‘rganish maqsadida, rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarining statistika uslubiyatlari xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkaziladi.
- Xavf-xatarlarni boshqarish
Statistika agentligi respondentlarning qonuniy huquqlarini hurmat qilgan holda:
birlamchi statistika ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlaydi;
statistik instrumentariylarni takomillashtirish, integratsiya jarayonlarini va ma’muriy manbalar ma’lumotlaridan foydalanishni kengaytirish orqali respondentlarga hisobot yuklamasini kamaytiradi;
olingan birlamchi statistika ma’lumotlaridan faqat rasmiy statistika ma’lumotlarini tayyorlash uchun foydalanadi.
Rasmiy statistikani sifatini ta’minlash faoliyati doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida, bu borada xavfli va zararli omillarni o‘rganish, tahlil qilish va baholash ishlari amalga oshiriladi.
Xavf-xatarlarni minimallashtirish va boshqarish maqsadida:
- zarur chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
- ularning ijrosi yuzasidan monitoring va nazorat tashkil etiladi;
- bajarilgan chora-tadbirlarning samaradorligi baholab boriladi.
- Foydalanuvchilar bilan aloqalar va jarayonlarni takomillashtirish
Rasmiy statistika ma’lumotlari rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga to‘la muvofiq holda, shuningdek ayrim statistika ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash hamda barchaga teng foydalanish imkoniyatini berish orqali e’lon qilinadi.
Statistika ma’lumotlarining mazmuni va sifatini yanada yaxshilash maqsadida, rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bilan rasmiy statistikaning sifati masalalari yuzasidan muntazam ravishda maslahatlashuvlar o‘tkaziladi hamda ularning fikrlari so‘rab olinadi.
Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan so‘rovlar, taklif va mulohazalarni o‘rganish va tahlil etish;
- foydalanuvchilar o‘rtasida kuzatuvlar va so‘rovlar o‘tkazish;
- foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish.
Statistika agentligi rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish va foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadida rasmiy statistika ma’lumotlari va statistik jarayonlar sifatini doimiy ravishda oshirib boradi.
Bunga:
- foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini muntazam ravishda o‘rganib borish;
- ishlab chiqarish bosqichlari va jarayonlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash;
- ilg‘or xorijiy tajribalar asosida statistika uslubiyatlarini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish va takomillashtirib borish orqali erishiladi.
Statistika agentligining Sifat sohasidagi siyosati (Yuklab olish)
GSIM modeli
|
---|
GSIM modelini joriy etish bo‘yicha qo‘llanmalar
- Namunaviy uslubiy qo‘llanma
- Ilovadagi namuna. Uslubiy nizom
- Ilovadagi namuna Qo‘llanma
- Ilovadagi namuna. Tartib
- Ilovadagi namuna. Reglament
- Ilovadagi namuna.qaror va buyruq
- Ilovadagi namuna. Buyruq bekor qilishga
- Ilovadagi namuna. O’zgartirish va qo‘shimcha
- Ilovadagi namuna. taqqoslash jadval
- Ilovadagi namuna hisobot shakli
- Ilovadagi namuna.Tanlanma kuzatuv
- Ilovadagi namuna.kuzatuvni tasdiqlash
GSBPM modeli
|
---|
GSBPM milliy modeli tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning
MILLIY MODELI
Sifatni boshqarish
I.
Statistika
ma’lumotlariga
bo‘lgan ehtiyojlarni
o‘rganish
Statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish bosqichi
statistika ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini, statistika ma’lumotlaridan
foydalanuvchilarning mavjud, yangi va (yoki) qo‘shimcha statistika ma’lumotlariga
bo‘lgan ehtiyojlarini aniq belgilash bilan bog‘liq barcha ishlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu bosqichning maqsadi – foydalanuvchilarning rasmiy statistika
ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini, milliy va xorijiy tavsiyalar hamda me’yoriyhuquqiy hujjatlar talablarini ko‘rib chiqish, dolzarb bo‘lmagan statistika
kuzatuvlarini bekor qilish, yangi kuzatuvlarni tashkil etish va (yoki) amaldagi
kuzatuvlarni takomillashtirish, ularni shakllantirish bo‘yicha uslubiy hujjatlarni
ishlab chiqish hamda rasmiy statistika ma’lumotlarini yangi shaklda e’lon qilish
va tarqatish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.Ushbu bosqich oltita jarayondan iborat.
*) Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish bo‘yicha Namunaviy tartib (quyida tanishib ko`rishingiz mumkin)
II.
Ishlab chiqish
jarayonlarini
rejalashtirish
Ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish bosqichi rasmiy statistika
ma’lumotlarini ishlab chiqish (birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash,
umumlashtirish, tahlil qilish, yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish va tarqatish) bilan
bog‘liq jarayonlarni rejalashtirishni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, statistika kuzatuvlari shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha
tushuntirishlar, statistika kuzatuvlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
uslubiy hujjatlar, statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash va shakllantirish bo‘yicha
uslubiy qo‘llanmalarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, tasniflagichlar
va ma’lumotnomalarni ishlab chiqish va yangilab borish bilan bog‘liq jarayonlarni
rejalashtirish amalga oshiriladi.
Mazkur bosqichda kelgusida statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishda
qo‘llash uchun tayyor barcha metama’lumotlar hamda sifatni ta’minlash tartibtaomillari aniqlashtiriladi.
Bosqichning maqsadi – rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish
jarayonlarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan rejaviy
va tashkiliy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ushbu bosqich oltita jarayondan iborat.
III.
Ishlab chiqish
jarayonlarini
shakllantirish
Ishlab chiqish jarayonlarini shakllantirish bosqichi, ishlab chiqishni tashkil
etish bo‘yicha mavjud va qabul qilingan qarorlar hamda yechimlarni ishlab
chiqish sharoitida foydalanishga tayyorligini ta’minlash maqsadida, ularni
shakllantirish va sinovdan o‘tkazish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
“Ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish” II bosqichning natijalari ishlab
chiqishda ko‘p marta foydalaniladigan mexanizmlar, jarayonlar, tizimlar, axborotlar va
xizmatlarni tanlab olish imkoniyatini beradi hamda ularning barchasi “Ishlab chiqish
jarayonlarini shakllantirish” bosqichini amalga oshirish uchun to‘liq ishchi
muhitini yaratish maqsadida, mazkur bosqichda birlashtiriladi va jamlanadi.
Ushbu bosqichda, amalda qo‘llanilayotgan tizimlar va jarayonlarda aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish, bo‘shliqlarni to‘ldirish hamda kelgusida ko‘p marta
foydalanish uchun yangi tizimlar, jarayonlar va xizmatlar yaratiladi.
Bosqichning maqsadi – rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish
tizimining birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishga, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil
qilishga, rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatishga tayyorligini ta’minlash.
Mazkur bosqich yettita jarayondan iborat
IV.
Birlamchi
ma’lumotlarni
yig‘ish
Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish bosqichida turli usullardan (so‘rab
olish, yig‘ish, tegishli manbalardan ajratib olish va b.) foydalangan holda barcha
zarur axborotlar (ma’lumotlar, metama’lumotlar va b.)ni yig‘ish, shuningdek,
ularni qayta ishlash bo‘yicha tegishli dasturiy vositalarga kiritish amalga oshiriladi.
Ushbu bosqich respondentlardan birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni
tashkil etish va o‘tkazish, ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib
beruvchilardan ma’muriy ma’lumotlarni olish, shuningdek, birlamchi ma’lumotlar
to‘plami va mikroma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni
bajarishdagi harakatlar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlarni yig‘ishni o‘tkazish uchun axborot tizimlari, maxsus dasturiy
vositalar, boshqa zarur dasturiy mahsulotlar va tizimlarning tayyorligi mazkur
bosqichni to‘liq amalga oshirishning majburiy sharti hisoblanadi.
Bosqichning maqsadi – bir yillik statistika ishlari dasturiga muvofiq birlamchi
ma’lumotlarni, ma’muriy ma’lumotlarni yig‘ishni ta’minlash.
Mazkur bosqich to‘rtta jarayondan iborat.
V.
Ma’lumotlarni
qayta ishlash
Ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichida birlamchi ma’lumotlarni qayta
ishlash va ularni tahlil uchun tayyorlash amalga oshiriladi.
Ushbu bosqich, ma’lumotlarni tahlil qilish va ularni rasmiy statistika ma’lumoti
sifatida tarqatish maqsadida, kiruvchi birlamchi ma’lumotlarni birlashtirish,
tasniflash, tekshirish, xatoliklardan tozalash va ular asosida zarur jamlanma va boshqa
ma’lumotlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Muntazam ravishda ishlab chiqiladigan statistik materiallar bo‘yicha ushbu
bosqich har gal qaytadan qo‘llaniladi. “Ma’lumotlarni qayta ishlash”
va “Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichlari bir necha bor qayta takrorlanuvchi yoki
parallel ravishda amalga oshiriluvchi bo‘lishi mumkin. Xususan, tahlil bosqichi
ma’lumotlarni yanada tushunilishini ta’minlab, natijada ularni qo‘shimcha qayta
ishlashga ehtiyoj yuzaga kelishi mumkin.
Bosqichning maqsadi – kelgusida tahlil qilish ishlarini amalga oshirish
maqsadida statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha jamlanma ma’lumotlarni shakllantirish.
Ushbu bosqich sakkizta jarayondan iborat.
VI.
Ma’lumotlarni
tahlil qilish
Ma’lumotlarni tahlil qilish bosqichida statistik materiallarni ishlab chiqish,
ularni batafsil tekshirish va rasmiy statistika ma’lumoti sifatida tarqatish uchun
tayyorlash amalga oshiriladi.
Ushbu bosqichni qo‘llash sohasi – “Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichida
shakllantirilgan statistika ma’lumotlarini tahlil qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
jarayonlaridagi tendensiyalarni aniqlash, shuningdek, foydalanuvchilarga taqdim
etish va tarqatish uchun oldindan ko‘zlangan maqsadlarga javob beruvchi axborottahliliy materiallarni tayyorlash hisoblanadi.15
Xususan, mazkur bosqich statistik tahlilchilarga ma’lumotlar va ishlab
chiqilgan statistik mahsulotlar haqida tushunchalar, izohlar va tasavvurlarni yaratish
bilan bog‘liq ishlarni ham o‘z ichiga oladi.
“Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichi va uning jarayonlari, ma’lumotlarning
qaysi manbalardan olinganligidan qat’iy nazar, barcha statistik materiallarga
umumiy tarzda tegishli hisoblanadi.
Bosqichning maqsadi – rasmiy statistika ma’lumotlarini taqdim etish va
tarqatishga tayyorlash uchun statistik tahlil usullari va qoidalarini amalda qo‘llash.
Ushbu bosqich beshta jarayondan iborat.
VII.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
tarqatish
Rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish bosqichida foydalanuvchilarga rasmiy
statistika ma’lumotlarini tarqatish ishlari amalga oshiriladi.
Keng doiradagi foydalanuvchilar uchun statistika ma’lumotlaridan erkin
foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali foydalanuvchilarning ehtiyojlarini to‘liq
qondirish ushbu bosqichning asosiy prinsipi hisoblanadi.
Mazkur bosqich, foydalanuvchilarga tarqatiladigan rasmiy statistika
ma’lumotlarini jamlash (komplektlash), rasmiylashtirish, ma’lumotlar bazasiga
va axborot tizimlariga yuklash, bosma shakllarda chop etish, targ‘ibot qilish, turli
vositalar (rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari) orqali e’lon qilish hamda
tarqatish bilan bog‘liq ishlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu bosqichda, barcha foydalanuvchilarning rasmiy statistikani
tayyorlovchilar tomonidan e’lon qilinadigan statistika ma’lumotlaridan teng
foydalanishlari ta’minlanadi.
Bosqichning maqsadi – barcha toifadagi foydalanuvchilarni sifatli rasmiy
statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash.
Ushbu bosqich beshta jarayondan iborat.
VIII.
Ishlab chiqish siklini
baholash
Ishlab chiqish siklini baholash bosqichida rasmiy statistika ma’lumotlarini
ishlab chiqish jarayonining aniq komponentlarini baholash amalga oshiriladi.
Ushbu bosqich Milliy model tuzilmasidagi alohida olingan bir jarayon yakunida
amalga oshirilishi, shu bilan birga barcha jarayonlarni amalga oshirish davomida
ham doimiy asosda o‘tkazilishi mumkin. Mazkur bosqich ishlab chiqish siklining
turli bosqich va jarayonlarida yig‘ilgan ma’lumotlar hamda monitoring natijalariga
suyangan holda tashkil etiladi.
Shuningdek, ushbu bosqich, istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan
takomillashtirishlarni aniqlash va belgilash maqsadida, turli miqdoriy
va sifatiy xususiyatlarga e’tibor qaratgan holda, statistika ma’lumotlarini ishlab
chiqish jarayonining har bir aniq hodisasini muvaffaqiyatli bo‘lganini baholashni
ko‘zda tutadi.
Baholash bosqichi, muntazam davriylikda (haftalik, oylik, choraklik va b.) ishlab
chiqiladigan statistik materiallar bo‘yicha har galgi ishlab chiqish davrida o‘tkazilishi
lozim.
Shu bilan birga, alohida hollarda, ayniqsa doimiy va yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ishlab
chiqish jarayonlarida, baholash bosqichi har galgi ishlab chiqish davrida rasman
o‘tkazilmasligi ham mumkin. Bunday hollarda, mazkur bosqichni keyingi
takrorlanuvchi ishlab chiqish sikli “Statistik ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni
o‘rganish” bosqichidan yoki boshqa keyingi bosqichlardan boshlanishi to‘g‘risida
qaror qabul qilinuvchi bosqich sifatida ko‘rish mumkin.
Bosqichning maqsadi – rasmiy statistika ma’lumotlarining sifati,
foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasi va ularga
bo‘lgan ishonchi, respondentlarga yuklamalar, rasmiy statistikani tayyorlovchilar
xodimlarining ishlab chiqish bosqichlari va jarayonlaridan qoniqish holati
to‘g‘risida xolis va ishonchli axborot olish.
Ushbu bosqich uchta jarayondan iborat.
1.1.
Foydalanuvchilarning
statistika
ma’lumotlariga bo‘lgan
ehtiyojlarini aniqlash
Mazkur jarayon barcha toifadagi rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning (shu jumladan, xorijiy foydalanuvchilarning) statistika ma’lumotlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganish hamda ushbu ma’lumotlarning qachon, qanday shaklda va qaysi maqsadlarda kerakligini aniqlashni ko‘zda tutadi.
Ehtiyojlar, shuningdek, aynan shu kabi statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy davlatlarning statistika idoralari, milliy va xalqaro tashkilotlarning amaliyoti hamda ular tomonidan qo‘llanilayotgan usullar va uslublarni o‘rganish asosida ham aniqlanadi.
2.1.
Chiquvchi statistika
ma’lumotlarini
rejalashtirish
Ushbu jarayonda, rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan kelgusida e’lon qilinishi ko‘zda tutilayotgan statistika ma’lumotlarini (statistik nashrlarni qo‘shgan holda) hamda ularni tarqatish bosqichida foydalaniladigan tizim va vositalarni ishlab chiqish va (yoki) tayyorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarni rejalashtirish amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlarga e’lon qilinadigan jadvallar, grafikalar, diagrammalar va statistik nashrlarning namuna shakllari, veb-saytlarga joylashtiriladigan statistik materiallarning maketlari va namuna shakllari, statistik materiallarni nashr etish va e’lon qilish bo‘yicha axborot tizimlari hamda maxsus dasturiy vositalar, o‘quv seminarlari, veb-sayt sahifalarini rasmiylashtirish hamda statistik nashrlarni to‘ldirish uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish va (yoki) takomillashtirish ishlarini rejalashtirish kiradi.
E’lon qilinadigan statistik nashrlar va boshqa ma’lumotlarni rejalashtirish jarayonida qo‘llaniladigan manbalar ilgari statistik ma’lumotlarni yig‘ish natijasida olingan metama’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
3.1.
Birlamchi
ma’lumotlarni yig‘ish
mexanizmini
shakllantirish
Ushbu jarayonda “Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish” bosqichida qo‘llaniladigan ma’lumotlarni yig‘ish mexanizmlarini shakllantirish yoki mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni yig‘ish mexanizmlari “Ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish” bosqichida ishlab chiqilgan rejalarga muvofiq shakllantiriladi yoki takomillashtiriladi.
Ma’lumotlarni yig‘ish bir yoki bir necha usullar (shaxsan yoki telefon orqali so‘rovlar, qog‘oz shakldagi, elektron yoki onlayn kuzatuv shakllari yoki savolnomalar)dan foydalangan holda tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, ushbu jarayon, tegishli instrumentariylar (kuzatuv shakllari va savolnomalar) mazmuni va tarkibini tayyorlash, ularni amalda qanday ishlashini sinovdan o‘tkazish, masalan statistika hisoboti yoki kuzatuvi shaklidagi savollarni tekshirib ko‘rishni o‘z ichiga oladi.
4.1.
Bosh jamlanma
va tanlanmani
shakllantirish
Ushbu jarayonda “Bosh jamlanma va tanlanmani rejalashtirish” jarayonida ko‘zda tutilganidek, ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlarini tashkil etish
va o‘tkazish uchun bosh jamlanma va tanlanma shakllantiriladi.
Mazkur jarayon bitta yo‘nalishdagi statistika kuzatuvi jarayonining tanlanmasini (aynan bir xil o‘xshashliklarni aniqlash yoki birliklar o‘rnini almashtirish uchun) yoki umumiy asoslar va yagona registr ma’lumotlaridan foydalanuvchi turli yo‘nalishlardagi statistika kuzatuvlari jarayonlari o‘rtasidagi tanlanmalarni (aynan bir xil o‘xshashliklarni aniqlash yoki respondentlarga yuklamani maqbullashtirish uchun) muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi.
Mazkur jarayon doirasida sifatni ta’minlash bo‘yicha ishlar hamda bosh jamlanma va tanlanmani tasdiqlash amalga oshiriladi. Tanlanma rejasini tuzishda ma’muriy va boshqa manbalar ko‘rsatkichlaridan yordamchi ko‘rsatkich sifatida foydalanilishi mumkin.
5.1.
Ma’lumotlarni
integratsiyalash
Ma’lumotlarni integrasiyalash jarayonida “Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish” bosqichidagi jarayonlar natijalarini umumlashtirish ya’ni yig‘ilgan ma’lumotlarni birlashtirish amalga oshiriladi. Birlashtirilayotgan ma’lumotlar turli tashqi va ichki manbalardan kelib tushishi mumkin va ma’lumotlarni yig‘ishning turli usullarining natijasi hisoblanadi. Ma’lumotlar manbalari sifatida birlamchi va (yoki) ma’muriy ma’lumotlarning elektron bazasi va jamlanma jadvallaridan foydalaniladi. Integratsiyalashning natijasi o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar to‘plamini ifodalaydi.
Ma’lumotlarni integrasiyalash nafaqat “Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichi, balki barcha statistik ishlab chiqish bosqichlari hamda jarayonlarida amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni integrasiyalash o‘tkazilgandan so‘ng, ularni himoyalash talablaridan kelib chiqqan holda, maxfiylikni ta’minlash maqsadida, ma’lumotlarning egasi mavhumlashtirilishi (nomi, manzili kabi identifikatorlari chiqarib tashlanishi) mumkin.
6.1.
Dastlabki statistik
materiallarni
tayyorlash
Dastlabki statistik materiallarni tayyorlash jarayonida 5.7. “Jamlanma ma’lumotlarni hisob-kitob qilish” va 5.8. “Ma’lumotlarni shakllantirishni yakunlash” jarayonlari natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar dastlabki statistik materiallar shakliga keltiriladi. Ushbu jarayon indekslar, trendlar yoki mavsumiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda tuzatish kiritilgan dinamik qatorlar kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni yaratish hamda variasiya koeffisiyentlari kabi sifat xususiyatlarini qayd etishni ko‘zda tutadi.
Mazkur jarayonda, “Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichida tayyorlangan chiquvchi jadvallar natijalarini, shuningdek, ma’lumotlar bazasidan yoki tayyor hujjatlar bazasidan olingan zarur axborotlarni ko‘rib chiqish, shakllantirilgan ma’lumotlar asosida diagrammalar, kartogrammalar, grafikalar va yangi jadvallarni tuzish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, statistika ma’lumotlari sifatini tahlil qilishda, statistik ko‘rsatkichlarning ishonchliligi va aniqligi (asoslanganligi, xatolarning yo‘qligi, variasiya koeffisiyentlarini hisoblanganligi va b.), yaxlitligi (qamrovning to‘liqligi, statistika metodologiyasiga rioya etilganligi), bir-biriga qarama-qarshi emasligi, qiyosiyligi (hudud, qamrab olingan obyektlar doirasi, o‘lchov birligi va boshqalar bo‘yicha), bir xilda tuzilganligi (ma’lumotlarni chiqarib tashlash, ularda keskin o‘zgarishlar, tushirib qoldirish holatlarining mavjud yoki mavjud emasligi) jihatlari ko‘rib chiqiladi.
7.1.
Statistika
ma’lumotlarini ishlab
chiqish tizimini
yangilash
Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish tizimini yangilash jarayoni doirasida, tarqatish maqsadlari uchun tayyor bo‘lgan statistika ma’lumotlari hamda metama’lumotlar saqlanayotgan tizimlar (masalan, ma’lumotlar bazalari)ni yangilash amalga oshiriladi.Xususan, tizimlarni yangilash jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
chiquvchi ma’lumotlar tizimlari (bazalari)ga kiritish uchun tayyor bo‘lgan ma’lumotlar va metama’lumotlarni formatlash (zarur ko‘rinishga keltirish);
ma’lumotlar va metama’lumotlarni chiquvchi statistika ma’lumotlari tizimlari (bazalari)ga yuklash;
statistika ma’lumotlarini tegishli metama’lumotlar bilan o‘zaro bog‘lanishi (muvofiqlashtirilishi)ni ta’minlash.
Ushbu tadbirlar, aksariyat hollarda, yanada oldingi jarayonlarda amalga oshirilishi lozim, biroq statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish tizimini yangilash jarayonida barcha zarur ma’lumotlar hamda metama’lumotlarning mavjudligi va ularning tarqatish uchun tayyorligi yakuniy tekshirib chiqiladi.
8.1.
Ishlab chiqish siklini
baholash uchun
ma’lumot yig‘ish
Baholash uchun ma’lumotlarni shakllantirish va yig‘ish ishlari har qanday boshqa bosqich yoki jarayon doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu jarayon turli shakllarda, jumladan, foydalanuvchilarning izohlari va takliflari, jarayonlar bo‘yicha metama’lumotlar, tizimlarning o‘lchov (metrik) ma’lumotlari, shuningdek xodimlarning takliflarini shakllantirish va yig‘ishni o‘z ichiga olgan holda o‘tkazilishi mumkin.
Shuningdek, avvalgi ishlab chiqish davrini baholash natijasi bo‘yicha kelgusi davr uchun kelishilgan harakatlar rejasida belgilangan ishlarning bajarilishi holati to‘g‘risidagi hisobotlar baholash jarayoni uchun kiruvchi ma’lumot bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqish siklini baholash uchun ma’lumot yig‘ish jarayoni:
statistika ma’lumotlarining sifatini baholash;
respondentlarga yuklamalarni monitoring qilish;
foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasi va ularga bo‘lgan ishonchini baholash;
xodimlarning ishlab chiqish bosqichlari va jarayonlaridan qoniqish holatini monitoring qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ish ishlarini o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, ma’lum bir jarayonlarni baholash uchun aniq tadbirlarni, jumladan, unchalik katta bo‘lmagan kuzatuvlarni (ro‘yxatga olish o‘tkazilgandan keyingi nazorat tartibidagi so‘rovlar, takroriy savol-javoblar, ma’lumotlarni tarqatish samaradorligini o‘rganish) o‘tkazish talab etilishi mumkin.
1.2.
Foydalanuvchilar bilan
maslahatlashuvlar
o‘tkazish va ehtiyojlarni
tasdiqlash
Ushbu jarayonda, foydalanuvchilarning statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini, jumladan ma’lumotlarni taqdim etish shakli va muddatlari bo‘yicha ehtiyojlarini hamda ulardan kelgusida foydalanish maqsadlarini aniq bilish uchun rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan manfaatdor tomonlar bilan ularning avval aniqlangan ehtiyojlarini hisobga olgan holda maslahatlashuvlar o‘tkaziladi va ularning ehtiyojlari tasdiqlanadi.
Bunda, foydalanuvchilar ehtiyojlarini chuqur tushunilishiga erishish, ya’ni nafaqat qanday statistika ma’lumotlari talab etilayotganligi, balki ularni qaysi kesimda, qachon, qanday ko‘rinishda va eng muhimi qaysi sabablarga ko‘ra shakllantirish zarurligini aniqlash talab etiladi.
2.2.
Ko‘rsatkichlar tavsifini
rejalashtirish
Ushbu jarayonda, rasmiy statistika ma’lumotlarini tayyorlash maqsadida yig‘iladigan va shakllantiriladigan ko‘rsatkichlar tarkibi hamda ularning metama’lumotlarini, shuningdek, statistik tasniflagichlar va ma’lumotnomalarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish tadbirlari amalga oshiriladi.
Mazkur jarayonda, amaldagi milliy va xorijiy tajribalardan keng foydalanish hamda ma’lumotlarni yig‘ish uchun zarur ko‘rsatkichlarni belgilash va ularni yig‘ish mexanizmlarini tanlash jarayonlari o‘zaro bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu jarayonni 2.3. “Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni rejalashtirish” jarayoni bilan parallel ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3.2.
Qayta ishlash va tahlil
komponentlarini
shakllantirish yoki
takomillashtirish
Qayta ishlash va tahlil komponentlarini shakllantirish yoki takomillashtirish jarayoni “Ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish” bosqichida aniqlangan hamda “Ma’lumotlarni qayta ishlash” va “Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichlari uchun zarur bo‘lgan amaldagi komponentlardan qayta foydalanish yoki yangi komponentlarni shakllantirish bo‘yicha ishlarni ko‘zda tutadi.
Ushbu jarayonda ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil uchun yangi axborot tizimlari yoki maxsus dasturiy vositalarni yaratish, mavjud axborot tizimlari yoki maxsus dasturiy vositalarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Jarayon ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun axborot tizimlari yoki maxsus dasturiy vositalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishni yakunlash, ularga oid texnik va foydalanish hujjatlarini ishlab chiqish bilan tugallanadi.
4.2.
Birlamchi
ma’lumotlarni
yig‘ishni tashkil etish
Mazkur jarayon, barcha rejalashtirilgan tartiblar bo‘yicha ma’lumotlar
va metama’lumotlarni yig‘ishga xodimlar, ishlab chiqish mexanizmlari, tizimlari va texnologiyalarning tayyorligini ta’minlaydi hamda quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
ma’lumotlarni yig‘ish strategiyasini tayyorlash;
ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshiruvchi xodimlarni o‘qitish;
ma’lumotlarni yig‘ish uchun zarur vositalarning mavjud bo‘lishini ta’minlash;
ma’lumotlarni so‘rash va olish uchun zarur tizimlarni but qilib qo‘yish;
yig‘iladigan ma’lumotlarning himoyalanishini ta’minlash;
ma’lumotlarni yig‘ish vositalarini tayyorlash;
respondentlarni xabardor qilish, ular bilan ishlash;
materiallarni kerakli tillarga tarjima qilish.
Ushbu jarayonda, bevosita kuzatuvlar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lumotlarni yig‘ish manbalari uchun, mazkur manbalardan zarur ma’lumotlarni olish yoki ajratib olish uchun kerakli jarayonlar, tizimlar va maxfiylik tartib-taomillarining mavjudligi ta’minlanadi.
5.2.
Ma’lumotlarni
tasniflash va
kodlashtirish
Ushbu jarayonda birlamchi ma’lumotlarni tasniflash va kodlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni tasniflashda, rasmiy statistika sohasida amalda qo‘llanilayotgan statistik va boshqa tasniflagichlar, nomenklaturalar va ma’lumotnomalardan foydalaniladi.
Birlamchi ma’lumotlarni tasniflash va kodlashtirish jarayoni, avtomatlashtirilgan tarzda (yoki qo‘lda) amalga oshirilishi, avvaldan belgilangan statistik tasniflash tizimiga muvofiq matnli javoblar (ma’lumotlar)ga raqamli kodlarni biriktirish usuli bilan bajarilishi mumkin.
Shuningdek, kuzatuv shakllari yoki ma’muriy ma’lumotlar manbasidagi ayrim savollar kodlashtirilgan toifadagi javoblar variantlariga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim ma’lumotlar esa avtomatlashtirilgan jarayonni (masalan, tayyor javoblarni mashinada o‘qish usuli) qo‘llagan holda yoki interfaol qo‘lda bajariladigan jarayon orqali kodlashtirilishi mumkin.
6.2.
Statistik materiallarni
validatsiya qilish
Statistik materiallarni validasiya qilish jarayonida, ma’lumotlarni yig‘ish va shakllantirish ishlarining oldindan belgilangan sifat talablariga hamda kutilayotgan natijalarga muvofiq ekanligini aniqlash bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda, kuzatilayotgan aniq statistika sohasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish uchun barcha ma’lumotlar yig‘iladi va mazkur bilimlar aniq sharoitlarda kutilayotgan natijalardan har qanday chetga chiqish holatlarini aniqlash va axborot tahlilini o‘tkazishda foydalaniladi.
Validasiya qilish bo‘yicha ishlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
birlamchi ma’lumot qamrovi ko‘rsatkichi va taqdim etilgan javoblar koeffisentining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish;
statistika ma’lumotlarini oldingi sikllar bilan solishtirish (qo‘llab bo‘ladigan hollarda);
tayyorlangan materialga metama’lumotning mavjudligi va ushbu materialning metama’lumot hamda sifat ko‘rsatkichi talablariga muvofiqligini tekshirish;
statistika ma’lumotlarini boshqa tegishli ma’lumotlar (tashqi va ichki) manbalari bilan solishtirish;
statistika ma’lumotlaridagi farqlar va tafovutlarni o‘rganish;
kuzatilayotgan soha bo‘yicha tayyorlangan statistika ma’lumotlarining kutilayotgan natijalarga muvofiq ekanligini hujjatlashtirish orqali tasdiqlash.
7.2.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
tarqatish uchun
tayyorlash
Rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish uchun tayyorlash jarayoni doirasida, avvaldan 2.1. “Chiquvchi statistika ma’lumotlarini rejalashtirish” jarayonida loyihalashtirilgan shakllarda rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan rasmiy statistika ma’lumotlari turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Xususan, ular jumlasiga bosma nashrlar, press-relizlar, axborotnomalar, jadvallar, interfaol grafikalar, kartogrammalar, umumfoydalanishdagi ochiq ma’lumotlar to‘plami, yuklab olish uchun fayllar, videroliklar, rasmiy veb-saytlardagi ma’lumotlar va boshqalar kirishi mumkin.
Tarqatish uchun ma’lumotlarni ishlab chiqishning standart bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
statistik materialning tarkibiy qismlarini (statistik nashrning namuna shakli, izohlar, jadvallar, grafikalar va boshqalarni to‘ldirish) tayyorlash;
tarkibiy qismlarni tayyor mahsulot shakliga (barcha ma’lumotlarni birlashtirish, yakuniy statistik nashr ko‘rinishida jamlash) keltirish;
yakuniy statistik materialni ko‘rib chiqish, kelishish, tahrirlash, xatolarning yo‘qligi va e’lon qilish mezonlariga muvofiqligini tekshirish;
statistik materialni ishlab chiqish (nashr qilish, tarqatish vositalariga joylashtirish uchun tayyorlash).
8.2.
Ishlab chiqish siklini
baholashni o‘tkazish
Baholashni o‘tkazish jarayoni, olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, qayta ishlash va tahlil etish orqali o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda, ma’lumotlar kutilayotgan yoki maqsadli natijalar (agar mavjud bo‘lsa) bilan solishtiriladi va baholash to‘g‘risidagi hisobot yoki nazorat jadvalida umumlashtiriladi.
Statistika ma’lumotlarining sifati, maxsus savolnomani to‘ldirish asosida, amalga oshirilayotgan statistika kuzatuvlari va ulardagi ma’lumotlarning sifatning asosiy mezonlariga muvofiqligi darajasini tavsiflovchi reyting usulini qo‘llagan holda, besh balli shkala bo‘yicha baholanadi.
Respondentlarga yuklamalarni monitoring qilish ishlari, statistika kuzatuvlari shakllarini to‘ldirish uchun respondentlar tomonidan sarflangan vaqt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Olingan ma’lumotlar asosida statistika kuzatuvlari shakllarini to‘ldirish uchun yuzaga kelayotgan yuqori mehnat sarfining sabablariga aniqlik kiritiladi.
Foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasi va ularga bo‘lgan ishonchini baholashda, foydalanuvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar javoblari umumlashtiriladi va tahlil qilinadi. Shunga asosan, foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ishonch indeksi hisoblab chiqiladi.
Xodimlarning ishlab chiqish bosqichlari va jarayonlaridan qoniqish holatini monitoring qilish, davlat statistika organlari xodimlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish orqali o‘tkaziladi. Monitoring xodimlarning ishchi muhiti, ishlab chiqarish bosqich va jarayonlari, tashkilot imiji, jamoadagi ma’naviy-ruhiy muhit, lavozimda o‘sish va ta’lim olish imkoniyatlaridan qoniqishlari darajasini aniqlaydi.
Baholash natijalari bo‘yicha tuziladigan yakuniy hisobotda sifatni ta’minlash bo‘yicha har qanday muammolar, kutilgan natijalardan har qanday chetga chiqish holatlari hamda ushbu holatlardan kelib chiqqan holda har bir jarayon yoki bosqichga kiritilishi zarur bo‘lgan tegishli o‘zgartirishlar haqida tavsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
1.3.
Statistika ma’lumotlarini
shakllantirish
maqsadlarini belgilash
Ushbu jarayonda, foydalanuvchilar bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijalari bo‘yicha ular tomonidan talab etilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki ro‘yxati ishlab chiqiladi. Shuningdek, ushbu statistik ko‘rsatkichlar va ularning sifat xususiyatlari foydalanuvchilarning ehtiyojlariga muvofiqligi yuzasidan ular bilan kelishish amalga oshiriladi.
Statistika ma’lumotlarini shakllantirish maqsadlarini belgilashda birlamchi ma’lumotlarning maxfiylik jihatlari hamda ma’lumotlarni shakllantirish uchun resurslarning mavjudligi hisobga olinishi lozim.
2.3.
Birlamchi ma’lumotlar
yig‘ishni rejalashtirish
Mazkur jarayonda birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish uchun aynan maqbul keladigan usullar va vositalarga aniqlik kiritiladi. Ushbu jarayon doirasidagi ishlar ma’lumotlarni yig‘ish usuli yoki vositalarining turi (elektron shakldagi hisobotlar, elektron so‘rovlar, qog‘oz savolnomalar, ma’muriy ma’lumotlar bazalari, veb-skraping texnologiyalari, geofazoviy ma’lumotlar uchun texnologiyalar va b.) dan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
Mazkur jarayon ma’lumotlarni yig‘ish usuli va vositalarini, kuzatuv shakllaridagi savollar va javoblarni rejalashtirish, ma’lumotlarni taqdim etish bilan bog‘liq har qanday rasmiy kelishuvlar, jumladan, hamkorlik memorandumlarini rejalashtirish hamda birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish usullarini belgilash ishlarini o‘z ichiga oladi.
3.3.
Ma’lumotlarni
tarqatish
komponentlarini
shakllantirish yoki
takomillashtirish
Ma’lumotlarni tarqatish komponentlarini shakllantirish yoki takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar 2.1. “Chiquvchi statistika ma’lumotlarini rejalashtirish” jarayonida rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish uchun yangi komponentlar va xizmatlarni shakllantirish va (yoki) mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu jarayon rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish bo‘yicha barcha komponentlar va xizmatlarni, xususan, an’anaviy qog‘oz shaklidagi nashrlarni ishlab chiqishdan boshlab veb-xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, ochiq ma’lumotlarni ishlab chiqishgacha bo‘lgan jarayonlarda foydalaniladigan komponentlar hamda xizmatlarni shakllantirish va (yoki) mavjudlarini yanada kuchaytirish ishlarini o‘z ichiga oladi.
4.3.
Birlamchi
ma’lumotlarni
yig‘ishni amalga
oshirish
Ushbu jarayonda birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni yig‘ish respondentlardan qog‘oz yoki elektron shaklda birlamchi ma’lumotlarni olish, kuzatuv o‘tkazayotgan mutaxassislar tomonidan respondentlar bilan so‘rovlar o‘tkazish usullari orqali tashkil etiladi.
Mazkur jarayonda, birlamchi ma’lumotlarni axborot tizimlari va maxsus dasturiy vositalarga kiritish, mutaxassislar tomonidan ko‘chma qurilmalardan foydalangan holda bevosita kuzatuv joyida birlamchi ma’lumotlarni kiritish, respondentlar tomonidan ma’lumotlar taqdim etilishi hisobini yuritish ishlari amalga oshiriladi.
Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshirish quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:
birlamchi ma’lumotlarni elektron va (yoki) qog‘oz shaklda yig‘ish;
birlamchi ma’lumotlarni boshqa usullarda yig‘ish;
ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilardan ma’muriy ma’lumotlarni yig‘ish;
to‘ldirilgan va taqdim etilgan statistika kuzatuvi shakllarini tekshirish;
respondentlar tomonidan birlamchi ma’lumotlarni taqdim etilishi hisobini yuritish.
Mazkur jarayon ma’lumotlarni yig‘ish jarayonini monitoring qilib borish hamda ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlariga har qanday zarur o‘zgartirishlarni kiritishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
5.3.
Ma’lumotlardagi
xatoliklarni
tekshirish va
validatsiya qilish
Ma’lumotlardagi xatoliklarni tekshirish va validasiya qilish jarayonida, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, xatoliklar va tafovutlarni, jumladan, keskin farqlanuvchi qiymatlar yoki ko‘rsatkichlar, savollarga javoblarning yo‘qligi, kodlashtirishdagi xatoliklarni aniqlash maqsadida ma’lumotlarni tekshirish amalga oshiriladi. Tekshirishlar natijasida, ma’lumotlarni ishlab chiqish, jumladan, ularni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha belgilangan jarayonlarning samarali va natijali amalga oshirilishi mumkinligi hujjatlashtirish orqali tasdiqlanadi.
Xatoliklarni tekshirish va validasiya qilish har qanday turdagi manbalardan olingan ma’lumotlarga (birlamchi ma’lumotlar, ma’muriy ma’lumotlar va b.), jumladan, ularni birlashtirishga qadar yoki birlashtirishdan keyin, shuningdek, “Ma’lumotlarni tahrirlash va imputasiyalash” jarayonida imputasiyalangan ma’lumotlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin.
Mazkur jarayon mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ma’lumotlarga sezilarli darajada o‘zgartirish kiritadigan har qanday tuzatishlar “Ma’lumotlarni tahrirlash va imputasiyalash” jarayoni doirasida amalga oshiriladi.
6.3.
Statistik materiallarga
izohlar va
tushuntirishlar
tayyorlash
Statistik materiallarga izohlar va tushuntirishlar tayyorlash jarayonida, ularni chuqur tushunilishiga erishiladi va rasmiy statistika ma’lumotlarini to‘g‘ri talqin qilish uchun asos yaratiladi.
Statistik materiallarni izohlash, tushuntirish va to‘g‘ri talqin qilishga, turli mexanizm va yondashuvlarni qo‘llagan holda, statistika ma’lumotlarini har tomonlama ko‘rib chiqish, ularning oldindan rejalashtirilgan va kutilgan natijalarni qanchalik yaxshi yoritayotganligini baholash, shuningdek, chuqur statistik tahlillar o‘tkazish orqali erishiladi.
Chuqur statistik tahlillarni o‘tkazish:
vaqt qatorlarini tahlil qilish;
ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi va qiyosiyligini tahlil qilish;
ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish (dastlabki baholash ma’lumotlari va aniqlashtirilgan ma’lumotlar o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilish) holatlarini tahlil qilish;
ma’lumotlardagi nomutanosibliklarni (boshqa davlatlar ma’lumotlari bilan tafovutlarni) tahlil qilish va boshqa tahlillarni o‘z ichiga oladi.
7.3.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
tarqatish jarayonini
boshqarish
Rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish jarayonini boshqarish doirasida, rasmiy statistika ma’lumotlarini e’lon qilish va tarqatishni tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlarning mavjudligi, shu jumladan ularni e’lon qilish muddati, shakli va usullariga rioya etilishi ta’minlanadi.
Ushbu jarayon aniq foydalanuvchilar guruhi, masalan ommaviy axborot vositalari yoki tegishli manfaatdor shaxslar uchun matbuot anjumanlari, brifinglar o‘tkazish, shuningdek, rasmiy statistika ma’lumotlari e’lon qilingunga qadar ularni oshkor qilinmasligi uchun har qanday taqiqlarni kiritishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, mazkur jarayonda quyidagilar amalga oshiriladi:
tasdiqlangan ro‘yxatlarga asosan foydalanuvchilarga rasmiy statistika ma’lumotlarini yetkazib berish (qog‘oz va elektron shaklda);
ochiq statistika ma’lumotlarini rasmiy statistikani tayyorlovchilarning veb-saytlarida e’lon qilish;
statistika ma’lumotlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
rasmiy statistikani tayyorlovchilarning veb-saytlarida mavjud ochiq ma’lumotlar bazasidan “on-line” rejimida foydalanish uchun foydalanuvchilarga imkoniyat yaratish;
foydalanuvchilarning so‘rovlari asosida ikki tomonlama imzolangan kelishuv va shartnomalarga muvofiq rasmiy statistika ma’lumotlarini taqdim etish;
maxfiy statistika ma’lumotlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish uchun imkoniyatlar yaratish;
xalqaro darajada statistika ma’lumotlarini ayirboshlash.
8.3.
Kelgusi harakatlar
rejasini belgilash
Kelgusi harakatlar rejasini belgilash jarayonida, ishlab chiqish siklini baholash yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan hisobot asosida, tizimdagi mavjud bo‘shliqlarni tahlil qilish orqali, kelgusida amalga oshiriladigan harakatlar rejasini tuzish, kelishish va tasdiqlash uchun barcha zarur yo‘l-yo‘riqlarni (ko‘rsatmalarni) umumlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur jarayon statistika faoliyatini yanada takomillashtirish,
shu jumladan statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish bosqich va jarayonlarini maqbullashtirish bo‘yicha kelgusidagi harakatlarni belgilaydi.
Ushbu jarayonda:
o‘tkazilgan baholashlar va monitoringlar natijalari to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar tahlil qilinadi;
foydalanuvchilar va respondentlarning fikrlari hamda takliflarini hisobga olgan holda statistika faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlanadi;
tahlillar va takliflar asosida kelgusi harakatlar rejasi ishlab chiqiladi, manfaatdor tomonlar bilan kelishiladi va tasdiqlanadi.
Shuningdek, ushbu jarayonda tasdiqlangan kelgusi harakatlar rejasining statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish bosqichi va jarayonlariga ta’sirini monitoring qilish imkoniyatlarini yaratish ko‘zda tutilishi mumkin.
O‘z navbatida, ushbu monitoring natijalari, mazkur bosqich kelgusida takroriy qaytarilganda uni baholash uchun zarur ma’lumotlar manbasi bo‘lishi mumkin.
1.4.
Talab etiladigan
statistika ma’lumotlari
ro‘yxatini aniqlash
Mazkur jarayonda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishga mos keluvchi talab etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati ya’ni ular nuqtai nazariga ko‘ra taqdim etilishi lozim bo‘lgan statistika ma’lumotlari ro‘yxatini aniqlash amalga oshiriladi.
Bunda, foydalanuvchilarning aniqlangan ehtiyojlari, ular bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar hamda kelishuvlarni hisobga olgan holda, talab etilgan statistik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan kelgusi yil uchun statistika dasturi va uning asosiy axborot manbai hisoblangan statistika kuzatuvlari shakllari loyihalari shakllantiriladi.
2.4.
Bosh jamlanma
va tanlanmani
rejalashtirish
Bosh jamlanma va tanlanmani rejalashtirish, faqat alohida shakllantirilgan tanlanma asosida o‘tkaziladigan, jumladan, statistik kuzatuvlar yo‘li orqali ma’lumotlarni yig‘ish bilan bog‘liq jarayonlarga qo‘llaniladi. Ushbu jarayon aniq bir soha yoki yo‘nalish bo‘yicha statistika kuzatuvlarini o‘tkazish uchun maqbul bo‘lgan tanlanmani shakllantirish rejasini hamda zarur hollarda tanlanmani shakllantirish uchun asos bo‘ladigan registrni tuzishda foydalaniladi, tanlanmaning eng ko‘p mos keladigan mezonlari va usullarini (yalpi yoki tanlanma kuzatuv) belgilab beradi.
Tanlanmani shakllantirish manbalari – ma’muriy va statistik registrlar, ro‘yxatga olish ma’lumotlari va boshqa tanlanma kuzatuvlar davomida olingan axborotlardir. Zarur hollarda, rasmiy statistikani tayyorlovchi ushbu manbalarni o‘zaro birlashtiradi.
3.4.
Ishlab chiqish
jarayonlarini tartibga
solish
Ishlab chiqish jarayonlarini tartibga solish (joylashtirish) jarayonida birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlab, rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatishgacha bo‘lgan ishlab chiqish sikli doirasida qo‘llaniladigan ishlab chiqish tizimlari va texnologiyalari tartibga solinadi. Ushbu jarayonda, xususan, statistik kuzatuvlarni o‘tkazish, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, tarqatish bo‘yicha mavjud jarayon, tizim va texnologiyalar yoki ulardan birortasini o‘zgartirish, turli bosqichlardagi bir necha jarayonlarni birlashtirish, tizimlarni sozlash ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur jarayon 2.6. “Ishlab chiqish tizimlari va jarayonlarini rejalashtirish” jarayonida yaratilgan amaliy ishlab chiqish jarayonlarini belgilangan maqsadlar uchun tizimli faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
4.4.
Birlamchi
ma’lumotlarni
yig‘ishni yakunlash
Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni yakunlash jarayoni, muayyan statistika kuzatuvi shakli bo‘yicha tegishli hisobot davri uchun elektron
va (yoki) qog‘oz shaklida birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish ishlarini tugallash, ma’lumotlar qamrovining to‘liqligini nazorat qilish hamda yig‘ilgan birlamchi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tegishli elektron dasturiy ta’minotlarga kiritish (yuklash)ni ko‘zda tutadi.
Ma’lumotlarni elektron dasturiy ta’minotlarga kiritish (yuklash) qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Tegishli hisobot davri uchun aniq bir statistika kuzatuvi shakli bo‘yicha ma’lumotlar qamrovining to‘liqligini aks ettiruvchi ma’lumotlar hamda birlamchi ma’lumotlar bazasi, ma’muriy ma’lumotlarning elektron bazalari va (yoki) jamlanma jadvallarining shakllantirilganligi ushbu jarayonning yakunlanganligini bildiradi.
Statistika kuzatuvi shakllarini to‘liq taqdim etilganligini nazorat qilishda, barcha rejalashtirilgan statistik birliklardan ma’lumotlarning olinganligi yoki olinmaganligi aniqlashtiriladi. Ushbu nazoratni amalga oshirishda 4.3. “Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshirish” jarayoniga yana qaytilishi mumkin.
5.4.
Ma’lumotlarni
tahrirlash va
imputasiyalash
Agar ma’lumotlar noaniq, mavjud emas, ishonchsiz yoki eskirgan deb e’tirof etilgan bo‘lsa, ushbu jarayon doirasida, turli usullarni qo‘llagan holda yangi qiymatlar (ko‘rsatkichlar)ni qo‘shish yoki eskirganlarini chiqarib tashlash amalga oshirilishi mumkin.
Birlamchi ma’lumotlar va (yoki) ma’muriy ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish zarurati tug‘ilganda, respondentlarga va ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga murojaat etiladi va ulardan tuzatilgan ma’lumotlar qaytadan yig‘ib olinadi.
Mazkur jarayonda amalga oshiriladigan aniq harakatlar quyidagilar hisoblanadi:
yangi ma’lumotlar qo‘shish yoki ularni o‘zgartirish zarurligini aniqlash;
qo‘llaniladigan tahrirlash usulini tanlash;
yangi qiymatlar (ko‘rsatkichlar)ni qo‘shish yoki ularni o‘zgartirish;
ma’lumotlar to‘plamiga yangi qiymatlar (ko‘rsatkichlar)ni kiritish
va ularni o‘zgartirilgan ma’lumotlar sifatida belgilash;
tahrirlash va imputasiyalash natijalariga ko‘ra mavjud metama’lumotlarni yangilash yoki yangilarini ishlab chiqish.
6.4.
Birlamchi
ma’lumotlarni
identifikasiyalashning oldini olish
Birlamchi ma’lumotlarni identifikasiyalashning oldini olish jarayoni, belgilangan asosiy prinsiplar va ishlarni tashkil etish qoidalari yoki
2.5. “Qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini rejalashtirish” jarayonida yaratilgan metodologiyalarga muvofiq, statistika ma’lumotlarini hamda metama’lumotlarni tarqatishda maxfiylik qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi.
Ushbu jarayon, chiquvchi ma’lumotlar (jadvallar, fayllar va boshqa statistik materiallar)ning maxfiylik talablariga muvofiqligini, tayyorlangan ma’lumotlar jismoniy yoki yuridik shaxslarni bevosita yoki bilvosita identifikasiyalash imkonini bermayotganligini hamda ularga taalluqli individual ma’lumotlarni oshkor qilmayotganligini tekshirish, bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ularni chiqarib tashlash va ma’lumotlar oshkor etilishiga qarshi har qanday to‘siqlarni yaratish ishlarini o‘z ichiga oladi.
Identifikasiyalashning oldini olish darajasi va usuli statistik ko‘rsatkichlarning turi yoki toifasidan kelib chiqqan holda o‘zgaradi.
7.4.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
tarqatish bo‘yicha
targ‘ibot olib borish
Rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish bo‘yicha targ‘ibot (reklama) olib borish, ularni keng jamoatchilik o‘rtasida maksimal darajada ko‘proq tarqatish, foydalanuvchilar guruhini kengaytirish, foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasini va ularga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ushbu jarayon, salohiyatli foydalanuvchilar bilan yanada maqsadli ishlar olib borish uchun ular bilan aloqalarni o‘rnatishning turli vositalarini qo‘llash, shuningdek, foydalanuvchilarni statistik ma’lumotlar to‘g‘risida xabardor qilish jarayonlarini yengillashtirish uchun veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, elektron jo‘natmalar va boshqalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Xususan, foydalanuvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun, ularni yangi statistik nashrlar va materiallarning mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilib borish, statistik nashrlar va materiallarni olishlari uchun foydalanuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish choralari ko‘rilishi lozim.
Shuningdek, Internet tarmog‘idagi veb-saytlarda yangiliklar, reklamalar va alohida ruknlar berish, statistik nashrlar katalogini yaratish, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish, jumladan, ommaviy axborot vositalari,
manfaatdor idoralar bilan uchrashuvlar tashkil etish, taqdimotlar, ko‘rgazmalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish rasmiy statistika ma’lumotlarini targ‘ib qilishda majburiy qo‘llaniladigan vositalar hisoblanadi.
1.5.
Taklif etilayotgan
ma’lumotlarning
mavjudligini tekshirish
Foydalanilayotgan birlamchi manbalarning ehtiyojlarga muvofiqligini belgilash, ma’lumotlardan foydalanishning har qanday cheklovlarini hisobga olgan holda ularni olish shartlari va usullarini hamda ko‘rsatkichlarning takrorlanish holatlarini aniqlash maqsadida, foydalanuvchilar tomonidan taklif etilayotgan ma’lumotlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilarda mavjudligini tekshirish amalga oshiriladi.
Ushbu jarayonda, shuningdek birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanishni belgilovchi huquqiy asoslar baholanadi. Baholash natijalariga ko‘ra, zarur hollarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish, yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, statistika kuzatuvlari shakllariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.
2.5.
Qayta ishlash va tahlil
qilish jarayonlarini
rejalashtirish
Yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini rejalashtirishda, “Ma’lumotlarni qayta ishlash” va “Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichlarida foydalanish uchun zarur bo‘ladigan statistik ma’lumotlarni qayta ishlash metodologiyasi ishlab chiqiladi. Bunda, birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish usullari va manbalaridan kelib chiqqan holda, olingan ma’lumotlarni kodlashtirish, tahrir qilish, imputasiyalash, hisoblash usullari va qoidalari aniqlashtiriladi.
Mazkur jarayon, shuningdek, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni birlashtirish, ma’lumotlarni tekshirish, tasdiqlash, baholash va jamlanma tarzda yakuniy rasmiylashtirish usullarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
3.5.
Ishlab chiqish
tizimlarini sinovdan
o‘tkazish
Ishlab chiqish tizimlarini sinovdan o‘tkazish jarayoni, “Ishlab chiqish jarayonlarini shakllantirish” bosqichining 3.1., 3.2. va 3.3. jarayonlarida shakllantirilgan va (yoki) takomillashtirilgan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatish bilan bog‘liq vositalar, axborot tizimlari hamda maxsus dasturiy vositalarning yaroqliligini sinovdan o‘tkazishni, ularning o‘zaro bog‘liq holda to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirib ko‘rishni ko‘zda tutadi.
Sinovdan o‘tkazishda tizimlar va dasturiy vositalardagi xatoliklar va to‘xtab qolishlar sababi aniqlanadi, ularda yuzaga kelgan muammolar o‘rganiladi, tahlil qilinadi va hal etiladi, axborot tizimlari yoki maxsus dasturiy vositalarni yaxshilash va tizimning bir butun holda ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi, uni kompleks tarzda sozlash amalga oshiriladi. Ushbu jarayon ishlab chiqishni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan barcha qaror va yechimlarni o‘zaro uyg‘un holda ishlashini ta’minlaydi.
5.5.
Yangi
ko‘rsatkichlarni va
statistik birliklarni
shakllantirish
Yangi ko‘rsatkichlarni va statistik birliklarni shakllantirish jarayoni doirasida, birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish bosqichida aniq ajratib ko‘rsatilmagan, ammo talab qilingan (kerak bo‘lgan) ma’lumotlarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar va statistik birliklar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Mazkur jarayonda ma’lumotlar to‘plamida mavjud bo‘lgan bir yoki bir necha ko‘rsatkichlarga arifmetik formulalarni qo‘llagan holda yoki turli usuldagi gipotezalardan (farazlardan) foydalangan holda yangi ko‘rsatkichlar shakllantiriladi.
Shuningdek, ushbu jarayonda, statistik birliklarga oid ma’lumotlarni umumlashtirish yoki bo‘lish yo‘li orqali yoxud turli boshqa baholash usullaridan foydalangan holda yangi statistik birliklar shakllantirilishi mumkin. Xususan, kuzatuv birligi jismoniy shaxslar bo‘lgan hollarda ularga tegishli ma’lumotlarni umumlashtirib alohida uy xo‘jaliklari, kuzatuv birligi yuridik shaxslar bo‘lgan hollarda esa alohida korxonalar bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirilishi mumkin bo‘ladi.
6.5.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
shakllantirishni
yakunlash
Shakllantirilgan statistika ma’lumotlarining ko‘zlangan maqsadlarga, sifat darajasi talablariga muvofiqligini hamda ularning foydalanish uchun tayyorligini tekshirish mazkur jarayon doirasida amalga oshiriladi.
Rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirishni yakunlash jarayoni:
ma’lumotlarning ko‘zlangan maqsadlarga muvofiqligini tekshirish;
ma’lumotlarning qaysi daraja (kesim)da e’lon qilinishi va ularga qo‘shimcha tushuntirishlarning qo‘llanilishini belgilash;
yordamchi axborotlar, jumladan izohlar, sharhlar, texnik eslatmalar, axborot ma’lumotnomalar va boshqa zarur metama’lumotlarni jamlash;
yordamchi ichki hujjatlarni tayyorlash;
tegishli tarmoq mutaxassislari bilan oldingi e’lon qilingan ma’lumotlar muhokamasini o‘tkazish;
boshqa tillarda tarqatiladigan statistik materiallarni tarjima qilish;
e’lon qilish (tarqatish) uchun statistik material (to‘plam, jadval, press-reliz va b.)larning yakuniy mazmuni (kontenti)ni ma’qullash ishlarini o‘z ichiga oladi.
7.5.
Foydalanuvchilarni
qo‘llab-quvvatlash
Foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash jarayoni doirasida, jismoniy
va yuridik shaxslarning statistika ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha so‘rovlari va buyurtmalarini ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda ularga belgilangan muddatlarda javoblar taqdim etilishi ta’minlanadi.
Bu kabi so‘rovlar va buyurtmalar sifatni boshqarish jarayonlarini axborot bilan ta’minlash maqsadida muntazam tahlil etib borilishi lozim, modomiki ular foydalanuvchilarning yangi va o‘zgaruvchan ehtiyojlarini ko‘rsatib beradi.
Shuningdek, berilgan javoblarni veb-saytlardagi “Savol-javoblar” rukniga joylashtirish mumkin, chunki barcha foydalanuvchilar uchun ushbu rukndan foydalanish imkoniyatini mavjudligi boshqa foydalanuvchilarning aynan shu kabi va takroriy savollariga javob berish zaruriyatini kamaytiradi.
Mazkur jarayonda:
foydalanuvchilarning so‘rovlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish;
foydalanuvchilarning so‘rovlarini ko‘rib chiqish va ma’lumotlarni taqdim etish (yoki taqdim etmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qilish;
foydalanuvchilarning so‘rovlariga javobni tayyorlash va taqdim etish ishlari amalga oshiriladi.
Ushbu jarayon, shuningdek, rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish ishlarida ishtirok etuvchi har qanday hamkor tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini o‘z ichiga oladi.
1.6.
Statistika
ma’lumotlarini
shakllantirish modelini
ishlab chiqish
Statistika ma’lumotlarini shakllantirish modelini ishlab chiqish jarayoni, yangi yoki o‘zgartirilgan shaklda statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish jarayonini ma’qullash uchun “Statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish” bosqichidagi barcha jarayonlar natijalarini model ko‘rinishida hujjatlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Ushbu jarayonda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
rasmiy statistika ma’lumotlarining asosiy axborot manbai hisoblangan statistika kuzatuvi shakllari va boshqa ma’muriy manbalarni belgilash, kelishish va tasdiqlash;
statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish jarayonlarini amalga oshirilishini belgilab beruvchi bir yillik statistika dasturi loyihasini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlashni tashkil etish va uni ijroga qaratish.
2.6.
Ishlab chiqish
tizimlari va
jarayonlarini
rejalashtirish
Ushbu jarayon, rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning to‘liq sikli doirasida talab etiladigan barcha jarayonlarni, xususan, birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlab to rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatishgacha bo‘lgan ishlab chiqish jarayonini rejalashtirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi, ishlab chiqish sikli ichidagi barcha jarayonlarning hech qanday kamchiliklarsiz yoki keragidan ortiq harakatlarsiz samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Rejalashtirishda, mavjud tizim va texnologiyalarni muayyan ishlab chiqish jarayonida muntazam qo‘llash, ularda kamchiliklar aniqlanganda yangi yechimlarni qabul qilish imkoniyatining mavjud bo‘lishi ustuvor prinsip bo‘lishi zarur. Shuningdek, ushbu jarayonda xodimlarning ishlab chiqish tizimlari bilan ishlashi tahlil qilinib, ishlab chiqishni tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalarni bajarish uchun aniq mas’ul ijrochilar belgilab qo‘yiladi.
3.6.
Statistik jarayonlarni
sinovdan o‘tkazish
Statistik jarayonlarni sinovdan o‘tkazish ishlab chiqish jarayonlarini amaliy sinovlardan o‘tkazish, pilot tarzida foydalanib ko‘rish bo‘yicha ishlarni o‘z ichiga oladi. Odatda, statistik jarayonlarning kutilayotgan maqsadlarga muvofiq ishlashini ta’minlash maqsadida, ushbu jarayonda ma’lumotlarni yig‘ish mexanizmlarini tekshirib ko‘rish uchun kichik hajmda ma’lumotlarni yig‘ish hamda ushbu yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish ishlari amalga oshiriladi.
Amaliy sinovlar o‘tkazilib va (yoki) pilot tarzida foydalanilgandan so‘ng, ushbu jarayonlarni tuzatish, sozlash va takomillashtirish uchun yana orqaga qaytish zarurati tug‘ilishi mumkin. Ushbu jarayon ishlab chiqish jarayonida foydalaniladigan mexanizmlar, tizimlar va komponentlarga tuzatishlarni kiritish imkonini beradi.
5.6.
Ma’lumotlarning
indeks salmog‘ini
hisob-kitob qilish
Ma’lumotlarning indeks salmog‘ini hisob-kitob qilish jarayonida,
2.5. “Qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini rejalashtirish” jarayonida ishlab chiqilgan statistika uslubiyatiga muvofiq, individual ma’lumotlar massivlari uchun ulush (salmoq) koeffisiyentlari hisoblab chiqiladi. Ya’ni, kuzatilayotgan hodisaning umumiy yig‘indisida uning har bir alohida elementining ahamiyatini ko‘rsatib beradigan qiymat ko‘rsatkichlari shakllantiriladi.
Individual ma’lumotlarning maqsadli jamlanmadagi reprezentativligini ta’minlash (masalan, tanlanma kuzatuvlar o‘tkazilgan hollarda) yoki zarur ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaslik holatlarida, yakuniy ko‘rsatkichlarga tuzatish kiritish maqsadida, jamlanma ko‘rsatkichga nisbatan hisoblanadigan individual ma’lumotlarni qayta hisoblash uchun ulush (salmoq) koeffisentlari qo‘llaniladi.
Boshqa hollarda, o‘zaro nomuvofiq ko‘rsatkichlarni tartibga solish maqsadida, ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan yig‘indini o‘lchash usuli talab etilishi mumkin.
3.7.
Ishlab chiqish
tizimlarini ishga
tushirish
Mazkur jarayonda, tartibga solingan va tizimlashtirilgan ishlab chiqish mexanizmlari, tizimlari hamda texnologiyalarini, jumladan takomillashtirilgan va yangidan yaratilgan xizmatlarni ishga tushirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlar:
ishlab chiqish tizimlari komponentlariga oid texnik va foydalanish hujjatlarini tayyorlash, tizimdan foydalanuvchilar uchun qo‘llanmalarni yaratish;
ishlab chiqish jarayonining faoliyat yuritishi masalalari bo‘yicha foydalanuvchilarni o‘qitish;
ishlab chiqish mexanizmlari, axborot tizimlari, dasturiy vositalarni ishga tushirish bo‘yicha harakatlarni o‘z ichiga oladi.
5.7.
Jamlanma
ma’lumotlarni
hisob-kitob qilish
Jamlanma ma’lumotlarni hisob-kitob qilish jarayoni doirasida, mikroma’lumotlar yoki boshqa individual ma’lumotlar asosida umumlashtirilgan ma’lumotlar va maqsadli jamlanma bo‘yicha yakuniy jamlanma ma’lumotlar hisoblab chiqiladi.
Ushbu jarayon umumiy belgilangan xususiyatlarga (masalan, demografik yoki geografik tasniflar bo‘yicha) ega bo‘lgan hisobga olish hujjatlari (birlamchi ma’lumotlar, ma’muriy ma’lumotlar)dagi ma’lumotlarni jamlash, ya’ni umumlashtirish, shuningdek, o‘rtacha ko‘rsatkichlar va dispersiya ko‘rsatkichlarini aniqlash, yig‘indini o‘lchashni ko‘zda tutadi.
Mazkur jarayonga ma’lumotlarni ekstrapolyasiya qilish bo‘yicha ham ishlar kiritilishi mumkin. Bosh jamlanma bo‘yicha ko‘rsatkichlarning aniqligini baholashning turli usullari (tanlanma kuzatuv ma’lumotlarini bosh jamlanmaga tarqatish yoki yalpi kuzatuvlarni aniqlash uchun tuzatish koeffisiyentlarini qo‘llash) qo‘llaniladi.
5.8.
Ma’lumotlarni
shakllantirishni
yakunlash
Ma’lumotlarni shakllantirishni yakunlash jarayoni doirasida, “Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichining boshqa jarayonlari natijalari bitta ma’lumotlar to‘plamiga jamlanadi va ulardan boshlang‘ich manba sifatida “Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichida foydalaniladi.
Ba’zida ushbu jarayon yakuniydan ko‘ra ko‘proq oraliq jarayon bo‘lishi mumkin, ayniqsa ma’lumotlarni ishlab chiqish uchun sezilarli darajada vaqt yetmaydigan jarayonlar, shuningdek, dastlabki va yakuniy baholashlar natijalarini ishlab chiqish masalasi oldindan kelishib olingan ishlab chiqish jarayonlarida bu namoyon bo‘ladi.
“Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichida shakllantirilgan hamda tekshirishdan o‘tgan umumlashtirilgan ma’lumotlar mazkur jarayonning yakuniy natijasi hisoblanadi.
Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning
MILLIY MODELI
Sifatni boshqarish
I.
Statistika
ma’lumotlariga
bo‘lgan ehtiyojlarni
o‘rganish
Statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish bosqichi statistika ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini, statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning mavjud, yangi va (yoki) qo‘shimcha statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniq belgilash bilan bog‘liq barcha ishlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu bosqichning maqsadi – foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini, milliy va xorijiy tavsiyalar hamda me’yoriyhuquqiy hujjatlar talablarini ko‘rib chiqish, dolzarb bo‘lmagan statistika kuzatuvlarini bekor qilish, yangi kuzatuvlarni tashkil etish va (yoki) amaldagi kuzatuvlarni takomillashtirish, ularni shakllantirish bo‘yicha uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda rasmiy statistika ma’lumotlarini yangi shaklda e’lon qilish va tarqatish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.Ushbu bosqich oltita jarayondan iborat.
II.
Ishlab chiqish
jarayonlarini
rejalashtirish
Ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish bosqichi rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish (birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish va tarqatish) bilan bog‘liq jarayonlarni rejalashtirishni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, statistika kuzatuvlari shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha tushuntirishlar, statistika kuzatuvlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy hujjatlar, statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash va shakllantirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, tasniflagichlar va ma’lumotnomalarni ishlab chiqish va yangilab borish bilan bog‘liq jarayonlarni rejalashtirish amalga oshiriladi.
Mazkur bosqichda kelgusida statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishda qo‘llash uchun tayyor barcha metama’lumotlar hamda sifatni ta’minlash tartibtaomillari aniqlashtiriladi. Bosqichning maqsadi – rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan rejaviy va tashkiliy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Ushbu bosqich oltita jarayondan iborat.
III.
Ishlab chiqish
jarayonlarini
shakllantirish
Ishlab chiqish jarayonlarini shakllantirish bosqichi, ishlab chiqishni tashkil etish bo‘yicha mavjud va qabul qilingan qarorlar hamda yechimlarni ishlab chiqish sharoitida foydalanishga tayyorligini ta’minlash maqsadida, ularni shakllantirish va sinovdan o‘tkazish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
“Ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish” II bosqichning natijalari ishlab chiqishda ko‘p marta foydalaniladigan mexanizmlar, jarayonlar, tizimlar, axborotlar va xizmatlarni tanlab olish imkoniyatini beradi hamda ularning barchasi “Ishlab chiqish jarayonlarini shakllantirish” bosqichini amalga oshirish uchun to‘liq ishchi muhitini yaratish maqsadida, mazkur bosqichda birlashtiriladi va jamlanadi.
Ushbu bosqichda, amalda qo‘llanilayotgan tizimlar va jarayonlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bo‘shliqlarni to‘ldirish hamda kelgusida ko‘p marta foydalanish uchun yangi tizimlar, jarayonlar va xizmatlar yaratiladi.
Bosqichning maqsadi – rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish tizimining birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishga, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishga, rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatishga tayyorligini ta’minlash. Mazkur bosqich yettita jarayondan iborat
IV.
Birlamchi
ma’lumotlarni
yig‘ish
Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish bosqichida turli usullardan (so‘rab olish, yig‘ish, tegishli manbalardan ajratib olish va b.) foydalangan holda barcha zarur axborotlar (ma’lumotlar, metama’lumotlar va b.)ni yig‘ish, shuningdek, ularni qayta ishlash bo‘yicha tegishli dasturiy vositalarga kiritish amalga oshiriladi.
Ushbu bosqich respondentlardan birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni tashkil etish va o‘tkazish, ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilardan ma’muriy ma’lumotlarni olish, shuningdek, birlamchi ma’lumotlar to‘plami va mikroma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni bajarishdagi harakatlar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlarni yig‘ishni o‘tkazish uchun axborot tizimlari, maxsus dasturiy vositalar, boshqa zarur dasturiy mahsulotlar va tizimlarning tayyorligi mazkur bosqichni to‘liq amalga oshirishning majburiy sharti hisoblanadi. Bosqichning maqsadi – bir yillik statistika ishlari dasturiga muvofiq birlamchi ma’lumotlarni, ma’muriy ma’lumotlarni yig‘ishni ta’minlash. Mazkur bosqich to‘rtta jarayondan iborat.
V.
Ma’lumotlarni
qayta ishlash
Ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichida birlamchi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tahlil uchun tayyorlash amalga oshiriladi. Ushbu bosqich, ma’lumotlarni tahlil qilish va ularni rasmiy statistika ma’lumoti sifatida tarqatish maqsadida, kiruvchi birlamchi ma’lumotlarni birlashtirish, tasniflash, tekshirish, xatoliklardan tozalash va ular asosida zarur jamlanma va boshqa ma’lumotlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Muntazam ravishda ishlab chiqiladigan statistik materiallar bo‘yicha ushbu bosqich har gal qaytadan qo‘llaniladi. “Ma’lumotlarni qayta ishlash” va “Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichlari bir necha bor qayta takrorlanuvchi yoki parallel ravishda amalga oshiriluvchi bo‘lishi mumkin. Xususan, tahlil bosqichi ma’lumotlarni yanada tushunilishini ta’minlab, natijada ularni qo‘shimcha qayta ishlashga ehtiyoj yuzaga kelishi mumkin.
Bosqichning maqsadi – kelgusida tahlil qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha jamlanma ma’lumotlarni shakllantirish. Ushbu bosqich sakkizta jarayondan iborat.
VI.
Ma’lumotlarni
tahlil qilish
Ma’lumotlarni tahlil qilish bosqichida statistik materiallarni ishlab chiqish, ularni batafsil tekshirish va rasmiy statistika ma’lumoti sifatida tarqatish uchun tayyorlash amalga oshiriladi.
Ushbu bosqichni qo‘llash sohasi – “Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichida shakllantirilgan statistika ma’lumotlarini tahlil qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlaridagi tendensiyalarni aniqlash, shuningdek, foydalanuvchilarga taqdim etish va tarqatish uchun oldindan ko‘zlangan maqsadlarga javob beruvchi axborottahliliy materiallarni tayyorlash hisoblanadi.15 Xususan, mazkur bosqich statistik tahlilchilarga ma’lumotlar va ishlab chiqilgan statistik mahsulotlar haqida tushunchalar, izohlar va tasavvurlarni yaratish bilan bog‘liq ishlarni ham o‘z ichiga oladi.
“Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichi va uning jarayonlari, ma’lumotlarning qaysi manbalardan olinganligidan qat’iy nazar, barcha statistik materiallarga umumiy tarzda tegishli hisoblanadi.Bosqichning maqsadi – rasmiy statistika ma’lumotlarini taqdim etish va tarqatishga tayyorlash uchun statistik tahlil usullari va qoidalarini amalda qo‘llash. Ushbu bosqich beshta jarayondan iborat.
VII.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
tarqatish
Rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish bosqichida foydalanuvchilarga rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish ishlari amalga oshiriladi. Keng doiradagi foydalanuvchilar uchun statistika ma’lumotlaridan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali foydalanuvchilarning ehtiyojlarini to‘liq qondirish ushbu bosqichning asosiy prinsipi hisoblanadi.
Mazkur bosqich, foydalanuvchilarga tarqatiladigan rasmiy statistika ma’lumotlarini jamlash (komplektlash), rasmiylashtirish, ma’lumotlar bazasiga va axborot tizimlariga yuklash, bosma shakllarda chop etish, targ‘ibot qilish, turli vositalar (rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari) orqali e’lon qilish hamda tarqatish bilan bog‘liq ishlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu bosqichda, barcha foydalanuvchilarning rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan e’lon qilinadigan statistika ma’lumotlaridan teng foydalanishlari ta’minlanadi.Bosqichning maqsadi – barcha toifadagi foydalanuvchilarni sifatli rasmiy statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash. Ushbu bosqich beshta jarayondan iborat.
VIII.
Ishlab chiqish siklini
baholash
Ishlab chiqish siklini baholash bosqichida rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish jarayonining aniq komponentlarini baholash amalga oshiriladi. Ushbu bosqich Milliy model tuzilmasidagi alohida olingan bir jarayon yakunida amalga oshirilishi, shu bilan birga barcha jarayonlarni amalga oshirish davomida ham doimiy asosda o‘tkazilishi mumkin. Mazkur bosqich ishlab chiqish siklining turli bosqich va jarayonlarida yig‘ilgan ma’lumotlar hamda monitoring natijalariga suyangan holda tashkil etiladi.
Shuningdek, ushbu bosqich, istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan takomillashtirishlarni aniqlash va belgilash maqsadida, turli miqdoriy va sifatiy xususiyatlarga e’tibor qaratgan holda, statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish jarayonining har bir aniq hodisasini muvaffaqiyatli bo‘lganini baholashni ko‘zda tutadi.
Baholash bosqichi, muntazam davriylikda (haftalik, oylik, choraklik va b.) ishlab chiqiladigan statistik materiallar bo‘yicha har galgi ishlab chiqish davrida o‘tkazilishi lozim.Shu bilan birga, alohida hollarda, ayniqsa doimiy va yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqish jarayonlarida, baholash bosqichi har galgi ishlab chiqish davrida rasman o‘tkazilmasligi ham mumkin. Bunday hollarda, mazkur bosqichni keyingi takrorlanuvchi ishlab chiqish sikli “Statistik ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish” bosqichidan yoki boshqa keyingi bosqichlardan boshlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilinuvchi bosqich sifatida ko‘rish mumkin.
Bosqichning maqsadi – rasmiy statistika ma’lumotlarining sifati, foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasi va ularga bo‘lgan ishonchi, respondentlarga yuklamalar, rasmiy statistikani tayyorlovchilar xodimlarining ishlab chiqish bosqichlari va jarayonlaridan qoniqish holati to‘g‘risida xolis va ishonchli axborot olish. Ushbu bosqich uchta jarayondan iborat.
1.1.
Foydalanuvchilarning
statistika
ma’lumotlariga bo‘lgan
ehtiyojlarini aniqlash
Mazkur jarayon barcha toifadagi rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning (shu jumladan, xorijiy foydalanuvchilarning) statistika ma’lumotlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganish hamda ushbu ma’lumotlarning qachon, qanday shaklda va qaysi maqsadlarda kerakligini aniqlashni ko‘zda tutadi.
Ehtiyojlar, shuningdek, aynan shu kabi statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy davlatlarning statistika idoralari, milliy va xalqaro tashkilotlarning amaliyoti hamda ular tomonidan qo‘llanilayotgan usullar va uslublarni o‘rganish asosida ham aniqlanadi.
2.1.
Chiquvchi statistika
ma’lumotlarini
rejalashtirish
Ushbu jarayonda, rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan kelgusida e’lon qilinishi ko‘zda tutilayotgan statistika ma’lumotlarini (statistik nashrlarni qo‘shgan holda) hamda ularni tarqatish bosqichida foydalaniladigan tizim va vositalarni ishlab chiqish va (yoki) tayyorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarni rejalashtirish amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlarga e’lon qilinadigan jadvallar, grafikalar, diagrammalar va statistik nashrlarning namuna shakllari, veb-saytlarga joylashtiriladigan statistik materiallarning maketlari va namuna shakllari, statistik materiallarni nashr etish va e’lon qilish bo‘yicha axborot tizimlari hamda maxsus dasturiy vositalar, o‘quv seminarlari, veb-sayt sahifalarini rasmiylashtirish hamda statistik nashrlarni to‘ldirish uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish va (yoki) takomillashtirish ishlarini rejalashtirish kiradi.
E’lon qilinadigan statistik nashrlar va boshqa ma’lumotlarni rejalashtirish jarayonida qo‘llaniladigan manbalar ilgari statistik ma’lumotlarni yig‘ish natijasida olingan metama’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
3.1.
Birlamchi
ma’lumotlarni yig‘ish
mexanizmini
shakllantirish
Ushbu jarayonda “Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish” bosqichida qo‘llaniladigan ma’lumotlarni yig‘ish mexanizmlarini shakllantirish yoki mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni yig‘ish mexanizmlari “Ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish” bosqichida ishlab chiqilgan rejalarga muvofiq shakllantiriladi yoki takomillashtiriladi.
Ma’lumotlarni yig‘ish bir yoki bir necha usullar (shaxsan yoki telefon orqali so‘rovlar, qog‘oz shakldagi, elektron yoki onlayn kuzatuv shakllari yoki savolnomalar)dan foydalangan holda tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, ushbu jarayon, tegishli instrumentariylar (kuzatuv shakllari va savolnomalar) mazmuni va tarkibini tayyorlash, ularni amalda qanday ishlashini sinovdan o‘tkazish, masalan statistika hisoboti yoki kuzatuvi shaklidagi savollarni tekshirib ko‘rishni o‘z ichiga oladi.
4.1.
Bosh jamlanma
va tanlanmani
shakllantirish
Ushbu jarayonda “Bosh jamlanma va tanlanmani rejalashtirish” jarayonida ko‘zda tutilganidek, ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun bosh jamlanma va tanlanma shakllantiriladi.
Mazkur jarayon bitta yo‘nalishdagi statistika kuzatuvi jarayonining tanlanmasini (aynan bir xil o‘xshashliklarni aniqlash yoki birliklar o‘rnini almashtirish uchun) yoki umumiy asoslar va yagona registr ma’lumotlaridan foydalanuvchi turli yo‘nalishlardagi statistika kuzatuvlari jarayonlari o‘rtasidagi tanlanmalarni (aynan bir xil o‘xshashliklarni aniqlash yoki respondentlarga yuklamani maqbullashtirish uchun) muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi. Mazkur jarayon doirasida sifatni ta’minlash bo‘yicha ishlar hamda bosh jamlanma va tanlanmani tasdiqlash amalga oshiriladi. Tanlanma rejasini tuzishda ma’muriy va boshqa manbalar ko‘rsatkichlaridan yordamchi ko‘rsatkich sifatida foydalanilishi mumkin.
5.1.
Ma’lumotlarni
integratsiyalash
Ma’lumotlarni integrasiyalash jarayonida “Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish” bosqichidagi jarayonlar natijalarini umumlashtirish ya’ni yig‘ilgan ma’lumotlarni birlashtirish amalga oshiriladi. Birlashtirilayotgan ma’lumotlar turli tashqi va ichki manbalardan kelib tushishi mumkin va ma’lumotlarni yig‘ishning turli usullarining natijasi hisoblanadi. Ma’lumotlar manbalari sifatida birlamchi va (yoki) ma’muriy ma’lumotlarning elektron bazasi va jamlanma jadvallaridan foydalaniladi. Integratsiyalashning natijasi o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar to‘plamini ifodalaydi.
Ma’lumotlarni integrasiyalash nafaqat “Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichi, balki barcha statistik ishlab chiqish bosqichlari hamda jarayonlarida amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni integrasiyalash o‘tkazilgandan so‘ng, ularni himoyalash talablaridan kelib chiqqan holda, maxfiylikni ta’minlash maqsadida, ma’lumotlarning egasi mavhumlashtirilishi (nomi, manzili kabi identifikatorlari chiqarib tashlanishi) mumkin.
6.1.
Dastlabki statistik
materiallarni
tayyorlash
Dastlabki statistik materiallarni tayyorlash jarayonida 5.7. “Jamlanma ma’lumotlarni hisob-kitob qilish” va 5.8. “Ma’lumotlarni shakllantirishni yakunlash” jarayonlari natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar dastlabki statistik materiallar shakliga keltiriladi. Ushbu jarayon indekslar, trendlar yoki mavsumiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda tuzatish kiritilgan dinamik qatorlar kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni yaratish hamda variasiya koeffisiyentlari kabi sifat xususiyatlarini qayd etishni ko‘zda tutadi.
Mazkur jarayonda, “Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichida tayyorlangan chiquvchi jadvallar natijalarini, shuningdek, ma’lumotlar bazasidan yoki tayyor hujjatlar bazasidan olingan zarur axborotlarni ko‘rib chiqish, shakllantirilgan ma’lumotlar asosida diagrammalar, kartogrammalar, grafikalar va yangi jadvallarni tuzish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, statistika ma’lumotlari sifatini tahlil qilishda, statistik ko‘rsatkichlarning ishonchliligi va aniqligi (asoslanganligi, xatolarning yo‘qligi, variasiya koeffisiyentlarini hisoblanganligi va b.), yaxlitligi (qamrovning to‘liqligi, statistika metodologiyasiga rioya etilganligi), bir-biriga qarama-qarshi emasligi, qiyosiyligi (hudud, qamrab olingan obyektlar doirasi, o‘lchov birligi va boshqalar bo‘yicha), bir xilda tuzilganligi (ma’lumotlarni chiqarib tashlash, ularda keskin o‘zgarishlar, tushirib qoldirish holatlarining mavjud yoki mavjud emasligi) jihatlari ko‘rib chiqiladi.
7.1.
Statistika
ma’lumotlarini ishlab
chiqish tizimini
yangilash
Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish tizimini yangilash jarayoni doirasida, tarqatish maqsadlari uchun tayyor bo‘lgan statistika ma’lumotlari hamda metama’lumotlar saqlanayotgan tizimlar (masalan, ma’lumotlar bazalari)ni yangilash amalga oshiriladi.Xususan, tizimlarni yangilash jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: chiquvchi ma’lumotlar tizimlari (bazalari)ga kiritish uchun tayyor bo‘lgan ma’lumotlar va metama’lumotlarni formatlash (zarur ko‘rinishga keltirish); ma’lumotlar va metama’lumotlarni chiquvchi statistika ma’lumotlari tizimlari (bazalari)ga yuklash; statistika ma’lumotlarini tegishli metama’lumotlar bilan o‘zaro bog‘lanishi (muvofiqlashtirilishi)ni ta’minlash.
Ushbu tadbirlar, aksariyat hollarda, yanada oldingi jarayonlarda amalga oshirilishi lozim, biroq statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish tizimini yangilash jarayonida barcha zarur ma’lumotlar hamda metama’lumotlarning mavjudligi va ularning tarqatish uchun tayyorligi yakuniy tekshirib chiqiladi.
8.1.
Ishlab chiqish siklini
baholash uchun
ma’lumot yig‘ish
Baholash uchun ma’lumotlarni shakllantirish va yig‘ish ishlari har qanday boshqa bosqich yoki jarayon doirasida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu jarayon turli shakllarda, jumladan, foydalanuvchilarning izohlari va takliflari, jarayonlar bo‘yicha metama’lumotlar, tizimlarning o‘lchov (metrik) ma’lumotlari, shuningdek xodimlarning takliflarini shakllantirish va yig‘ishni o‘z ichiga olgan holda o‘tkazilishi mumkin.
Shuningdek, avvalgi ishlab chiqish davrini baholash natijasi bo‘yicha kelgusi davr uchun kelishilgan harakatlar rejasida belgilangan ishlarning bajarilishi holati to‘g‘risidagi hisobotlar baholash jarayoni uchun kiruvchi ma’lumot bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqish siklini baholash uchun ma’lumot yig‘ish jarayoni: statistika ma’lumotlarining sifatini baholash; respondentlarga yuklamalarni monitoring qilish; foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasi va ularga bo‘lgan ishonchini baholash; xodimlarning ishlab chiqish bosqichlari va jarayonlaridan qoniqish holatini monitoring qilish uchun ma’lumotlarni yig‘ish ishlarini o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, ma’lum bir jarayonlarni baholash uchun aniq tadbirlarni, jumladan, unchalik katta bo‘lmagan kuzatuvlarni (ro‘yxatga olish o‘tkazilgandan keyingi nazorat tartibidagi so‘rovlar, takroriy savol-javoblar, ma’lumotlarni tarqatish samaradorligini o‘rganish) o‘tkazish talab etilishi mumkin.
1.2.
Foydalanuvchilar bilan
maslahatlashuvlar
o‘tkazish va ehtiyojlarni
tasdiqlash
Ushbu jarayonda, foydalanuvchilarning statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini, jumladan ma’lumotlarni taqdim etish shakli va muddatlari bo‘yicha ehtiyojlarini hamda ulardan kelgusida foydalanish maqsadlarini aniq bilish uchun rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan manfaatdor tomonlar bilan ularning avval aniqlangan ehtiyojlarini hisobga olgan holda maslahatlashuvlar o‘tkaziladi va ularning ehtiyojlari tasdiqlanadi.
Bunda, foydalanuvchilar ehtiyojlarini chuqur tushunilishiga erishish, ya’ni nafaqat qanday statistika ma’lumotlari talab etilayotganligi, balki ularni qaysi kesimda, qachon, qanday ko‘rinishda va eng muhimi qaysi sabablarga ko‘ra shakllantirish zarurligini aniqlash talab etiladi.
2.2.
Ko‘rsatkichlar tavsifini
rejalashtirish
Ushbu jarayonda, rasmiy statistika ma’lumotlarini tayyorlash maqsadida yig‘iladigan va shakllantiriladigan ko‘rsatkichlar tarkibi hamda ularning metama’lumotlarini, shuningdek, statistik tasniflagichlar va ma’lumotnomalarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish tadbirlari amalga oshiriladi.
Mazkur jarayonda, amaldagi milliy va xorijiy tajribalardan keng foydalanish hamda ma’lumotlarni yig‘ish uchun zarur ko‘rsatkichlarni belgilash va ularni yig‘ish mexanizmlarini tanlash jarayonlari o‘zaro bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu jarayonni 2.3. “Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni rejalashtirish” jarayoni bilan parallel ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3.2.
Qayta ishlash va tahlil
komponentlarini
shakllantirish yoki
takomillashtirish
Qayta ishlash va tahlil komponentlarini shakllantirish yoki takomillashtirish jarayoni “Ishlab chiqish jarayonlarini rejalashtirish” bosqichida aniqlangan hamda “Ma’lumotlarni qayta ishlash” va “Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichlari uchun zarur bo‘lgan amaldagi komponentlardan qayta foydalanish yoki yangi komponentlarni shakllantirish bo‘yicha ishlarni ko‘zda tutadi.
Ushbu jarayonda ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil uchun yangi axborot tizimlari yoki maxsus dasturiy vositalarni yaratish, mavjud axborot tizimlari yoki maxsus dasturiy vositalarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Jarayon ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun axborot tizimlari yoki maxsus dasturiy vositalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishni yakunlash, ularga oid texnik va foydalanish hujjatlarini ishlab chiqish bilan tugallanadi.
4.2.
Birlamchi
ma’lumotlarni
yig‘ishni tashkil etish
Mazkur jarayon, barcha rejalashtirilgan tartiblar bo‘yicha ma’lumotlar va metama’lumotlarni yig‘ishga xodimlar, ishlab chiqish mexanizmlari, tizimlari va texnologiyalarning tayyorligini ta’minlaydi hamda quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: ma’lumotlarni yig‘ish strategiyasini tayyorlash; ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshiruvchi xodimlarni o‘qitish; ma’lumotlarni yig‘ish uchun zarur vositalarning mavjud bo‘lishini ta’minlash; ma’lumotlarni so‘rash va olish uchun zarur tizimlarni but qilib qo‘yish; yig‘iladigan ma’lumotlarning himoyalanishini ta’minlash; ma’lumotlarni yig‘ish vositalarini tayyorlash; respondentlarni xabardor qilish, ular bilan ishlash; materiallarni kerakli tillarga tarjima qilish.
Ushbu jarayonda, bevosita kuzatuvlar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lumotlarni yig‘ish manbalari uchun, mazkur manbalardan zarur ma’lumotlarni olish yoki ajratib olish uchun kerakli jarayonlar, tizimlar va maxfiylik tartib-taomillarining mavjudligi ta’minlanadi.
5.2.
Ma’lumotlarni
tasniflash va
kodlashtirish
Ushbu jarayonda birlamchi ma’lumotlarni tasniflash va kodlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni tasniflashda, rasmiy statistika sohasida amalda qo‘llanilayotgan statistik va boshqa tasniflagichlar, nomenklaturalar va ma’lumotnomalardan foydalaniladi.
Birlamchi ma’lumotlarni tasniflash va kodlashtirish jarayoni, avtomatlashtirilgan tarzda (yoki qo‘lda) amalga oshirilishi, avvaldan belgilangan statistik tasniflash tizimiga muvofiq matnli javoblar (ma’lumotlar)ga raqamli kodlarni biriktirish usuli bilan bajarilishi mumkin.
Shuningdek, kuzatuv shakllari yoki ma’muriy ma’lumotlar manbasidagi ayrim savollar kodlashtirilgan toifadagi javoblar variantlariga ega bo‘lishi mumkin. Ayrim ma’lumotlar esa avtomatlashtirilgan jarayonni (masalan, tayyor javoblarni mashinada o‘qish usuli) qo‘llagan holda yoki interfaol qo‘lda bajariladigan jarayon orqali kodlashtirilishi mumkin.
6.2.
Statistik materiallarni
validatsiya qilish
Statistik materiallarni validasiya qilish jarayonida, ma’lumotlarni yig‘ish va shakllantirish ishlarining oldindan belgilangan sifat talablariga hamda kutilayotgan natijalarga muvofiq ekanligini aniqlash bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda, kuzatilayotgan aniq statistika sohasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish uchun barcha ma’lumotlar yig‘iladi va mazkur bilimlar aniq sharoitlarda kutilayotgan natijalardan har qanday chetga chiqish holatlarini aniqlash va axborot tahlilini o‘tkazishda foydalaniladi.
Validasiya qilish bo‘yicha ishlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: birlamchi ma’lumot qamrovi ko‘rsatkichi va taqdim etilgan javoblar koeffisentining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish; statistika ma’lumotlarini oldingi sikllar bilan solishtirish (qo‘llab bo‘ladigan hollarda); tayyorlangan materialga metama’lumotning mavjudligi va ushbu materialning metama’lumot hamda sifat ko‘rsatkichi talablariga muvofiqligini tekshirish; statistika ma’lumotlarini boshqa tegishli ma’lumotlar (tashqi va ichki) manbalari bilan solishtirish; statistika ma’lumotlaridagi farqlar va tafovutlarni o‘rganish; kuzatilayotgan soha bo‘yicha tayyorlangan statistika ma’lumotlarining kutilayotgan natijalarga muvofiq ekanligini hujjatlashtirish orqali tasdiqlash.
7.2.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
tarqatish uchun
tayyorlash
Rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish uchun tayyorlash jarayoni doirasida, avvaldan 2.1. “Chiquvchi statistika ma’lumotlarini rejalashtirish” jarayonida loyihalashtirilgan shakllarda rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan rasmiy statistika ma’lumotlari turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Xususan, ular jumlasiga bosma nashrlar, press-relizlar, axborotnomalar, jadvallar, interfaol grafikalar, kartogrammalar, umumfoydalanishdagi ochiq ma’lumotlar to‘plami, yuklab olish uchun fayllar, videroliklar, rasmiy veb-saytlardagi ma’lumotlar va boshqalar kirishi mumkin.Tarqatish uchun ma’lumotlarni ishlab chiqishning standart bosqichlari quyidagilar hisoblanadi: statistik materialning tarkibiy qismlarini (statistik nashrning namuna shakli, izohlar, jadvallar, grafikalar va boshqalarni to‘ldirish) tayyorlash; tarkibiy qismlarni tayyor mahsulot shakliga (barcha ma’lumotlarni birlashtirish, yakuniy statistik nashr ko‘rinishida jamlash) keltirish; yakuniy statistik materialni ko‘rib chiqish, kelishish, tahrirlash, xatolarning yo‘qligi va e’lon qilish mezonlariga muvofiqligini tekshirish; statistik materialni ishlab chiqish (nashr qilish, tarqatish vositalariga joylashtirish uchun tayyorlash).
8.2.
Ishlab chiqish siklini
baholashni o‘tkazish
Baholashni o‘tkazish jarayoni, olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, qayta ishlash va tahlil etish orqali o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda, ma’lumotlar kutilayotgan yoki maqsadli natijalar (agar mavjud bo‘lsa) bilan solishtiriladi va baholash to‘g‘risidagi hisobot yoki nazorat jadvalida umumlashtiriladi. Statistika ma’lumotlarining sifati, maxsus savolnomani to‘ldirish asosida, amalga oshirilayotgan statistika kuzatuvlari va ulardagi ma’lumotlarning sifatning asosiy mezonlariga muvofiqligi darajasini tavsiflovchi reyting usulini qo‘llagan holda, besh balli shkala bo‘yicha baholanadi.
Respondentlarga yuklamalarni monitoring qilish ishlari, statistika kuzatuvlari shakllarini to‘ldirish uchun respondentlar tomonidan sarflangan vaqt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Olingan ma’lumotlar asosida statistika kuzatuvlari shakllarini to‘ldirish uchun yuzaga kelayotgan yuqori mehnat sarfining sabablariga aniqlik kiritiladi. Foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasi va ularga bo‘lgan ishonchini baholashda, foydalanuvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar javoblari umumlashtiriladi va tahlil qilinadi. Shunga asosan, foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ishonch indeksi hisoblab chiqiladi.
Xodimlarning ishlab chiqish bosqichlari va jarayonlaridan qoniqish holatini monitoring qilish, davlat statistika organlari xodimlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish orqali o‘tkaziladi. Monitoring xodimlarning ishchi muhiti, ishlab chiqarish bosqich va jarayonlari, tashkilot imiji, jamoadagi ma’naviy-ruhiy muhit, lavozimda o‘sish va ta’lim olish imkoniyatlaridan qoniqishlari darajasini aniqlaydi. Baholash natijalari bo‘yicha tuziladigan yakuniy hisobotda sifatni ta’minlash bo‘yicha har qanday muammolar, kutilgan natijalardan har qanday chetga chiqish holatlari hamda ushbu holatlardan kelib chiqqan holda har bir jarayon yoki bosqichga kiritilishi zarur bo‘lgan tegishli o‘zgartirishlar haqida tavsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
1.3.
Statistika ma’lumotlarini
shakllantirish
maqsadlarini belgilash
Ushbu jarayonda, foydalanuvchilar bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijalari bo‘yicha ular tomonidan talab etilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki ro‘yxati ishlab chiqiladi. Shuningdek, ushbu statistik ko‘rsatkichlar va ularning sifat xususiyatlari foydalanuvchilarning ehtiyojlariga muvofiqligi yuzasidan ular bilan kelishish amalga oshiriladi.
Statistika ma’lumotlarini shakllantirish maqsadlarini belgilashda birlamchi ma’lumotlarning maxfiylik jihatlari hamda ma’lumotlarni shakllantirish uchun resurslarning mavjudligi hisobga olinishi lozim.
2.3.
Birlamchi ma’lumotlar
yig‘ishni rejalashtirish
Mazkur jarayonda birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish uchun aynan maqbul keladigan usullar va vositalarga aniqlik kiritiladi. Ushbu jarayon doirasidagi ishlar ma’lumotlarni yig‘ish usuli yoki vositalarining turi (elektron shakldagi hisobotlar, elektron so‘rovlar, qog‘oz savolnomalar, ma’muriy ma’lumotlar bazalari, veb-skraping texnologiyalari, geofazoviy ma’lumotlar uchun texnologiyalar va b.) dan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
Mazkur jarayon ma’lumotlarni yig‘ish usuli va vositalarini, kuzatuv shakllaridagi savollar va javoblarni rejalashtirish, ma’lumotlarni taqdim etish bilan bog‘liq har qanday rasmiy kelishuvlar, jumladan, hamkorlik memorandumlarini rejalashtirish hamda birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish usullarini belgilash ishlarini o‘z ichiga oladi.
3.3.
Ma’lumotlarni
tarqatish
komponentlarini
shakllantirish yoki
takomillashtirish
Ma’lumotlarni tarqatish komponentlarini shakllantirish yoki takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar 2.1. “Chiquvchi statistika ma’lumotlarini rejalashtirish” jarayonida rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish uchun yangi komponentlar va xizmatlarni shakllantirish va (yoki) mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu jarayon rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish bo‘yicha barcha komponentlar va xizmatlarni, xususan, an’anaviy qog‘oz shaklidagi nashrlarni ishlab chiqishdan boshlab veb-xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, ochiq ma’lumotlarni ishlab chiqishgacha bo‘lgan jarayonlarda foydalaniladigan komponentlar hamda xizmatlarni shakllantirish va (yoki) mavjudlarini yanada kuchaytirish ishlarini o‘z ichiga oladi.
4.3.
Birlamchi
ma’lumotlarni
yig‘ishni amalga
oshirish
Ushbu jarayonda birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni yig‘ish respondentlardan qog‘oz yoki elektron shaklda birlamchi ma’lumotlarni olish, kuzatuv o‘tkazayotgan mutaxassislar tomonidan respondentlar bilan so‘rovlar o‘tkazish usullari orqali tashkil etiladi. Mazkur jarayonda, birlamchi ma’lumotlarni axborot tizimlari va maxsus dasturiy vositalarga kiritish, mutaxassislar tomonidan ko‘chma qurilmalardan foydalangan holda bevosita kuzatuv joyida birlamchi ma’lumotlarni kiritish, respondentlar tomonidan ma’lumotlar taqdim etilishi hisobini yuritish ishlari amalga oshiriladi.
Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshirish quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi: birlamchi ma’lumotlarni elektron va (yoki) qog‘oz shaklda yig‘ish; birlamchi ma’lumotlarni boshqa usullarda yig‘ish; ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilardan ma’muriy ma’lumotlarni yig‘ish; to‘ldirilgan va taqdim etilgan statistika kuzatuvi shakllarini tekshirish; respondentlar tomonidan birlamchi ma’lumotlarni taqdim etilishi hisobini yuritish.
Mazkur jarayon ma’lumotlarni yig‘ish jarayonini monitoring qilib borish hamda ma’lumotlarni yig‘ish jarayonlariga har qanday zarur o‘zgartirishlarni kiritishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
5.3.
Ma’lumotlardagi
xatoliklarni
tekshirish va
validatsiya qilish
Ma’lumotlardagi xatoliklarni tekshirish va validasiya qilish jarayonida, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, xatoliklar va tafovutlarni, jumladan, keskin farqlanuvchi qiymatlar yoki ko‘rsatkichlar, savollarga javoblarning yo‘qligi, kodlashtirishdagi xatoliklarni aniqlash maqsadida ma’lumotlarni tekshirish amalga oshiriladi. Tekshirishlar natijasida, ma’lumotlarni ishlab chiqish, jumladan, ularni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha belgilangan jarayonlarning samarali va natijali amalga oshirilishi mumkinligi hujjatlashtirish orqali tasdiqlanadi.
Xatoliklarni tekshirish va validasiya qilish har qanday turdagi manbalardan olingan ma’lumotlarga (birlamchi ma’lumotlar, ma’muriy ma’lumotlar va b.), jumladan, ularni birlashtirishga qadar yoki birlashtirishdan keyin, shuningdek, “Ma’lumotlarni tahrirlash va imputasiyalash” jarayonida imputasiyalangan ma’lumotlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Mazkur jarayon mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ma’lumotlarga sezilarli darajada o‘zgartirish kiritadigan har qanday tuzatishlar “Ma’lumotlarni tahrirlash va imputasiyalash” jarayoni doirasida amalga oshiriladi.
6.3.
Statistik materiallarga
izohlar va
tushuntirishlar
tayyorlash
Statistik materiallarga izohlar va tushuntirishlar tayyorlash jarayonida, ularni chuqur tushunilishiga erishiladi va rasmiy statistika ma’lumotlarini to‘g‘ri talqin qilish uchun asos yaratiladi. Statistik materiallarni izohlash, tushuntirish va to‘g‘ri talqin qilishga, turli mexanizm va yondashuvlarni qo‘llagan holda, statistika ma’lumotlarini har tomonlama ko‘rib chiqish, ularning oldindan rejalashtirilgan va kutilgan natijalarni qanchalik yaxshi yoritayotganligini baholash, shuningdek, chuqur statistik tahlillar o‘tkazish orqali erishiladi.
Chuqur statistik tahlillarni o‘tkazish: vaqt qatorlarini tahlil qilish; ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi va qiyosiyligini tahlil qilish; ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish (dastlabki baholash ma’lumotlari va aniqlashtirilgan ma’lumotlar o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilish) holatlarini tahlil qilish; ma’lumotlardagi nomutanosibliklarni (boshqa davlatlar ma’lumotlari bilan tafovutlarni) tahlil qilish va boshqa tahlillarni o‘z ichiga oladi.
7.3.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
tarqatish jarayonini
boshqarish
Rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish jarayonini boshqarish doirasida, rasmiy statistika ma’lumotlarini e’lon qilish va tarqatishni tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlarning mavjudligi, shu jumladan ularni e’lon qilish muddati, shakli va usullariga rioya etilishi ta’minlanadi. Ushbu jarayon aniq foydalanuvchilar guruhi, masalan ommaviy axborot vositalari yoki tegishli manfaatdor shaxslar uchun matbuot anjumanlari, brifinglar o‘tkazish, shuningdek, rasmiy statistika ma’lumotlari e’lon qilingunga qadar ularni oshkor qilinmasligi uchun har qanday taqiqlarni kiritishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, mazkur jarayonda quyidagilar amalga oshiriladi: tasdiqlangan ro‘yxatlarga asosan foydalanuvchilarga rasmiy statistika ma’lumotlarini yetkazib berish (qog‘oz va elektron shaklda); ochiq statistika ma’lumotlarini rasmiy statistikani tayyorlovchilarning veb-saytlarida e’lon qilish; statistika ma’lumotlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish; rasmiy statistikani tayyorlovchilarning veb-saytlarida mavjud ochiq ma’lumotlar bazasidan “on-line” rejimida foydalanish uchun foydalanuvchilarga imkoniyat yaratish; foydalanuvchilarning so‘rovlari asosida ikki tomonlama imzolangan kelishuv va shartnomalarga muvofiq rasmiy statistika ma’lumotlarini taqdim etish; maxfiy statistika ma’lumotlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish uchun imkoniyatlar yaratish; xalqaro darajada statistika ma’lumotlarini ayirboshlash.
8.3.
Kelgusi harakatlar
rejasini belgilash
Kelgusi harakatlar rejasini belgilash jarayonida, ishlab chiqish siklini baholash yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan hisobot asosida, tizimdagi mavjud bo‘shliqlarni tahlil qilish orqali, kelgusida amalga oshiriladigan harakatlar rejasini tuzish, kelishish va tasdiqlash uchun barcha zarur yo‘l-yo‘riqlarni (ko‘rsatmalarni) umumlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Mazkur jarayon statistika faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish bosqich va jarayonlarini maqbullashtirish bo‘yicha kelgusidagi harakatlarni belgilaydi. Ushbu jarayonda: o‘tkazilgan baholashlar va monitoringlar natijalari to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar tahlil qilinadi; foydalanuvchilar va respondentlarning fikrlari hamda takliflarini hisobga olgan holda statistika faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlanadi; tahlillar va takliflar asosida kelgusi harakatlar rejasi ishlab chiqiladi, manfaatdor tomonlar bilan kelishiladi va tasdiqlanadi.
Shuningdek, ushbu jarayonda tasdiqlangan kelgusi harakatlar rejasining statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish bosqichi va jarayonlariga ta’sirini monitoring qilish imkoniyatlarini yaratish ko‘zda tutilishi mumkin. O‘z navbatida, ushbu monitoring natijalari, mazkur bosqich kelgusida takroriy qaytarilganda uni baholash uchun zarur ma’lumotlar manbasi bo‘lishi mumkin.
1.4.
Talab etiladigan
statistika ma’lumotlari
ro‘yxatini aniqlash
Mazkur jarayonda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishga mos keluvchi talab etiladigan ma’lumotlar ro‘yxati ya’ni ular nuqtai nazariga ko‘ra taqdim etilishi lozim bo‘lgan statistika ma’lumotlari ro‘yxatini aniqlash amalga oshiriladi.
Bunda, foydalanuvchilarning aniqlangan ehtiyojlari, ular bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar hamda kelishuvlarni hisobga olgan holda, talab etilgan statistik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan kelgusi yil uchun statistika dasturi va uning asosiy axborot manbai hisoblangan statistika kuzatuvlari shakllari loyihalari shakllantiriladi.
2.4.
Bosh jamlanma
va tanlanmani
rejalashtirish
Bosh jamlanma va tanlanmani rejalashtirish, faqat alohida shakllantirilgan tanlanma asosida o‘tkaziladigan, jumladan, statistik kuzatuvlar yo‘li orqali ma’lumotlarni yig‘ish bilan bog‘liq jarayonlarga qo‘llaniladi. Ushbu jarayon aniq bir soha yoki yo‘nalish bo‘yicha statistika kuzatuvlarini o‘tkazish uchun maqbul bo‘lgan tanlanmani shakllantirish rejasini hamda zarur hollarda tanlanmani shakllantirish uchun asos bo‘ladigan registrni tuzishda foydalaniladi, tanlanmaning eng ko‘p mos keladigan mezonlari va usullarini (yalpi yoki tanlanma kuzatuv) belgilab beradi.
Tanlanmani shakllantirish manbalari – ma’muriy va statistik registrlar, ro‘yxatga olish ma’lumotlari va boshqa tanlanma kuzatuvlar davomida olingan axborotlardir. Zarur hollarda, rasmiy statistikani tayyorlovchi ushbu manbalarni o‘zaro birlashtiradi.
3.4.
Ishlab chiqish
jarayonlarini tartibga
solish
Ishlab chiqish jarayonlarini tartibga solish (joylashtirish) jarayonida birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlab, rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatishgacha bo‘lgan ishlab chiqish sikli doirasida qo‘llaniladigan ishlab chiqish tizimlari va texnologiyalari tartibga solinadi. Ushbu jarayonda, xususan, statistik kuzatuvlarni o‘tkazish, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, tarqatish bo‘yicha mavjud jarayon, tizim va texnologiyalar yoki ulardan birortasini o‘zgartirish, turli bosqichlardagi bir necha jarayonlarni birlashtirish, tizimlarni sozlash ishlari amalga oshiriladi.
Mazkur jarayon 2.6. “Ishlab chiqish tizimlari va jarayonlarini rejalashtirish” jarayonida yaratilgan amaliy ishlab chiqish jarayonlarini belgilangan maqsadlar uchun tizimli faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
4.4.
Birlamchi
ma’lumotlarni
yig‘ishni yakunlash
Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni yakunlash jarayoni, muayyan statistika kuzatuvi shakli bo‘yicha tegishli hisobot davri uchun elektron va (yoki) qog‘oz shaklida birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish ishlarini tugallash, ma’lumotlar qamrovining to‘liqligini nazorat qilish hamda yig‘ilgan birlamchi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tegishli elektron dasturiy ta’minotlarga kiritish (yuklash)ni ko‘zda tutadi.
Ma’lumotlarni elektron dasturiy ta’minotlarga kiritish (yuklash) qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi mumkin. Tegishli hisobot davri uchun aniq bir statistika kuzatuvi shakli bo‘yicha ma’lumotlar qamrovining to‘liqligini aks ettiruvchi ma’lumotlar hamda birlamchi ma’lumotlar bazasi, ma’muriy ma’lumotlarning elektron bazalari va (yoki) jamlanma jadvallarining shakllantirilganligi ushbu jarayonning yakunlanganligini bildiradi.
Statistika kuzatuvi shakllarini to‘liq taqdim etilganligini nazorat qilishda, barcha rejalashtirilgan statistik birliklardan ma’lumotlarning olinganligi yoki olinmaganligi aniqlashtiriladi. Ushbu nazoratni amalga oshirishda 4.3. “Birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshirish” jarayoniga yana qaytilishi mumkin.
5.4.
Ma’lumotlarni
tahrirlash va
imputasiyalash
Agar ma’lumotlar noaniq, mavjud emas, ishonchsiz yoki eskirgan deb e’tirof etilgan bo‘lsa, ushbu jarayon doirasida, turli usullarni qo‘llagan holda yangi qiymatlar (ko‘rsatkichlar)ni qo‘shish yoki eskirganlarini chiqarib tashlash amalga oshirilishi mumkin.
Birlamchi ma’lumotlar va (yoki) ma’muriy ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish zarurati tug‘ilganda, respondentlarga va ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga murojaat etiladi va ulardan tuzatilgan ma’lumotlar qaytadan yig‘ib olinadi. Mazkur jarayonda amalga oshiriladigan aniq harakatlar quyidagilar hisoblanadi: yangi ma’lumotlar qo‘shish yoki ularni o‘zgartirish zarurligini aniqlash; qo‘llaniladigan tahrirlash usulini tanlash; yangi qiymatlar (ko‘rsatkichlar)ni qo‘shish yoki ularni o‘zgartirish; ma’lumotlar to‘plamiga yangi qiymatlar (ko‘rsatkichlar)ni kiritish va ularni o‘zgartirilgan ma’lumotlar sifatida belgilash; tahrirlash va imputasiyalash natijalariga ko‘ra mavjud metama’lumotlarni yangilash yoki yangilarini ishlab chiqish.
6.4.
Birlamchi
ma’lumotlarni
identifikasiyalashning oldini olish
Birlamchi ma’lumotlarni identifikasiyalashning oldini olish jarayoni, belgilangan asosiy prinsiplar va ishlarni tashkil etish qoidalari yoki 2.5. “Qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini rejalashtirish” jarayonida yaratilgan metodologiyalarga muvofiq, statistika ma’lumotlarini hamda metama’lumotlarni tarqatishda maxfiylik qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi.
Ushbu jarayon, chiquvchi ma’lumotlar (jadvallar, fayllar va boshqa statistik materiallar)ning maxfiylik talablariga muvofiqligini, tayyorlangan ma’lumotlar jismoniy yoki yuridik shaxslarni bevosita yoki bilvosita identifikasiyalash imkonini bermayotganligini hamda ularga taalluqli individual ma’lumotlarni oshkor qilmayotganligini tekshirish, bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ularni chiqarib tashlash va ma’lumotlar oshkor etilishiga qarshi har qanday to‘siqlarni yaratish ishlarini o‘z ichiga oladi. Identifikasiyalashning oldini olish darajasi va usuli statistik ko‘rsatkichlarning turi yoki toifasidan kelib chiqqan holda o‘zgaradi.
7.4.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
tarqatish bo‘yicha
targ‘ibot olib borish
Rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish bo‘yicha targ‘ibot (reklama) olib borish, ularni keng jamoatchilik o‘rtasida maksimal darajada ko‘proq tarqatish, foydalanuvchilar guruhini kengaytirish, foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasini va ularga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ushbu jarayon, salohiyatli foydalanuvchilar bilan yanada maqsadli ishlar olib borish uchun ular bilan aloqalarni o‘rnatishning turli vositalarini qo‘llash, shuningdek, foydalanuvchilarni statistik ma’lumotlar to‘g‘risida xabardor qilish jarayonlarini yengillashtirish uchun veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, elektron jo‘natmalar va boshqalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Xususan, foydalanuvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun, ularni yangi statistik nashrlar va materiallarning mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilib borish, statistik nashrlar va materiallarni olishlari uchun foydalanuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish choralari ko‘rilishi lozim.
Shuningdek, Internet tarmog‘idagi veb-saytlarda yangiliklar, reklamalar va alohida ruknlar berish, statistik nashrlar katalogini yaratish, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish, jumladan, ommaviy axborot vositalari, manfaatdor idoralar bilan uchrashuvlar tashkil etish, taqdimotlar, ko‘rgazmalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish rasmiy statistika ma’lumotlarini targ‘ib qilishda majburiy qo‘llaniladigan vositalar hisoblanadi.
1.5.
Taklif etilayotgan
ma’lumotlarning
mavjudligini tekshirish
Foydalanilayotgan birlamchi manbalarning ehtiyojlarga muvofiqligini belgilash, ma’lumotlardan foydalanishning har qanday cheklovlarini hisobga olgan holda ularni olish shartlari va usullarini hamda ko‘rsatkichlarning takrorlanish holatlarini aniqlash maqsadida, foydalanuvchilar tomonidan taklif etilayotgan ma’lumotlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilarda mavjudligini tekshirish amalga oshiriladi.
Ushbu jarayonda, shuningdek birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanishni belgilovchi huquqiy asoslar baholanadi. Baholash natijalariga ko‘ra, zarur hollarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish, yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, statistika kuzatuvlari shakllariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.
2.5.
Qayta ishlash va tahlil
qilish jarayonlarini
rejalashtirish
Yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini rejalashtirishda, “Ma’lumotlarni qayta ishlash” va “Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichlarida foydalanish uchun zarur bo‘ladigan statistik ma’lumotlarni qayta ishlash metodologiyasi ishlab chiqiladi. Bunda, birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish usullari va manbalaridan kelib chiqqan holda, olingan ma’lumotlarni kodlashtirish, tahrir qilish, imputasiyalash, hisoblash usullari va qoidalari aniqlashtiriladi.
Mazkur jarayon, shuningdek, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni birlashtirish, ma’lumotlarni tekshirish, tasdiqlash, baholash va jamlanma tarzda yakuniy rasmiylashtirish usullarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
3.5.
Ishlab chiqish
tizimlarini sinovdan
o‘tkazish
Ishlab chiqish tizimlarini sinovdan o‘tkazish jarayoni, “Ishlab chiqish jarayonlarini shakllantirish” bosqichining 3.1., 3.2. va 3.3. jarayonlarida shakllantirilgan va (yoki) takomillashtirilgan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatish bilan bog‘liq vositalar, axborot tizimlari hamda maxsus dasturiy vositalarning yaroqliligini sinovdan o‘tkazishni, ularning o‘zaro bog‘liq holda to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirib ko‘rishni ko‘zda tutadi.
Sinovdan o‘tkazishda tizimlar va dasturiy vositalardagi xatoliklar va to‘xtab qolishlar sababi aniqlanadi, ularda yuzaga kelgan muammolar o‘rganiladi, tahlil qilinadi va hal etiladi, axborot tizimlari yoki maxsus dasturiy vositalarni yaxshilash va tizimning bir butun holda ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi, uni kompleks tarzda sozlash amalga oshiriladi. Ushbu jarayon ishlab chiqishni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan barcha qaror va yechimlarni o‘zaro uyg‘un holda ishlashini ta’minlaydi.
5.5.
Yangi
ko‘rsatkichlarni va
statistik birliklarni
shakllantirish
Yangi ko‘rsatkichlarni va statistik birliklarni shakllantirish jarayoni doirasida, birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish bosqichida aniq ajratib ko‘rsatilmagan, ammo talab qilingan (kerak bo‘lgan) ma’lumotlarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar va statistik birliklar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Mazkur jarayonda ma’lumotlar to‘plamida mavjud bo‘lgan bir yoki bir necha ko‘rsatkichlarga arifmetik formulalarni qo‘llagan holda yoki turli usuldagi gipotezalardan (farazlardan) foydalangan holda yangi ko‘rsatkichlar shakllantiriladi. Shuningdek, ushbu jarayonda, statistik birliklarga oid ma’lumotlarni umumlashtirish yoki bo‘lish yo‘li orqali yoxud turli boshqa baholash usullaridan foydalangan holda yangi statistik birliklar shakllantirilishi mumkin. Xususan, kuzatuv birligi jismoniy shaxslar bo‘lgan hollarda ularga tegishli ma’lumotlarni umumlashtirib alohida uy xo‘jaliklari, kuzatuv birligi yuridik shaxslar bo‘lgan hollarda esa alohida korxonalar bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirilishi mumkin bo‘ladi.
6.5.
Rasmiy statistika
ma’lumotlarini
shakllantirishni
yakunlash
Shakllantirilgan statistika ma’lumotlarining ko‘zlangan maqsadlarga, sifat darajasi talablariga muvofiqligini hamda ularning foydalanish uchun tayyorligini tekshirish mazkur jarayon doirasida amalga oshiriladi. Rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirishni yakunlash jarayoni: ma’lumotlarning ko‘zlangan maqsadlarga muvofiqligini tekshirish; ma’lumotlarning qaysi daraja (kesim)da e’lon qilinishi va ularga qo‘shimcha tushuntirishlarning qo‘llanilishini belgilash; yordamchi axborotlar, jumladan izohlar, sharhlar, texnik eslatmalar, axborot ma’lumotnomalar va boshqa zarur metama’lumotlarni jamlash; yordamchi ichki hujjatlarni tayyorlash; tegishli tarmoq mutaxassislari bilan oldingi e’lon qilingan ma’lumotlar muhokamasini o‘tkazish; boshqa tillarda tarqatiladigan statistik materiallarni tarjima qilish; e’lon qilish (tarqatish) uchun statistik material (to‘plam, jadval, press-reliz va b.)larning yakuniy mazmuni (kontenti)ni ma’qullash ishlarini o‘z ichiga oladi.
7.5.
Foydalanuvchilarni
qo‘llab-quvvatlash
Foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash jarayoni doirasida, jismoniy va yuridik shaxslarning statistika ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha so‘rovlari va buyurtmalarini ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda ularga belgilangan muddatlarda javoblar taqdim etilishi ta’minlanadi. Bu kabi so‘rovlar va buyurtmalar sifatni boshqarish jarayonlarini axborot bilan ta’minlash maqsadida muntazam tahlil etib borilishi lozim, modomiki ular foydalanuvchilarning yangi va o‘zgaruvchan ehtiyojlarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, berilgan javoblarni veb-saytlardagi “Savol-javoblar” rukniga joylashtirish mumkin, chunki barcha foydalanuvchilar uchun ushbu rukndan foydalanish imkoniyatini mavjudligi boshqa foydalanuvchilarning aynan shu kabi va takroriy savollariga javob berish zaruriyatini kamaytiradi.
Mazkur jarayonda: foydalanuvchilarning so‘rovlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish; foydalanuvchilarning so‘rovlarini ko‘rib chiqish va ma’lumotlarni taqdim etish (yoki taqdim etmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qilish; foydalanuvchilarning so‘rovlariga javobni tayyorlash va taqdim etish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu jarayon, shuningdek, rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish ishlarida ishtirok etuvchi har qanday hamkor tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini o‘z ichiga oladi.
1.6.
Statistika
ma’lumotlarini
shakllantirish modelini
ishlab chiqish
Statistika ma’lumotlarini shakllantirish modelini ishlab chiqish jarayoni, yangi yoki o‘zgartirilgan shaklda statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish jarayonini ma’qullash uchun “Statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish” bosqichidagi barcha jarayonlar natijalarini model ko‘rinishida hujjatlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Ushbu jarayonda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: rasmiy statistika ma’lumotlarining asosiy axborot manbai hisoblangan statistika kuzatuvi shakllari va boshqa ma’muriy manbalarni belgilash, kelishish va tasdiqlash; statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish jarayonlarini amalga oshirilishini belgilab beruvchi bir yillik statistika dasturi loyihasini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlashni tashkil etish va uni ijroga qaratish.
2.6.
Ishlab chiqish
tizimlari va
jarayonlarini
rejalashtirish
Ushbu jarayon, rasmiy statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning to‘liq sikli doirasida talab etiladigan barcha jarayonlarni, xususan, birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlab to rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatishgacha bo‘lgan ishlab chiqish jarayonini rejalashtirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi, ishlab chiqish sikli ichidagi barcha jarayonlarning hech qanday kamchiliklarsiz yoki keragidan ortiq harakatlarsiz samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Rejalashtirishda, mavjud tizim va texnologiyalarni muayyan ishlab chiqish jarayonida muntazam qo‘llash, ularda kamchiliklar aniqlanganda yangi yechimlarni qabul qilish imkoniyatining mavjud bo‘lishi ustuvor prinsip bo‘lishi zarur. Shuningdek, ushbu jarayonda xodimlarning ishlab chiqish tizimlari bilan ishlashi tahlil qilinib, ishlab chiqishni tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalarni bajarish uchun aniq mas’ul ijrochilar belgilab qo‘yiladi.
3.6.
Statistik jarayonlarni
sinovdan o‘tkazish
Statistik jarayonlarni sinovdan o‘tkazish ishlab chiqish jarayonlarini amaliy sinovlardan o‘tkazish, pilot tarzida foydalanib ko‘rish bo‘yicha ishlarni o‘z ichiga oladi. Odatda, statistik jarayonlarning kutilayotgan maqsadlarga muvofiq ishlashini ta’minlash maqsadida, ushbu jarayonda ma’lumotlarni yig‘ish mexanizmlarini tekshirib ko‘rish uchun kichik hajmda ma’lumotlarni yig‘ish hamda ushbu yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish ishlari amalga oshiriladi.
Amaliy sinovlar o‘tkazilib va (yoki) pilot tarzida foydalanilgandan so‘ng, ushbu jarayonlarni tuzatish, sozlash va takomillashtirish uchun yana orqaga qaytish zarurati tug‘ilishi mumkin. Ushbu jarayon ishlab chiqish jarayonida foydalaniladigan mexanizmlar, tizimlar va komponentlarga tuzatishlarni kiritish imkonini beradi.
5.6.
Ma’lumotlarning
indeks salmog‘ini
hisob-kitob qilish
Ma’lumotlarning indeks salmog‘ini hisob-kitob qilish jarayonida, 2.5. “Qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini rejalashtirish” jarayonida ishlab chiqilgan statistika uslubiyatiga muvofiq, individual ma’lumotlar massivlari uchun ulush (salmoq) koeffisiyentlari hisoblab chiqiladi. Ya’ni, kuzatilayotgan hodisaning umumiy yig‘indisida uning har bir alohida elementining ahamiyatini ko‘rsatib beradigan qiymat ko‘rsatkichlari shakllantiriladi.
Individual ma’lumotlarning maqsadli jamlanmadagi reprezentativligini ta’minlash (masalan, tanlanma kuzatuvlar o‘tkazilgan hollarda) yoki zarur ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaslik holatlarida, yakuniy ko‘rsatkichlarga tuzatish kiritish maqsadida, jamlanma ko‘rsatkichga nisbatan hisoblanadigan individual ma’lumotlarni qayta hisoblash uchun ulush (salmoq) koeffisentlari qo‘llaniladi. Boshqa hollarda, o‘zaro nomuvofiq ko‘rsatkichlarni tartibga solish maqsadida, ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan yig‘indini o‘lchash usuli talab etilishi mumkin.
3.7.
Ishlab chiqish
tizimlarini ishga
tushirish
Mazkur jarayonda, tartibga solingan va tizimlashtirilgan ishlab chiqish mexanizmlari, tizimlari hamda texnologiyalarini, jumladan takomillashtirilgan va yangidan yaratilgan xizmatlarni ishga tushirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlar: ishlab chiqish tizimlari komponentlariga oid texnik va foydalanish hujjatlarini tayyorlash, tizimdan foydalanuvchilar uchun qo‘llanmalarni yaratish; ishlab chiqish jarayonining faoliyat yuritishi masalalari bo‘yicha foydalanuvchilarni o‘qitish; ishlab chiqish mexanizmlari, axborot tizimlari, dasturiy vositalarni ishga tushirish bo‘yicha harakatlarni o‘z ichiga oladi.
5.7.
Jamlanma
ma’lumotlarni
hisob-kitob qilish
Jamlanma ma’lumotlarni hisob-kitob qilish jarayoni doirasida, mikroma’lumotlar yoki boshqa individual ma’lumotlar asosida umumlashtirilgan ma’lumotlar va maqsadli jamlanma bo‘yicha yakuniy jamlanma ma’lumotlar hisoblab chiqiladi.
Ushbu jarayon umumiy belgilangan xususiyatlarga (masalan, demografik yoki geografik tasniflar bo‘yicha) ega bo‘lgan hisobga olish hujjatlari (birlamchi ma’lumotlar, ma’muriy ma’lumotlar)dagi ma’lumotlarni jamlash, ya’ni umumlashtirish, shuningdek, o‘rtacha ko‘rsatkichlar va dispersiya ko‘rsatkichlarini aniqlash, yig‘indini o‘lchashni ko‘zda tutadi. Mazkur jarayonga ma’lumotlarni ekstrapolyasiya qilish bo‘yicha ham ishlar kiritilishi mumkin. Bosh jamlanma bo‘yicha ko‘rsatkichlarning aniqligini baholashning turli usullari (tanlanma kuzatuv ma’lumotlarini bosh jamlanmaga tarqatish yoki yalpi kuzatuvlarni aniqlash uchun tuzatish koeffisiyentlarini qo‘llash) qo‘llaniladi.
5.8.
Ma’lumotlarni
shakllantirishni
yakunlash
Ma’lumotlarni shakllantirishni yakunlash jarayoni doirasida, “Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichining boshqa jarayonlari natijalari bitta ma’lumotlar to‘plamiga jamlanadi va ulardan boshlang‘ich manba sifatida “Ma’lumotlarni tahlil qilish” bosqichida foydalaniladi.
Ba’zida ushbu jarayon yakuniydan ko‘ra ko‘proq oraliq jarayon bo‘lishi mumkin, ayniqsa ma’lumotlarni ishlab chiqish uchun sezilarli darajada vaqt yetmaydigan jarayonlar, shuningdek, dastlabki va yakuniy baholashlar natijalarini ishlab chiqish masalasi oldindan kelishib olingan ishlab chiqish jarayonlarida bu namoyon bo‘ladi.
“Ma’lumotlarni qayta ishlash” bosqichida shakllantirilgan hamda tekshirishdan o‘tgan umumlashtirilgan ma’lumotlar mazkur jarayonning yakuniy natijasi hisoblanadi.
GAMSO modeli
|
---|
GAMSO milliy modeli tuzilmasi
Sifat tizimlarini joriy etish
|
---|
- 1. Seminarlar to‘g‘risida axborot
- 2. GSBPM milliy modelini amaliyotga joriy etish boʻyicha taqdimot oʻtkazildi
- Seminar materiallari:
- 1. GSIM prezentatsiya
- 2. GSBPM prezentatsiya
- 3. GAMSO prezentatsiya
- Seminar test jarayonlari foto:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
- Milliy statistika tizimini yanada rivojlantirish yo‘llari:
- Ma’ruza matnlari to‘plami (Boshq boshliqlari va o‘rinbosarlari uchun)
- Xalqaro sifat modellari dars- taqdimot
- Sifat modellari dars ma’ruzasi
- Sifat modellari dars tarqatma material
- Statistika faoliyati va axborot-tahliliy ishlar:
- Ma’ruza matnlari to‘plami (boshqarma va bo‘lim xodimlari)
- Xalqaro sifat modellari dars- taqdimot
- Sifat modellari dars ma’ruzasi
- Sifat modellari dars tarqatma material
Tarqatish siyosati
|
---|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Statistika agentligining Rasmiy statistikani tarqatish
IDORAVIY SIYOSATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Rasmiy statistikani tarqatish idoraviy siyosati (keyingi o‘rinlarda – Siyosat), O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi PQ-4796-son “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va 2024- yil 4- martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-114-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, Statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish jarayonlarining namunaviy modeli (Generic Statistical Business Process Model-GSBPM) talablari asosida, statistika organlari tomonidan foydalanuvchilarga rasmiy statistikani tarqatish va (yoki) taqdim etish bilan bog‘liq jarayonlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda keng doiradagi foydalanuvchilar uchun statistika ma’lumotlaridan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali foydalanuvchilarning ehtiyojlarini to‘liq qondirishga qaratilgan.
2. Ushbu Siyosat, tarkibida davlat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarga ega statistika ma’lumotlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
3. Mazkur Siyosatni amalga oshirish statistika organlarining o‘z faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borishi va xalqaro statistika tizimida qabul qilingan sifat mezonlariga rioya qilish maqsadini ifodalaydi.
4. Rasmiy statistikani tarqatish va (yoki) taqdim etish jarayonida statistika organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tasdiqlangan Rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari hamda mazkur Siyosatga muvofiq amalga oshiradi.
5. Rasmiy statistika mustaqillik, tushunarlilik va shaffoflik, aniqlik va ishonchlilik, beg‘arazlik va xolislik, statistik maxfiylik, dolzarblik prinsiplariga asoslangan holda foydalanuvchilarga tarqatiladi va (yoki) taqdim etiladi.
6. Rasmiy statistika mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va baholash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, jamoatchilikni xabardor qilish, rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun e’lon qilinadi.
Rasmiy statistika rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga to‘la muvofiq holda, shuningdek, ayrim statistika ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash hamda barchaga teng foydalanish imkoniyatini berish orqali e’lon qilinadi.
7. Statistika organlari tomonidan ishlab chiqarilgan rasmiy statistikani tarqatish va (yoki) taqdim etish tartibi Statistika agentligi tomonidan belgilanadi.
8. Rasmiy statistika ma’lumotlarini tarqatish foydalanuvchilarga tarqatiladigan ma’lumotlarni jamlash (komplektlash), rasmiylashtirish, ma’lumotlar bazasiga va axborot tizimlariga yuklash, bosma shakllarda chop etish, targ‘ibot qilish, turli vositalar (rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari) orqali e’lon qilish hamda tarqatish bilan bog‘liq ishlarni o‘z ichiga oladi.
9. Rasmiy statistikaning ro‘yxati va uni shakllantirish muddati Statistika agentligining Statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Statistika dasturi bilan belgilanadi.
Rasmiy statistikani tarqatish davriyligi foydalanuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
10. Foydalanuvchilar uchun rasmiy statistikani e’lon qilish, Statistika agentligining rasmiy veb-saytida, statistika ma’lumotlarining tayyorlanish sanasi va aniq vaqti ko‘rsatilgan “Ma’lumotlarni e’lon qilish taqvimi”ga (keyingi o‘rinlarda – Taqvim) muvofiq amalga oshiriladi.
Taqvim Statistika dasturi asosida choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlangan holda bir yil uchun ishlab chiqiladi. Taqvimda ko‘rsatilgan rasmiy statistikaning e’lon qilinadigan sanasidan har qanday kechikishlar, foydalanuvchilarga e’lon qilinishi belgilangan kundan 1 kun oldin kechiktirmay xabar beriladi. Ushbu taqvim asosida ma’lumotlar oylik, choraklik va yillik davrlarda yangilab boriladi.
Avval e’lon qilingan ma’lumotlarga tuzatishlar kiritilganda, ma’lumotlar yangilanadi va foydalanuvchilarga xabar beriladi.
11. Jamoatchilik rasmiy statistikani e’lon qilish muddatining har qanday o‘zgarishi to‘g‘risida e’lon qilishning rejalashtirilgan sanasiga qadar xabardor qilinadi.
Statistika uslubiyatlaridagi o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborot Statistika agentligining rasmiy veb-saytida jamoatchilikni
bu haqida xabardor qilish maqsadida oldindan e’lon qilinadi.
12. Rasmiy statistika o‘zaro muvofiqlashtirilgan va ketma-ketlikka ega ma’lumotlar bo‘lib, turli manbalardan shakllantirilganda yagona standartlar, tushunchalar, atamalar va ularning ta’riflari, tasniflagichlardan foydalaniladi.
Foydalanuvchilarga tarqatiladigan va (yoki) taqdim etiladigan rasmiy statistika, mazkur ma’lumotlarning to‘g‘ri talqin qilinishi uchun metama’lumotlar va tushuntiruvchi izohlar bilan birga e’lon qilinadi.
13. Kelgusida qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan dastlabki statistika ma’lumotlari e’lon qilinganda, ular dastlabki ma’lumotlar sifatida ko‘rsatiladi.
14. Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan rasmiy statistika ma’lumotlari turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Xususan, ular jumlasiga bosma nashrlar, press-relizlar, axborotnomalar, jadvallar, interfaol grafikalar, kartogrammalar, umumfoydalanishdagi ochiq ma’lumotlar to‘plami, yuklab olish uchun fayllar, videroliklar, rasmiy veb-saytlardagi ma’lumotlar va boshqalar kirishi mumkin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (keyingi o‘rinlarda – Statistika agentligi) qo‘shimcha ravishda ishlov berilgan statistika ma’lumotlarini, bosma va elektron nashrlarni hamda boshqa materiallarni rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning so‘roviga ko‘ra pulli asosda taqdim etish huquqiga ega.
16. Tarkibida davlat sirlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan rasmiy statistika ma’lumotlari e’lon qilinmaydi hamda qonunda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
17. E’lon qilingan rasmiy statistikada aniqlangan xatolar tuzatiladi, tuzatilgan ma’lumotlar rasmiy statistikadan foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun e’lon qilinadi.
Statistika organlari rasmiy statistikadan noto‘g‘ri foydalanish yoki ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilinishi yuzasidan zarur hollarda izoh yoki rasmiy munosabat berishi mumkin.
18. Rasmiy statistika xorijiy davlatlarning statistik idoralariga va xalqaro tashkilotlarga Statistika agentligi bilan tuzilgan kelishuvlarga muvofiq, shuningdek, rasmiy statistika almashinuviga asosan taqdim etiladi.
19. Statistika organlari rasmiy statistika ma’lumotlarini ommaviy axborot vositalariga press-relizlar, xabarlar, sharhlar va boshqa axborot materiallari shaklida bepul taqdim etadi.
20. Mazkur Siyosatni amalga oshirishni monitoring qilish maqsadida:
- har yili Statistika agentligining rasmiy veb-saytida statistika organlari tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlardan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini o‘rganish yuzasidan so‘rovlar o‘tkazilib boriladi;
- xalqaro tashkilotlar tomonidan milliy statistika tizimini global va tarmoqlar bo‘yicha baholashlar amalga oshiriladi.
21. Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar rasmiy statistikani tayyorlovchilarning rasmiy veb-saytlarida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan statistika ma’lumotlaridan erkin foydalanishlari va rasmiy veb-saytlarda va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmagan ochiq statistika ma’lumotlarini olish maqsadida statistika organlariga so‘rov bilan yoki ularni e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat qilishlari mumkin.
22.Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar o‘z mahsulotlarida (ishlarida va xizmatlarida) o‘zi foydalangan statistika ma’lumotlarining manbalarini ko‘rsatishi shart.
23. Rasmiy statistika foydalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasining axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi hamda birlamchi statistik ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlashga oid qonun talablariga muvofiq tarqatiladi va (yoki) taqdim etiladi.
24. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar tomonidan individual ma’lumotlardan tergov, nazorat qilish, sud muhokamasi, ma’muriy qarorlar qabul qilish maqsadida yoki jismoniy va yuridik shaxslarga yoki uy xo‘jaliklariga taalluqli boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
25. Statistika agentligi rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning statistika ma’lumotlaridan foydalangan holda qabul qilgan qarorlari va uning natijalariga javobgar emas.
Statistika agentligining Sifat sohasidagi siyosati (Yuklab olish)