2021-yil 14- yanvar kuni soat 09:30da Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Bunyodkor mahallasida Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNISEF) hamkorligida Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ga tayyorgarlik hamda Segment xaritalarini yangilash va tanlangan klasterlarda uy xo‘jaliklarini ro‘yxatga olish jarayoni o‘tkaziladi. Sizni mazkur kuzatuv jarayonida ishtirok etish uchun taklif etamiz!
Agar Sizda mazkur jarayon yuzasidan batafsil ma`lumotga ega bo`lish hamda qo`mita faoliyatiga doir o`zingizni qiziqtirgan savollar bo`lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Bunyodkor mahallasi.
Davlat statistika qo’mitasi Axborot xizmati