26/05/2021

1. Tanlov tashkilotchisining nomi va manzili;

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021- yil 3- martdagi PQ-5012-son qarori ijrosini ta'minlash hamda Qo‘mita tizimi xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida tanlov e'lon qiladi. (O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi, 100170, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko‘chasi, 63-uy)

2. Davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi;

Maqsad: Qo‘mita tizimi xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish bo‘yicha seminar va davra suhbatlarini tashkil etish va xodimlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

3. Davlat ijtimoiy buyurtmasini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va miqdori;

Loyihani bajarish uchun jami 10 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

4. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati;

Buyurtmani bajarish muddati tanlov yakunlangandan so‘ng 3 oy mobaynida.

5. Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy shartlar;

Vazifalar:

– aholining sog‘lom turmush tarziga rioya etishini kuchaytirish, jismoniy faollik darajasini oshirish; qo‘mita tizimi xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish; – sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini hosil qilish, jismoniy faollik darajasini orttirish, tamaki va alkagol iste'mol qilishni kamaytirishga yo‘naltirilgan “Sog‘lom hayotga qadam tashla”, “Oilada sog‘lom muhitni yarating”, “Men tamakisiz muhitni tanlayman, Senchi?”, “Men alkogolsiz muhitni tanlayman, senchi?”, “O‘z vazningizni boshqaring” mavzularda videoroliklar yaratish; – videoroliklarni qo‘mita tizimi xodimlari orasida targ‘ib qilish.

6. Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilishning joyi, oxirgi kuni va vaqti.

Hujjatlar pochta orqali muhrlangan konvertda Davlat statistika qo‘mitasi manziliga (Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, 100170, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko‘chasi, 63-uy) 2021- yilning 15- iyun sanasi soat 18:00 gacha jo‘natilishi zarur va ushbu sana va vaqtdan keyin jo‘natilgan hujjatlar qabul qilinmaydi. Murojaat uchun telefon: 99) 811-94-18, 71) 203-80-00 (1382) Inoyatov Sarvar Izoh: Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 22- fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan “Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari asosida o‘tkaziladi (https://www.lex.uz/acts/3568990). Tanlovda ishtirok etish uchun ariza Nizomning 2- ilovasiga muvofiq to‘ldirilishi talab etiladi. Tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bundan mustasno.

Davlat statistika qo`mitasi Matbuot xizmati