Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq deputatlari Mo’ynoq tumani kengashining 2021- yil 30- apreldagi Mo‘ynoq tumani “Hakim-ota” ovul fuqarolari yig‘ini hududidan yangidan “Qizil jar” ovul fuqarolari yig‘inini tashkil qilish to‘g‘risidagi 111/26-06-son qaroriga muvofiq, shuningdek, uning statistika ishlarini bajarish jarayonida foydalaniladigan statistik klassifikatsiyalar tizimida aks ettirilishini ta'minlash maqsadida Ma'muriy-hududiy tuzilmalarni (obyektlarni) belgilash tizimi idoraviy statistik tasniflagichiga Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 24- iyundagi 57- son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zgartirilgan ma'lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo‘limi orqali tanishish mumkin.
Davlat statistika qo`mitasi Matbuot xizmati