19/03/2024

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2023- yilning yanvar-dekabr oylari uchun huquqbuzarlik va turistik oqimlar  statistikasi bo‘yicha quyidagi statistik ma’lumotlar shakllantirilib, Qo‘mita veb-saytining “Rasmiy statistika” bo‘limida quyidagi manzil boʻyicha joylashtirildi: https://stat.uz/ru/ofitsialnaya-statistika/crime-and-justicehttps://stat.uz/ru/ofitsialnaya-statistika/social-protection:

- Hududlar kesimida ro`yxatga olingan qasddan odam o`ldirish va o`ldirishga suiqasd qilish holatlari soni;

- Hududlar kesimida qasddan odam o`ldirish va o`ldirishga suiqasd qilish jinoyatini sodir etgan shaxslar soni;

- Jinoyat sodir etgan shaxslarning yoshi va  jinsi bo'yicha tarkibi;

- Jinoyat sodir etgan ayollar sonining jinoyatlar turi bo‘yicha taqsimlanishi;

- Hududlar kesimida jami ro`yxatga olingan jinoyatlar soni;

- Jinoyat sodir etgan erkaklar sonining jinoyatlar turi bo‘yicha taqsimlanishi;

- Hududlar kesimida jami jinoyat sodir etgan shaxslar soni;

- Jinoyat sodir etgan ayollarning jinoyat turlaridagi ulushi;

- Jinoyat sodir etgan erkaklarning jinoyat turlaridagi ulushi;

- Jinoyat sodir etgan shaxslardan ayollarning ulushi;

- Jinoyat sodir etgan shaxslardan erkaklarning ulushi;

- Ro`yxatga olingan jinoyatlar soni;

- Jinoyat sodir etgan shaxslar tarkibi (jamiga nisbatan foizda);

- 2023- yilda O‘zbekiston Respublikasidan ketgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari sonining mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti;

- 2023- yilda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti.