27/12/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 24- dekabrdagi PQ– 452- son "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq, “Yangi yil bayrami” munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlarining belgilanganligi sababli Statistika agentligi tomonidan Statistika dasturiga muvofiq har haftaning seshanba-chorshanba kunlari tashkil etiladigan narxlar kuzatuvlari 2025- yilning 3-4- yanvar kunlariga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz.