2022- yil uchun statistika kuzatuv shakllari Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 2- dekabrdagi 53- son qarori bilan tasdiqlandi.
Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 2- dekabrdagi 53- son qarori bilan tasdiqlangan, 2022- yil uchun statistika kuzatuv shakllari Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirildi: http://test.lex.uz/docs/5743046.
Ushbu statistika kuzatuv shakllari respondentlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2022- yil davrlari uchun taqdim etiladi.
Shuni eslatib o‘tamizki, kuzatuvlar elektron shakllarni internet tarmog‘i eStat axborot tizimidan (https://my.stat.uz/uz/) foydalangan holda taqdim etish hamda statistika organlari tomonidan planshet kuzatuvlarini tashkil etish orqali o‘tkaziladi.