2024- yil 21- fevraldan 5-mart kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
23- fevral:
1-energiya (sarflash) shakli Yoqilg‘i va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari), notijorat tashkilotlar;
Davlat boshqaruvi organlari (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi)ga - qarashli korxona va muassasalar bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar
27- fevral:
1-fx shakli Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ____ -yil uchun hisobot, Fermer xoʻjaliklari
1-kb shakli Mikrofirma va kichik korxonaning ____-yil uchun hisoboti
Mikrofirma va kichik korxonalar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar
1-kb (qurilish) (1-kb shakliga ilova) Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Bino va inshootlar qurilishiga investitsiyalarni amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) Bino va inshootlar qurilishiga investitsiyalarni amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar
1-kb (kommunal) (1-kb shakliga ilova Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni,obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi mikrofirma va kichik korxonalarning ____-yil uchun hisoboti
Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv beruvchi mikrofirma va kichik korxonalar, (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) Chet el investitsiyalari hamda xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar
1-kb (qx) (1-kb shakliga ilova) Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ____-yil uchun hisoboti
Qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar
1-kb (eko) (1-kb shakliga ilova) Atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning ____-yil uchun hisoboti
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarga ega, suv obyektlari va joy relyefini ifloslantiruvchi oqova manbalarga ega, toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan mikrofirma va kichik korxonalar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar
1-kb (kvartira) (1-kb shakliga ilova) shakli Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risida ____-yil uchun hisoboti
Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi mikrofirma va kichik korxonalar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi mikrofirma va kichik korxonalar
3- mart
1-korxona shakli Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi tashkilotlar, kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari
Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar (kichik korxona va mikrofirmalar, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari) hamda ularning alohida bo‘linmalari
4- mart
1-kom (kvartira) shakli Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi yuridik shaxslar
1-akt (Internet) shakli Axborot-kommunikasiya texnologiyalari to‘g‘risida hisobot
Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida (Internetni qo‘shgan holda) xizmat ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, (provayderlar, operatorlar, xosting markazlari va boshqalar), mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar
1-aloqa shakli Aloqa vositalari va xizmatlari to‘g‘risida hisobot
Aloqa xizmati ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari) Mobil aloqa operatorlari filiallari bo‘yicha viloyatlar kesimida Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar
1-nnt shakli Nodavlat notijorat tashkilotning faoliyati to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Tashkiliy-huquqiy shakli jamoat birlashmasi, jamoat fondi, muassasa, uyushma (ittifoq) bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
1-kb (akt) (Internet) (1-kb shakliga ilova) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida ____-yil uchun hisobot
Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida, Internetni qo‘shgan holda xizmat ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar (provayderlar, operatorlar, xosting markazlari va boshqalar) (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar
5- mart
12-korxona shakli Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar
12-korxona (savdo) (12-korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari)
12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot
Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).