O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 20- dekabrdagi PF– 35- son "2022- yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoni munosabati bilan, statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari
- 2022-yil 6- yanvargacha uzaytiriladi:
12-narx (xarid) shakli “Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisobot”,
12-korxona shakli “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot”,
12-korxona (sanoat) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot”,
12-korxona (savdo) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot”,
12-korxona (xizmat) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot”,
4-sanoat (mahalliylashtirish) shakli “Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot”,
4-sanoat (metall) shakli “Qora va rangli metall mahsulotlari resurs bazalarining hosil bo‘lishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi to‘g‘risida hisobot”,
4-meva-sabzavot shakli “Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risidagi hisobot”,
4-avto shakli “Avtomobil transporti ishi to‘g‘risida hisobot”,
4-elektr transporti shakli “Transport to‘g‘risida hisobot”,
4-quvur yo’li shakli “Quvur yo‘li transporti faoliyati to‘g‘risida hisoboti”,
4-qx (tashkilot) shakli “Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot”,
2-fx shakli “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot”,
2-dx shakli “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”.
- 2022- yil 7- yanvargacha uzaytiriladi:
4-mehnat shakli “Mehnat hisoboti”
Shu bilan birga, Davlat statistika qo‘mitasi serverlari kechayu-kunduz ishlashini va Sizning hohishingizga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.