Agentlik yangiliklari

2024- yilning yanvar-iyul oylarda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 36,8 mlrd AQSH dollariga yetgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuk tashilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 4 874,3 ming boshga yetgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida qurilish ishlari hajmi oʻtgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 10,1 % ga oʻsgan.

Respublikamizda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 50 356 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tajriba tariqasida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekistonga 2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 12,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 46,6 ming dona televizor import qilingan.

“Самаркандский Вестник” gazetasining 2024-yilning 21-avgustdagi 66-sonida yashirin iqtisodiyotga oid maqola chop etildi.

O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 712,6 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 21- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati tuman va shaharlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ko‘rsatkich:

2024- yilning 1- iyul holatiga koʻra, respublikamizning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

Dastlabki maʻlumotlarga asosan, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 48 603 tonna baliq ovlangan.

Bugungi kunda respublikada 63,2 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 11,0 mingtasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 17,4 % i) Toshkent shahriga, 6,7 mingtasi (10,5 %) Farg‘ona viloyatiga, 6,5 mingtasi (10,3 %) Toshkent viloyatiga, 5,3 mingtasi (8,4 %) Samarqand viloyatiga va 5,2 mingtasi (8,2 %) Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasining yalpi qoʻshilgan qiymati hajmi 260 182,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yil 1- avgust holatiga jami 293 411 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 19–21-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Turkiya Statistika instituti hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida o‘quv kursi boʻlib oʻtmoqda.

2024- yil 1- avgust holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 30 331 tani tashkil etdi