Agentlik yangiliklari

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 257 993,6 mlrd soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yoki iqtisodiyotdagi yalpi qoʻshilgan qiymatning 47,5 % i yaratilgan.

2024- yil 1- avgust holatiga savdo sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 230 695 ta bo‘lgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 28- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Malayziya Statistika departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 234,7 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 91 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 42 trln soʻm yoki jami investitsiyalarning 18,3 % ini tashkil etgan.

Joriy yilning 28- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 10,1 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Ozarbayjonga ketgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi oʻtgan tegishli davrlardan yuqori boʻlib, 111,6  trln soʻmni tashkil etgan.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 21- fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlarning umumiy soni 274 118 boshni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yoʻlovchi tashilgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 422 872,5 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga 14 266 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 725,7 ming tonna tabiiy gaz kondensati ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 2 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Joriy yilning 27- avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.