Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 50,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,0 mln. tonna sement import qilingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 515,1 ming tonnaga ko‘p.
2021- yilning to‘rt oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Qozog‘iston – 498,3 ming tonna
Qirg‘iz R. – 278,5 ming tonna
Tojikiston – 234,7 ming tonna
Eron – 10,8 ming tonna
Turkmaniston – 8,6 ming tonna
Matbuot xizmati



