06/08/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi PF-6098-son Farmoni hamda 2020- yil 3- avgustdagi PQ-4796-son qarorining tegishli bandlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2017-2023- yillar uchun milliy hisoblar statistikasi ma’lumotlari norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmini baholash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari (https://www.oecd-ilibrary.org/economics/measuring-the-non-observed-economy-a-handbook) va xorijiy davlatlar tajribalariga muvofiq qayta hisob-kitob qilingan holda, Agentlik rasmiy veb-saytining “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limida joylashtirildi (norasmiy iqtisodiyot hajmi, yashirin iqtisodiyot hajmi, jami norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmi, norasmiy iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi, yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi, jami norasmiy va yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi).

I. Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholashni takomillashtirish maqsadida, 2023- yilning fevral, iyul-avgust oylarida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning texnik ko‘mak missiyasi jalb etildi;

- XVJ tavsiyalari hamda xorijiy davlatlar tajribalari asosida uy xo‘jaliklarining transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga xarajatlarini o‘rganish bo‘yicha tanlanma statistika kuzatuvlari so‘rovnomalari ishlab chiqildi;

- O‘zbekiston Respublikasining 14 ta hududlaridagi 165 ta tumanlar bo‘yicha 7 mingdan ziyod uy xo‘jaliklarida transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlariga xarajatlar hamda qurilish va sanoat tarmoqlari o‘rganildi;

- tanlanma statistika kuzatuvi natijalarini mantiqiy tahlil qilish, ma’lumotlarni umumlashtirish hamda umumiy to‘plamga yoyish yuzasidan 2023- yilning oktabr, dekabr va 2024- yilning mart oylarida XVJ eksperti bilan muhokamalar tashkil etildi.

norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash ma’lumotlar manbai sifatida foydalanish uchun Soliq qo‘mitasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan ma’muriy ma’lumotlar olindi va xorijiy tajribalar asosida tahlil qilindi;

- yig‘ilgan ma’lumotlar asosida 2017-2023- yillar uchun iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar kesimida norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmi va uning YaIMga ta’siri baholandi.

- 2024- yilning 8-12- aprel kunlari XVJning texnik ko‘mak missiyasini jalb etgan holda norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmi, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri bo‘yicha hisob-kitoblar natijalari muhokama qilindi.

II. O‘tkazilgan tanlanma statistik kuzatuvlar va hisob-kitoblar natijasida:

YaIM, aholi jon boshiga YaIM kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning to‘liq qamrovi ta’minlandi hamda xalqaro uslubiyotlarga muvofiqlashtirildi.

Amalga oshirilgan baholash yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi 2023yilda 125,6 trlnso‘mga oshdi va 1 192,2 trln. so‘mni tashkil etdi.

Mos ravishda, aholi jon boshiga YaIM hajmi 3,4 mlnso‘mga oshdi va 32,7 mln. so‘mni tashkil etdi.

Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash ishlari tanlanma statistika kuzatuvlari natijasi hamda ma’muriy ma’lumotlar asosida amalga oshirildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech