2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida YAHM hajmi 68 703,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2021- yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlariga nisbatan 7,8 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda sanoat tarmog’i – 107,6 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 33,7 %), qurilishda 109,0 % (10,0 %) va xizmatlar sohasida 107,0 % (56,3 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 1,4 % ga o‘sdi va 23 806,6 ming so‘mni tashkil etdi.