1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi bilan qanday bogʻlanish mumkin?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi bilan bogʻlanish boʻyicha batafsil maʼlumotni qoʻmitaning rasmiy veb-saytning Kontaktlar boʻlimidan olishingiz mumkin https://stat.uz/uz/2-uncategorised/3706-kontaktlar.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi qanday xizmatlar taqdim etadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi taqdim etadigan xizmatlar roʻyxati bilan https://stat.uz/uz/interaktiv-xizmatlar/xizmatlar-ro-yxati havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

  1. Korxona va tashkilotlar tomonidan qaysi statistik hisobotlar topshirilishi kerak ekanligi va muddatlari haqida qanday bilish mumkin?

Javob: https://module.stat.uz/search/hisobot/uz/users.php ushbu havola orqali korxona STIR (INN) raqamini kiritgan holda, topshirilishi lozim boʻlgan hisobotlar va ularning muddatlari haqida aniq maʼlumot olishingiz mumkin.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan statistik nashrlarni qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: https://module.stat.uz/search/hisobot/uz/users.php havolasi orqali Davlat statistika qoʻmitasining statistik nashrlari bilan tanishishingiz, ularga buyurtma berish yoki elektron shaklda sotib olish imkoniyati yaratilgan.

 

  1. Statistik maʼlumotlarni press-relizlar koʻrinishida olish mumkinmi?

Javob: Oylik, choraklik va yillik press-relizlarni Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytida makzur havola orqali olishingiz mumkin: https://stat.uz/uz/default/press-relizlar/50245-2024-yil

 

  1. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari va boshqa statistik maʼlumotlarni qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining https://stat.uz/uz/ rasmiy veb saytining ochiq maʼlumotlar boʻlimida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari va boshqa statistik maʼlumotlar joylashtirilgan.

 

  1. Bandlik darajasi va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: Bandlik darajasi va ish haqi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni mazkur havola orqali olishingiz mumkin: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/labor-market-2

 

  1. Korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: Korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni https://registr.stat.uz elektron xizmatdan foydalangan holda olish imkoni mavjud.

 

  1. Tovar va xizmatlar narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qaysi manbadan olish mumkin?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy saytining Ochiq maʼlumotlar boʻlimidagi Narxlar va indekslar (https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/prices-and-indexes-2) qismida narxlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligiga ishga kirmoqchi edim. Boʻsh ish oʻrinlari va shartlari toʻgʻrisida qayerdan maʼlumot olsam boʻladi?

Javob: Boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/) hamda Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy veb-saytinig Boʻsh ish oʻrinlari (https://stat.uz/uz/haqida/bo-sh-ish-o-rinlari) boʻlimi orqali olishingiz mumkin.

 

  1. Korxona va tashkilotning asosiy faoliyat turi (OKED kodi)ni oʻzgartirish qanday amalga oshiriladi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 539-son qaroriga muvofiq, yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi va unda ishlayotganlarning oʻrtacha yillik soni oʻzgarganda - yillik statistika hisoboti asosida hamda yuridik shaxslar va (yoki) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning murojaatlari asosida quyidagi hollarda:

- yuridik shaxs yangi tashkil etilgan vaqtda asosiy faoliyat turi (IFUT) kodini biriktirishda yoki xodimlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotni toʻldirishda noaniqlikka yoʻl qoʻyilgan deb hisoblanganda;

- yuridik shaxs faoliyat koʻrsatmayotganda, qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etilganda, belgilangan tartibda faoliyati tiklanganda;

- yuridik shaxs qayta roʻyxatdan oʻtib, taʼsis hujjatlarida ushbu faoliyat turi asosiy faoliyat turi deb belgilanganda;

- yuridik shaxs maʼlum faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olganda yoki litsenziyasi bekor qilinganda.

 

 

  1. Korxonaning kichik tadbirkorlik subyektiga mansub ekanligi yoki kirmasligi qanday belgilanadi?

Javob: Davlat statistika organlari tashkilotlarning kichik tadbirkorlik subektlariga tegishliligini aniqlashda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlar tasniflagichidan (Tasniflagich) foydalanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentyabr 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan korxona va tashkilotlarning maqomini, shu jumladan ularning kichik tadbirkorlik subektiga mansubligini toʻgʻrisida maʼlumotni tasdiqlash Davlat statistika qoʻmitasining vazifa va funksiyalariga vakolatiga kirmaydi.

Shu bilan birga, KTYADRda tashkilotingiz uchun belgilangan statistik tasniflash koʻrsatkichlari, shu jumladan kichik biznesga tegishliligi haqidagi maʼlumotlar ochiq va hammabopdir. Ular bilan onlayn rejimida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga registr.stat.uz murojaat qilib, onlayn tarzda tanishish mumkin.

 

  1. Oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari qanday hisoblanadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida, oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining rasmiy veb-saytidagi yangiliklar boʻlimida eʼlon qilib boriladi.

Narxlarni roʻyxatga oluvchi tomonidan kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi. Mazkur maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida, faqatgina kuzatuvga qamrab olingan dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan.

 

  1. Oʻrtacha oylik nominal ish haqi qanday hisoblanadi?

Javob: Oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi koʻrsatkichi yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan rasmiy hisobotlar maʼlumotlari asosida, soliqlar va boshqa ushlanmalarni olib tashlanmagan holda, xodimlarga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarning umumiy miqdorini ish haqi hisoblash uchun qabul qilinadigan xodimlar soniga va ishlagan oylar soniga boʻlish orqali hisoblanadi.

 

  1. Davlat statistika hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilmasa qanday chora koʻriladi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 215 va 267-moddalarida Davlat statistika organlariga davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan (statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslik, hisobot maʼlumotlarini buzib koʻrsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish) mansabdor shaxslarga nisbatan jarima shaklidagi (bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda) maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga sabab boʻladi.

sor