Rasmiy statistikani tayyorlash uchun yig‘iladigan, ishlov beriladigan va saqlanadigan statistika ma’lumotlari, agar ular jismoniy yoki yuridik shaxslarni bevosita yoki bilvosita identifikatsiyalash imkonini bersa hamda ularga taalluqli individual ma’lumotlarni oshkor qilsa, maxfiy hisoblanadi.

Quyidagilar maxfiy statistika ma’lumotlari jumlasiga kiradi:

- statistik birlik to‘g‘risidagi individual ma’lumotlar oshkor etilgan taqdirda, uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar;

- statistika ma’lumotlarining maxfiyligi ta’minlanishini talab etadigan umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar;

- qonunga muvofiq davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir jumlasiga kiritilgan axborot.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech