2024- yilning 14–16- oktabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) va Yevropa Statistiklari Konferensiyasi tomonidan inson resurslari va ta’limni boshqarish bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Talipova ishtirok etib, agentlik tomonidan kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida taqdimot qildi.
Sessiyalar davomida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar mazkur mavzudagi tajriba va taqdimotlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Yig‘ilishda kadrlar bo‘yicha xalqaro tajriba almashildi va muhim mavzular yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilish inson resurslari boshqaruvi sohasidagi ilg‘or tajribalarni muhokama qilish va hamkorlik imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.
Matbuot xizmati