Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 7-noyabr kuni Toshkent shahrida MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi 47-yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Yigʻilish davomida xalqaro terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini koʻrib chiqish, MDH makonida millatlararo va konfessiyalararo nizolar kelib chiqishining oldini olish, transport kommunikatsiyalari va iqtisodiyot sohasida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish koʻzda tutilmoqda.
 
Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash doirasida Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgan.
 
MDH Aksilterror markazi rahbari hamkorlikdagi aksilterror oʻquv mashgʻulotlari yakuni boʻyicha hisobot taqdim etadi va Markazning 2020-yilga moʻljallangan ish rejasini maʼlum qiladi.
 
O'zA
  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash