Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va maʼmuriy tartibga solishni qisqartirish, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni realizatsiya qilishda bozor mexanizmlarini hamda birja savdolarida shaffoflik darajasini oshirish va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish uchun birja faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha izchil choralar qabul qilinmoqda.

Shu bilan birga, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarga narx shakllantirishning bozor mexanizmlarini yaratish va birja faoliyatini yanada rivojlantirish uchun faqat birja savdolari orqali sotiladigan tovarlar roʻyxatini kengaytirish, birja savdolarining dinamikasini taʼminlovchi yangi savdo instrumentlarini joriy qilish lozim.

Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotib olishda teng sharoitlar yaratish hamda respublikada birja savdosini faollashtirish maqsadida:

1. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga koʻra:

ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda – davlat ulushi mavjud tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqariladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan oʻrnatiladigan kvotalar boʻyicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi;

monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan texnik moy, omuxta yem, xoʻjalik sovuni, neft eritkichi, neft parafini va mis kuporosi ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng taʼminlangan holda realizatsiya qilinadi;

mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng taʼminlangan holda realizatsiya qilinadi, respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarida joylashgan isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida oʻz savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno;

monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan isitish yoqilgʻisi, yoqish mazuti, suyultirilgan gaz va neft bitumi faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng taʼminlangan holda realizatsiya qilinadi, maxsus isteʼmolchilarga oʻrnatilgan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotiladigan hajmlar bundan mustasno;

birja savdolariga qoʻyilishi lozim boʻlgan, monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan ichki bozorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli va monopol mahsulot sotuvchilar tomonidan majburiy tartibda tovar-xomashyo birjalarida hisobga qoʻyiladi va ushbu maʼlumotlar tegishincha shartnoma tuzilgan va majburiyatlar bajarilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda birjaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;

tovar-xomashyo birjalarida tomonlarning kelishuviga muvofiq birja savdolari qoidalari asosida chet el valyutasida import bitimlari tuzilishi mumkin. Bunda tuzilgan shartnomalar boʻyicha maʼlumotlar tovar-xomashyo birjalari tomonidan Valyuta operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni tovar-xomashyo birjalarining birja savdolarida, shu jumladan, birja tovarlarini 1 oydan ortiq muddatga kechiktirib yetkazib berish sharti bilan oldi-sotdi bitimi (forvardlar) tuzish orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallari monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan tovar-xomashyo birjalarining rasmiy veb-saytlariga, zarur hollarda, har oyda yangilangan tarzda joylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga oʻrnatilgan tartibda qoʻyib borilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

4. Birjada kamida 100 ta sotilgan (bepul taqdim etilgan) brokerlik oʻrinlari mavjudligi va birja faoliyatini amalga oshirishda tovar-xomashyo birjalari rahbarlari malaka talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shartlar va talablar bekor qilinsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga:

Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda monopolist korxonalar tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga majburiy qoʻyish boʻyicha qarorlar qabul qilish; birja savdolari qatnashchilari doirasini chegaralab qoʻyishning oldini olish uchun birja savdolariga qoʻyiladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bitta lot boʻyicha maksimal hajmini qayta koʻrib chiqish yuzasidan tovar-xomashyo birjalariga koʻrsatmalar berish huquqi taqdim etilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

8. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gʻulomov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti    Sh.MIRZIYOYEV

 

O'zA

 

 
  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash