Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Qo'mita yangiliklаri

Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yil 28–31-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan migratsiya statistikasi bo‘yicha seminar natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz ochiq ma'lumotlar Instituti (Open Data Institute, ODI) baholashi bo'yicha kumush darajaga yetdi

2019-yil 29-31-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida Jinoyat va odil sudlov statistikasi bo'yicha uchinchi mintaqaviy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig‘i Xayrulla Xasanov ishtirok etdi.

Joriy yil 4-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 28–29-oktabr kunlarida Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan tashkil etilgan “Ekologik statistika va ko‘rsatkichlar bo‘yicha qo‘shma maqsadli     guruhlarning 16-sessiyasi” natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. 

2019-yil 31-oktabrdan 2-noyabrgacha Davlat statistika qo'mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 625-sonli "2020–2021-yillarda O'zbekiston Respublikasida ko'p ko'rsatkichli klasterli tadqiqotlar o'tkazish to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida qo'shma seminar tashkil etdi.

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash