Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2015 yil 1 iyul holatiga ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar soni to‘g‘risida Ma‘lumot

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tomonidan mamlakatning 2015 yil yanvar-iyundagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari bo`yicha dastlabki ma`lumotlar tayyorlandi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2015 yil yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 72,2 trln. so`mni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga o`sdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 iyuldagi “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to`g`risidagi Nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi 179-sonli qarorining qabul qilinishi, KTyaDRda mavjud bo`lgan yuridik shaxslarning muassislari, davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi ma`lumotlardan barchaning foydalanishi uchun keng imkoniyat yaratdi.

2015 yilning yanvar-iyun oylarida Davlat statistika qo‘mitasi tizimining 799 nafar xodimi “Davlat statistika organlari tizimi xodimlarining 2015 yilda malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturi” asosida Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida tashkil etilgan o‘quv kurslarida, shu jumladan 267 nafar xodim AKT sohasi bo‘yicha,o‘z malakasini oshirdi.

2015 yilning yanvar - iyun oylarida Davlat statistika qo’mitasi tizimining 20 nafar xodimi xalqaro tashkilotlar (BMTning statistika bo’limi va EIK, HVF, UNISEF, Evrostat, FAO, UNVTO va boshqalar) tomonidan tashkil etilgan statistika sohasiga oid seminarlarda ishtirok etishdi.

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash