Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2020-yil 17-fevral kuni poytaxtimizdagi Wyndham Tashkent mehmonxonasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish” mavzusida seminar tashkil etildi.Tadbirda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi ekspertlari, Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda xalqaro ekspert Stankevich Natalya Vladimirovna so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Belarus Respublikasi tajribasi haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilarning kartografik materiallardan foydalanishi,  GPS orqali manzilni aniqlash, CAPI dasturiy ta'minoti ma'lumotlari orqali hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha ma'ruzalari tinglandi.

Eslatib o‘tamiz, 17–21-fevral kunlari o‘tkaziladigan mazkur seminarda ro‘yxatga oluvchilarning ish faoliyatini tashkil etish, aholini ro‘yxatga olishning moddiy-texnik va huquqiy asoslarini shakllantirish kabi masalalar kun tartibiga qo‘yilgan.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash