Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 26-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida aholini ro‘yxatga olishda xorij tajribasi masalasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirga taklif etilgan mehmon – Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasi Demografiya statistikasi va aholini ro‘yxatga olish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Vladimirovna Babuk Belarus Respublikasining aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari xususida so‘z yuritdi. Ekspert shu yil 4–30-oktabr kunlari Belarus Respublikasida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi, aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tarkibi va ularni tuzish tartibi, aholini ro‘yxatga olish uslubiyati borasida batafsil axborot berildi. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga vaqtinchalik jalb qilinadigan xodimlar va ularning mehnatiga haq to‘lash masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash