Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019-yil 29-31-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida Jinoyat va odil sudlov statistikasi bo'yicha uchinchi mintaqaviy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig‘i Xayrulla Xasanov ishtirok etdi.

Mintaqaviy yig‘ilishda Kamboja, Indoneziya, Qozog‘iston, Maldiv, Malayziya, Mo'g‘uliston, Nepal, Pokiston, Filippin, Samoa, Tailand, Vetnam va O'zbekistonning statistika xizmatlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, shuningdek, BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi va Xitoy Xalq Respublikasi Prokuraturasi hamda Adliya vazirligining ekspertlari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari Barqaror rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib, yangi ma'lumotlarga bo'lgan ehtiyojni hisobga olgan holda, jinoyatchilik statistikasi va odil sudlov sohasidagi yutuqlar, mintaqadagi ma'lumotlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash yo'llari bilan tanishdi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash