Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019-yil 31-oktabrdan 2-noyabrgacha Davlat statistika qo'mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 625-sonli "2020–2021-yillarda O'zbekiston Respublikasida ko'p ko'rsatkichli klasterli tadqiqotlar o'tkazish to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida qo'shma seminar tashkil etdi.

Seminarning asosiy maqsadi – keyinchalik O'zbekistonda o'tkazilishi rejalashtirilgan multiindikator klaster kuzatuvi savolnomalarini milliy sharoitga muvofiqlashtirishdan iborat.

Tegishli vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, UNICEF ekspertlari Multiindikator klaster kuzatuvi savolnomalarini moslashtirish so'rovnomalar va so'rov modullarini ko'rib chiqdi. Muhokamalar natijalariga ko'ra, MICSning dastlabki so'rovnomalari va ularning modullari tayorlandi.

MICS kuzatuvlari O'zbekistonda bolalar va ayollarning ahvoli to'g'risida ishonchli, xalqaro miqyosda taqqoslanadigan ko'rsatkichlarni olish imkonini beradi. Shuningdek, MICS kuzatuvlari natijalarini keyinchalik barqaror rivojlanish sohasida Hukumat tomonidan qabul qilingan maqsad va vazifalarning bajarilishini baholashda foydalanish mumkin.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash