Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Shu yil 26-oktabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi. 

Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda boshqarmaning mas’ul xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Sherali Djanimov, Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i Orif Abdurahmonov so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari haqida fikr yuritdi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma'lumotlar ularni ro‘yxatga olish asosida olinishi, bu aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflar bilan belgilanishi haqida gapirdi.

Aholini ro‘yxatga olishda vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli komissiyalar rahbarlari farmonda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi borasida so‘z yuritildi.

Seminar davomida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda jismoniy hamda yuridik shaxslarning ishtiroki, ular mehnatiga haq to‘lashning aniq mexanizmlari borasida fikr-mulohaza almashildi. Hududlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni aniq chora-tadbirlar asosida bajarish va bu borada mas'ul ijrochilar malakasini oshirish xususida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Seminar so‘ngida statistika boshqarmasi mutaxassislari bugungi kunda aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoning qanday kechayotgani haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. 

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash