Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019-yil 23-sentabr – 5-oktabr kunlari Filippin Respublikasining Manila shahrida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Milliy hisoblar tizimi maxsus mavzulari bo‘yicha mintaqaviy seminar tashkil etildi.

Seminarda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Gruziya, Tojikiston va O‘zbekiston milliy statistika idoralari vakillari hamda Osiyo taraqqiyot bankining ekspertlari ishtirok etdi. 

Mintaqaviy seminarda Davlat statistika qo`mitasining Joriy hisoblar bo‘limi boshlig`i o‘rinbosari Ziyoda Kamilova, Joriy hisoblar bo‘limi bosh mutaxassisi Tatyana Kuksina va Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bobirjon Xoliqov qatnashdi.

Seminarning asosiy maqsadi milliy hisoblar bo‘yicha mutaxassislarni resurslar va ishlatilish, xarajatlar va ishlab chiqarish jadvallarini shakllantirish va tahlil qilish bo‘yicha amaliy o‘qitishga qaratildi.

Shuningdek, seminarda Milliy hisoblar tizimining asosiy kapitalning jamg‘arilishi, asosiy kapital iste’moli, qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarishi, sug‘urta xizmatlari va bilvosita o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlarini baholash kabi alohida mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash