Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019-yilning 9-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita markaziy apparati xodimlari uchun “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qo‘shma qaroriga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Uchrashuvga Yuristlar malakasini oshirish markazining qonunchilik texnikasi va korrupsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasi mudiri, professor Boboqul Toshyev taklif etildi.

Tadbirda B.Toshyev so‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an'analarini o‘zida aks ettirgan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an'analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanayotganini alohida ta'kidladi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, o‘rganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita o‘tkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganligini ko‘rsatdi. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlariga katta mablag‘ sarflanishi tufayli qarzga botmoqda va qarzni uzish uchun chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.

Ba'zi fuqarolar oilaviy tadbirlarni dabdaba bilan o‘tkazishni qo‘shnilar, qarindoshlar tanqididan, umuman olganda, jamoatchilikning bosimidan xalos bo‘lish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.

Tadbirda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangani va mazkur nizom bandlarida belgilangan qoidalar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv so‘nggida mavzu yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash