Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 3-5 sentabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Statistika idoralari rahbarlarining 60-uchrashuvi hamda qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Statistika idoralarining qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich “O‘zbekiston Respublikasida Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish va monitoring qilish jarayoni” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada bir qator dolzarb masalalar qatori quyidagi takliflar ham ilgari surildi. Jumladan:

  • ma’ruzada BMT tizimi tomonidan taklif qilingan ayrim indikatorlar hisobi milliy indikatorlar hisobidan farq qilishini inobatga olgan holda, bu indikatorlarni milliy shart-sharoitlarga moslashtirish;
  • barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarining aksariyati ixtisoslashgan vazirlik va idoralar tomonidan shakllantirilishi, ushbu vazirlik va idoralar indikator bo‘yicha uslubiyatni shakllantirishda qiyinchiliklarga duch kelishi va o‘z navbatida ushbu yo‘nalishdagi olib borilayotgan ishlarning sekinlashishi;
  • vazirlik va idoralar indikatorlarni shakllantirishda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi;
  • barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlari ishlanmalari va uslubiyatini shakllantirishda vazirlik va idoralar xodimlarining ilmiy salohiyati yetarli darajada emasligi Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish va monitoring qilish jarayonida ayrim muammolarni keltirib chiqaradi.

Bishkek shahrida o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Statistika idoralarining qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi yakunida kun tartibdagi masalalar hamda statistika sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar, tavsiyalar va ilg‘or xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.

 

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash