Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 10-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Markaziy apparati xodimlari uchun 2019-yil 2–6-sentabr kunlari Yaponiyaning Chiba shahrida barqaror rivojlanish maqsadlari ekologik-iqtisodiy hisob tizimi va atrof-muhit statistikasi seminarida ishtirok etib kelgan Qishloq xo’jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi mutaxassisi tomonidan “Ekologik-iqtisodiy hisob tizimi va atrof-muhit statistikasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda milliy statistik ma’lumotlardan foydalangan holda tanlangan ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish, buxgalteriya hisobi prinsiplari bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarni egallash va ekologik-iqtisodiy hisobotlarni tuzish uchun asosiy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bo’yicha malumot berildi.

Shuningdek, ekologik ko‘rsatkichlar salohiyatini kuchaytirish hamda ekologiya statistikasiga oid xalqaro darajadagi milliy statistik ko‘rsatkichlar to‘plamini ishlab chiqishga doir masalalar yuzasidan atroflicha axborot berildi.

Seminar yakunida hamkasblar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

 

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash