Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Ma'naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma'naviy-ruhiy omildir.

Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya'ni yuksak ma'naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta'minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma'naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma'naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.

Shu yilning 28-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita markaziy apparati xodimlari uchun o‘tkazilgan tadbirda ma'naviyatning inson hayotidagi o‘rni xususida fikr-mulohaza yurtildi. Uchrashuvga Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining jamoat tartibi va milliy xavfsizlik kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Karim Normatov  taklif etildi.

Tadbirda K.Normatov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi. Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati, ayniqsa, odam savdosi, terrorizm, diniy ekstremizm, "ommaviy madaniyat" va boshqa tahdidlarga qarshi kurashish lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda xodimlar o‘rtasida mehr-oqibat, odob-axloq, muomala madaniyati, kamtarlik, samimiylik sifatlari haqida so‘z yuritildi. Yurtimizda kechayotgan islohotlarga daxldorlik, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, o‘z kasbiga fidoiylik, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish lozimligi ta'kidlandi.

 

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash