Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 27-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2020-yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Ekspert-tahlil guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi, Narxlar statistikasi boshqarmasi, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi va Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan 2020-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari va kuzatuv anketalari loyihalari ko‘rib chiqildi.

Bunda davlat statistika kuzatuvi shakllarini takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha amaldagi davlat statistika kuzatuvlariga kirayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, jumladan, tegishli vazirlik va idoralar hamda tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan takliflar keng tahlil qilindi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash