Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Toshkent viloyatining Nurafshon, Chirchiq shahаrlari hamda Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq, Qibray va O‘rtachirchiq tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Tashkil etilayotgan seminarlarda viloyat statistika boshqarmasining Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi mutaxassislari hamda tuman va shahar statistika bo‘limi boshliqlari farmonda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirishdi.

Seminarlarda mutaxassislar aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr almashishdi.

Shuningdek, tadbirlarda ekspertlar ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berishdi.

Axborot xizmati

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash