Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019-yilning 13-avgust kuni Navoiy viloyat hokimligida barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiya a'zolari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbir O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g'risida”gi  PF-5655 sonli farmoni yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga bag‘ishlandi.

Seminarda, Davlat statistika qo‘mitasi Rais o‘rinbosari M.Ziyadullayev hamda qo‘mitaning Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Dusnaev so‘zga chiqib, bugungi kunda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shu bilan bir qatorda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog’liq chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahalliy vakolatli organlarning ishtiroki va vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

 

 

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash