Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019 yil 31-may kuni O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik jamg`armasi (yuNFPA) tomonidan O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda bo`lib o`tadigan aholini ro`yxatga olish bo`yicha davra suhbati tashkil etildi.

Toshkentdagi "Miran International Hotel" mehmonxonasida, 2022 yilga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasi aholisini ro`yxatga olish rejasi bilan tanishish hamda uni samarali amalga oshirish bo`yicha tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, mazkur davra suhbatida xalqaro ekspertlar jumladan, MDH Statistika qo`mitasining ijtimoiy-demografik statistika departamenti boshlig`i Irina Zbarskaya, yuNFPAning xalqaro eksperti Galina Sherbakova va yuNFPAning Mintaqaviy vakolatxonasi aholi va rivojlanish bo`yicha dastur mutaxassisi Gulnara Kadirkulovalar o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Qo`mitaning Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig`i Behzod Shodiev O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha ma`lumot berdi.

Ushbu davra suhbatidan ko`zlangan asosiy maqsad xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo`nalishlarini belgilab olish hisoblanadi.

Davra suhbatida Davlat statistika qo`mitasi bilan tadbirga aloqador vazirlik va idoralar mas`ul xodimlari, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirokida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bilan bog`liq xalqaro tavsiyalar va tajribalar muhokama etildi.

 

Axborot xizmati

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash