Xalqimizning ma`naviy hayoti, milliy qadriyat va an`analarimizning ajralmas qismi bo`lgan Ramazon hayitini munosib nishonlash, jamiyatimizda o`zaro hurmat, mehr-oqibat, ezgulik, xayr-sahovat va shukronalik tuyg`ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish maqsadida, Davlat statistika qo`mitasida ko`p yillar ishlab, hozirda nafaqada bo`lgan bir guruh keksa yoshdagi yolg`iz, og`ir kasal va muhtoj qariyalar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 4 iyun kuni Davlat statistika qo`mitasi vakillari, shu jumladan, yosh mutaxassislar 23 nafar yolg`iz va muhtoj qariyalarning uylariga borgan holda xabar olishib, ularni qo`mita ma`muriyati va kasaba uyushma qo`mitasi nomidan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklashdi hamda ularga bayram sovg`alari topshirildi.

Keksalarimiz tomonidan kishilarda hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish kabi insoniy fazilatlarni mustahkamlash, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan mazkur tadbirlarning muntazam ravishda tashkil etib kelinayotganligi uchun shukronalik bildirildi.

 

 

Axborot xizmati