Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Davlat statistika qo'mitasida katta iqtisodchi-statist Mustafo Dinch boshchiligidagi Jahon banki texnik yordam guruhining missiyasi ish boshladi. Joriy yil 11-noyabrdan 15-noyabrga qadar davom etadigan uchrashuvlarning asosiy maqsadi –­­­­­­­ ­­O'zbekiston statistikasini rivojlantirish milliy strategiyasi loyihasining yakuniy variantini tayyorlashdan iborat.

2019-yil 11-noyabr kuni mazkur missiya doirasida Davlat statistika qo'mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tomonlar kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi. O'zbekiston statistikasini rivojlantirish milliy strategiyasi loyihasining yakuniy variantini tayyorlash bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Jahon banki texnik yordam guruhining missiyasi Milliy rivojlanish strategiyasining tarkibiy qismlarini tayyorlash hamda statistika amaliyotining eng muhim masalalari bo'yicha qo‘mita bilan hamkorlikda ish olib boradi. 

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash