Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli ko‘pgina davlatlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda. Jumladan, 2020- yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yilga ko‘chirildi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2022- yilda o‘tkazilishi belgilangan edi. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng ko‘lamli, ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etadigan tadbir bo‘lib, uni o‘tkazish uchun  2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi.

Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 
11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilandi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech