Shu yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur grafik asosida joriy yilning iyun-iyul oylarida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

2020- yilning 10- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi tomonidan “Investitsiyalar va qurilish statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish” mavzusida tashkil etilgan navbatdagi videokonferensiya ham tizim xodimlarining salohiyatini oshirishning mantiqiy davomi bo’ldi.

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid atamalar, hisoblash usullari bo‘yicha qo’mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlariniнг bilim va salohiyatini o’rgandi.

Shuningdek, Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Jomolov Muzaffar Mirzoxitovich investitsiyalar va qurilish statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan o’z takliflarini berib o’tdi.

Videokonferensiyada qo‘mitaning Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish bo‘limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Hududiy statistika boshqarmalari Investitsiyalar va qurilish bo’limi xodimlarining soha bo‘yicha bergan savollariga qo‘mita vakillari batafsil javob va tushuntirishlar berdi.

Bunday amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan videokonferensiyalar qo’mitaning boshqa tarmoqlari tomonidan ham tizimli ravishda tashkil etilishi yo’lga qo’yilgan.

 Axborot xizmati