Joriy yilning 5 sentabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda davlat statistikasining shaffofligi va sifati, ma’lumotlarni to’plash, tarqatish tizimini isloh qilishga doir hamda o’zaro hamkorlik va axborot almashish bilan bog’liq bo’lgan masalalar muhokama qilindi. Missiya vakillari tomonidan muhokamaga qo`yilgan barcha savollarga batafsil javob va tushuntirishlar olindi.
Uchrashuv yakunida OTB vakillari Davlat statistika qo`mitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.
Axborot xizmati