Joriy yilning 10-14 sentabr kunlari Toshkent shahrida “Aholini ro’yxatga olish tadbiri metodologiyasi” mavzusida o’quv-seminari bo’lib o’tdi.
Mazkur o’quv-seminari Toshkent shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo'yicha jamg’armasi hamda Davlat statistika qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, seminarga aholini ro’yxatga olish tadbirlari bo’yicha yuqori tajribaga ega xalqaro ekspert Yan Uayt jalb etildi.
Seminarda Davlat statistika qo’mitasining markaziy apparati hamda hududiy statistika boshqarmalari, aholini ro’yxatga olish tadbiriga aloqador vazirliklar, idoralar, ilmiy–tadqiqot institutlari va ta’lim muassasalarining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Axborot xizmati