2018 yilning 19-21 sentyabr kunlari Ostona shahrida Qozog`iston Respublikasi Milliy Iqtisodiyot Vazirligining Statistika Qo`mitasida “Aholi turmush darajasini o`rganish maqsadida uy xo`jaliklarida kuzatuvlarning amalga oshirilishi” bo`yicha Qozog`iston tarjibasini o`rganish bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuv Jahon Banki ko`magida Kazstat tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuvda Davlat statistika qo`mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig`i J.Xakimov, Uy xo`jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo`limi boshlig`i U.Madaminov hamda Toshkent shahar va Buxoro viloyati hududiy statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo`jaliklari kuzatuvlari bo`limi boshliqlari G.Narboeva va D.Davronovalar ishtirok etishdi.
Ushbu 3 kunlik uchrashuv davomida Qozog`iston statistika qo`mitasi tomonidan aholi turmush darajasini o`rganish bilan bog`liq uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlarini o`tkazishning rejalashtirilishi, uy xo`jaliklari tanlovini amalga oshirish usullari, kuzatuv o`tkazish tartib qoidalari, savolnomalar va qo`shimcha modullarni ishlab chiqish hamda ular bo`yicha so`rovlarni amalga oshirish, shakllantirilgan ma`lumotlarni tahlil qilish va sifatini ta`minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu uchrashuvda aholining kambag`allik darajasi va tabaqalanishini hisoblashda foydalanilayotgan uslubiy qo`llanma va hisob-kitoblar bo`yicha Qozog`iston Respublikasi Milliy Iqtisodiyot vazirligining Statistika Qo`mitasi tajribalari o`rganildi.
Axborot xizmati