2018 yil 26 sentyabr kuni G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi xodimlari, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali o`qituvchilari va studentlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida O`zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda xolis va to`g`ri baholanishini ta`minlash maqsadida, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning 23 savolnomasi doimiy ravishda to`ldirib kelinayotgani qayd etib o`tildi. Hozirda qo`mita Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta jamg`armasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa o`rnatib, statistika sohasida samarali hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Davra suhbati qatnashchilariga Davlat statistika qo`mitasi boshqarma boshliqlari tomonidan “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” va “O`zbekiston Respublikasining 2018 yilning yanvar-iyun oylari yakunlari bo`yicha ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi asosiy ko`rsatkichlari” mavzularida ma`ruzalar qilinib, batafsil tushuntirishlar berildi.
Davra suhbati so`ngida, Davlat statistika qo`mitasining mas`ul xodimlari tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan va boshqa turli savollarga atroflicha javob qaytardi.
Axborot xizmati