30/09/2018

2018 yilning sentyabr oyi uchun O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi

Joriy yilning sentyabr oyida iste`mol bozorida tovarlar va xizmatlar narxi o`rtacha 1,8 %ga ko`tarildi. Umumiy hisobda 9 oy davomida iste`mol sektorida inflyatsiya darajasi 8,1 %ni tashkil etdi.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha iste`mol narxlari indeksi (INI) dinamikasi, %

Oy davomida umumiy narxlar darajasining o`sishiga tovarlar 1,9 %, xizmatlar esa 1,2 %ga ta`sir ko`rsatdi.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha iste`mol narxlari indeksi dinamikasi
 (o`tgan oyga nisbatan, %)

2017 yil oxiriga nisbatan tovarlar narxi o`rtacha 7,4 %ga, xizmatlar 10,1 %ga qimmatlashdi.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha iste`mol narxlari indeksi dinamikasi
 (o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, %)

Yillik inflyatsiya talhili shuni ko`rsatmoqdaki (joriy oyda o`tgan yilning mos oyiga nisbatan), joriy yilning yanvaridan avgust oyiga qadar inflyatsiya darajasi bosqichma-bosqich pasayish tendentsiyasiga ega bo`lgan. Sentyabr oyida yillik inflyatsiya darajasi o`sish suratiga qaramay, joriy yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan yuqori bo`lmadi.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha iste`mol narxlari indeksi dinamikasi
(o`tgan yilning mos oyiga nisbatan, %)

Joriy yilning sentyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 3,3 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 %, xizmatlar 1,2% ga qimmatlashdi. Yil boshidan narx o`zgarishlari tahliliga ko`ra 2018 yilning 9 oyi davomida guruhlar doirasida xizmatlar va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan sezilarli darajada oshganligini ko`rish mumkin.

2018 yilning sentyabr oyida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha asosiy guruhlarning iste`mol narxlari indeksi, %

Kengaytirilgan har bir guruhning oy davomida umumiy iste`mol narxlari indeksiga ta`siri shuni ko`rsatmoqdaki, joriy yilning sentyabr oyidagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o`sishi umumiy inflyatsiyaga 1,4 foiz darajasida (keyingi o`rinlarda f.d.) ta`sir ko`rsatgan bo`lsa, bu vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar ulushi faqatgina 0,4 f.d. miqdorini tashkil etgan.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida asosiy turdagi tovarlar guruhining narxlari o`zgarishi dinamikasi va ularning umumiy INI o`sishidagi ta`siri
(o`tgan oyga nisbatan, %)

2018 yilning 9 oyi davomida umumiy INIdagi har bir guruhning ulushi quyidagi diagramma shaklida ko`rsatib o`tilgan:

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida asosiy turdagi tovarlar guruhining narxlari o`zgarishi dinamikasi va ularning umumiy INI o`sishidagi ta`siri
(o`tgan yilning dekabr oyga nisbatan, %)

Joriy yilning sentyabr va yanvar-sentyabr oylarida yirik guruhlarning umumiy iste`mol narxlari indeksiga ta`sir ulushi ko`rsatkichlari quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi:

Asosiy turdagi tovarlar guruhi narxlari o`zgarishining umumiy INIga ta`siri ulushi, %

2018 yilning 9 oyi mobaynida inflyatsiya darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omillar orasida ayrim tovarlar narxlarining tartibga solinishi, kreditlash xajmining ortishi natijasida iqtisodiy jabhalarda investitsion va iste`mol talablarining kengayishi, inflyatsion taxminlarning o`zgarigshi, narxning mavsumiy o`zgarishi, shuningdek, milliy valyuta qiymatidagi o`zgarishlarni sanab o`tish mumkin.

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi

Yuqorida ta`kidlanganidek, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oy davomida o`rtacha 3,3 %ga o`sgani umumiy INI darajasining 1,4 f.d.ga ortishiga olib keldi. 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan narxlarning 6,0 %ga oshganligi umumiy ko`rsatkichning 2,6 f.d.da ko`tarilishiga zamin yaratdi.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi dinamikasi, %

Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhlarining iste`mol narxlari indeksi quyidagi shaklda taqdim etilgan:

2018 yilning sentyabr oyida guruhlar bo`yicha oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi, %

Vazirlar Makamasining 2018 yil 13 sentyabrdagi “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 731-son Qarori asosida 1-navli unning ulgurji-savdo narxi (1400 so`m) oshirilishi bilan bir qatorda aholi uchun nonning erkin bozor narxi bo`yicha sotish tartibi belgilab o`tildi. Umumiy hisobda, 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 1-navli undan tayyorlangan non narxi o`rtacha 64,0 %ga, oliy navli undan 47,2 %ga va 1-navli un (jumladan import unlar) narxlari 10,5 %ga qimmatlashdi. Ushbu mahsulotlar narxlarning ko`tarilishi joriy yilning 9 oyi davomidagi umumiy inflyatsiya ko`rsatkichining 1,0 f.d.da oshishiga olib keldi.

Guruch narxi o`tgan yilning oxiriga nisbatan 44,8 %ga qimmatlashdi va bu o`z navbatida 2018 yilning yanvar-sentyabr oyidagi umumiy INIning 0,8 f.d.da oshishiga sabab bo`ldi.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha guruchning iste`mol narxlari indeksi dinamikasi, %

Go`sht va baliq mahsulotlari orasidan narxlarida sezilarli darajada o`zgarish qayd etilgan tovarlar quyidagilardan iborat:

2018 yil sentyabr oyida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha asosiy turdagi go`sht va baliq mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi o`zgarishi
(o`sish (+), pasayish (-), %)

Joriy yilning 9 oyi davomida narxlar o`zgarish dinamikasi bir maromda kechmadi. Mol va qo`y go`shtining eng yuqori darajada qimmatlashgani iyul oyida qayd etildi. Parranda go`shtining narxi esa aksincha, iyul oyiga qadar pasayib, avgust oyidan boshlab ko`tarila boshladi.

2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha asosiy turdagi go`sht mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi dinamikasi
(o`tgan oyga nisbatan, %)

O`tgan yil oxiriga nisbatan tuxum narxining pasayishiga qaramasdan, avgust va sentyabr oylarida ular narxi yana oshdi.

2018 yil yanvar-sentyabr oyida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha tuxumning iste`mol narxlari indeksi dinamikasi, %

2018 yilning 9 oyi davomida meva va sabzavot narxlari yanvar oyidan aprel oyigacha qimmatlashgan bo`lsa, may oyidan avgustgacha aksincha arzonlashdi. Sentyabr oyi ma`lumotlariga asosan ushbu guruh mahsulotlari narxlari ko`tarilganligini navbatdagi diagramma shaklida ko`rishimiz mumkin:

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha meva-sabzavot mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi dinamikasi
(o`tgan oyga nisbatan, %)

2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha karam va pomidorning iste`mol narxlari indeksi
(o`tgan oyga nisbatan, %)

2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha piyoz va sabzining iste`mol narxlari indeksi
(o`tgan oyga nisbatan, %)

Meva-sabzavot narxlaridagi o`zgarishlarni hisobga olmasa,  2018 yil yanvar-sentyabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlari indeksi 111,0% ni tashkil etgan.

Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o`rtacha narxlari darajasida jiddiy o`zgarishlar kuzatilmadi.

Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi

Joriy yilning sentyabr oyida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining 0,3 %ga qimmatlashishi umumiy INIning 0,1 f.d.da oshishiga olib keldi. O`tgan 9 oy davomidagi nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari umumiy hisobda narxlar darajasining 9,1 %ga o`sishiga olib kelganligi joriy davrdagi umumiy INI ko`rsatkichining ortishiga 3,2 f.d.da ta`sir ko`rsatdi.

2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha nooziq-ovqat mahsulotlarning iste`mol narxlari indeksi dinamikasi, %

Sentyabr oyida ushbu guruhning iste`mol narxlari indeksiga qurilish materiallari va tamaki mahsulotlari narxlarining qimmatlashishi, shuningdek, aholiga avtomobillar uchun yoqilg`i quyish shahobchalari tarmog`i orqali sotiladigan propan narxlarining arzonlashishi sezilarli darajada ta`sir ko`rsatdi.

Joriy yilning 9 oyi davomida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari indeksiga ta`sir darajasi bo`yicha yetakchilik qurilish materiallari, maishiy yoqilg`i (ko`mir), kiyim-kechak hamda avtomobillar uchun yoqilg`i tovarlariga tegishlidir.

2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha avtomobillar uchun gaz (yoqilg`i) mahsulotlarning iste`mol narxlari indeksi % 
(o`tgan oyga nisbatan, %)

Joriy yilning 9 oyi mobaynida avtomobillar uchun yoqilg`i narxlarining o`sishi umumiy inflyatsiyaning 0,4 f.d.da ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Yoqilg`i-moylash materiallari bozorida yuzaga kelayotgan holatlar va birja savdolarida shakllanayotgan narx o`zgarishlari ta`siri natijasida o`tgan davr mobaynida propan 48,8 %ga, metan 24,1 %ga qimmatlashdi. Shu bilan birga , joriy yilning sentyabr oyida propan narxlari 15,4 %ga arzonlashib, metan narxida esa aksincha 1,6 %ga qimmatlashdi.

9 oy davomida qurilish materiallaridan g`ishtning narxi o`rtacha 48,4 %ga, tsement 24,7 %ga, shpatlyovka 16,5 %ga, gulqog`oz 16,3 % ga va shifer 14,3 %ga qimmatlashdi.

2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha alohida turdagi qurilish materiallarining iste`mol narxlari indeksi 
(o`tgan oyga nisbatan, %)

Quyida asosiy guruhlari bo`yicha nooziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi taqdim etilgan:

Asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi, %

Xizmatlar iste`mol narxlari indeksi

Joryi yilning sentyabr oyida aholi uchun xizmatlar tariflari narxlari o`rtacha 1,2 %ga oshgani oy davomidagi umumiy INIga 0,3 f.d.da ta`sir etdi. Joriy yilning uch choragi mobaynida ushbu sohada tariflar 10,1 %ga o`sganligi o`tgan davr uchun umumiy ko`rsatkichning 2,2 f.d.da ortishiga sabab bo`ldi

2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha xizmatlarning iste`mol narxlari indeksi dinamikasi, %

Joriy yilning sentyabr oyida aholiga pullik xizmat ko`rsatish sohasida narxlarning o`sishida asosiy omil – oliy ta`lim muassasalarida o`qish bo`yicha to`lov-kontraktlarining oshirilganligidir.

2018/2019 yildan O`zbekiston oliy ta`lim muassasalarida o`qish uchun to`lov shartnomalari miqdori eng kam oylik ish haqi (EKOIH) miqdoridan kelib chiqib hisoblana boshladi. Respublika bo`yicha kuzatilayotgan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha to`lov-kontraktlari miqdori o`rtacha 20,3 %ga oshgani (EKOIH joriy yilning 15 iyulidan 7 %ga ko`tarilgan) oy davomidagi inflyatsiyaning 0,2 f.d.da ortishiga olib keldi.

Kommunal sohasidagi narxlari tartibga solinuvchi tariflarning o`sishi (o`rtacha 13,8 %), yo`lovchi tashish transportida yo`l haqining oshirilishi (9,1 %), dam olish xizmatlari (18,2 %), xorijiy til o`rgatishni hisobga olgan holda ta`lim xizmatlari va haydovchilikka o`qitish (15,7 %) va maishiy turdagi xizmatlarning (8,1 %) qimmatlashishi ta`sirida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida umumiy xizmatlar iste`mol narxlari indeksi shakllandi.

2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha yo`lovchi tashish xizmatlari tariflarining indeksi, %
 (o`tgan oyga nisbatan, %)

2017 yilning oxiriga nisbatan temir yo`l transportida yo`lovchi tashish xizmatlari o`rtacha 19,1 %ga, avtomobil transportida 9,8 % va havo transportida yo`lovchi tashish xizmatlari o`rtacha 1,5 %ga qimmatlashdi.

Aytish joizki, joriy yilning fevral oyida temir yo`l orqali qatnov narxining sezilarli darajada qimmatlashishi “O`zbekiston temir yo`llari" AJ o`z hisob-kitoblarida avvalgi qayd etilgan shveytsariya franki qiymatidan O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy qiymati bo`yicha hisoblash tartibiga o`tilganligi bilan bevosita bog`liq. Ushbu o`tishning oqibatlarini yumshatish maqsadida kompaniya tomonidan platskart qiymatlarini arzonlashtirish yuzasidan hisob-kitoblarda qator pasaytiruvchi koeffitsientlar qo`llanilgan.

Narxlar statistikasi bosharmasi

71-230-80-36, 71-230-81-74