03/10/2018

Joriy yilning 3 oktabrida Davlat statistika qo'mitasida Evropalik ekspertlar va EIK TYoM Byurosi vakillari bilan "Afg'onistondagi ayollar imkoniyatlarini kengaytirish uchun Markaziy Osiyoda ta'lim va tarbiya dasturlarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash" loyihasi doirasida axborot almashish masalasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar Davlat statistika qo`mitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech