2019 yil uchun davlat statistika ishlari dasturini tayyorlash doirasida, shuningdek, ma`lumotlar tayyorlash tezkorligini ta`minlash va interaktiv davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish maqsadida respublika va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, Hukumat qarorlari va muhim maqsadli dasturlarning bajarilish holatini kuzatish uchun zarur statistik-tahliliy ko`rsatkichlarning tarkibi tahlil qilindi.
Bunda, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilda tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy va jamoat muassasalaridan, hududiy statistika organlaridan davlat statistika hisobotlari va tanlanma kuzatuv so`rovnomalarini soddalashtirish hamda birxillashtirish bo`yicha olingan takliflar o`rganib chiqildi.
2019 yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllari loyihalari bilan Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.(Shakllar)
Axborot xizmati